Amaliy mashg’ulotining ta’lim tеxnologiyasi ta’lim berish texnologiyasining modeli



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə1/2
tarix31.12.2021
ölçüsü1,74 Mb.
#81886
  1   2
Kichlilikni rivojlantiruvchi mashqlar (1)




AMALIY MASHG’ULOTINING TA’LIM TЕXNOLOGIYASI


    1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli.




Mashg’ulot vaqti-6 soat

Talabalar soni: 30 gacha

Mashg’ulot shakli

Amaliy

Dars rejasi:

1. Kuchlilik va uni rivojlantirish to‘g’risida tushuncha berish.

2. Kuchlilikni rivojlantirishga oid mashqlarni bajartirish.

3. Basketbol o‘yini texnikasi va taktikasi elementlarini bajarish.


O‘quv mashg’ulotining maqsadi: Talabalarda kuchlilikni rivojlantirish va basketbol o‘yini elementlarini o‘rgatish.

Pedagogik vazifalar:

  • Talabalarga kuchlilik va uni rivojlantirish to‘g’risida tushuncha berish;

  • Kuchlilikni rivojlantirishga oid mashqlarni bajartirish;

  • Basketbol o‘yini texnikasi va taktikasi elementlarini bajartirish;

O’quv faoliyati natijalari:

  • Talabalar kuchlilik va uni rivojlantirish to‘g’risida tushunchaga ega bo‘lishi.

  • Kuchlilikni rivojlantirishga oid mashqlarni bajarish.

  • Basketbol o‘yini texnikasi va taktikasi elementlarini bajarish.

Ta’lim berish usullari

Ko’rsatish, suhbat, o‘rgatish «SWOT-tahlil» metodi.

Ta’lim berish shakllari

Ommaviy, juft bo‘lib, yakka.

Ta’lim berish vositalari

Basketbol maydoni, sekundomer, hushtak, to‘p jismoniy tarbiya fanidan o‘quv-uslubiy majmua.

Ta’lim berish sharoiti

Sport anjomlari bilan ta`minlangan, o’rgatish usullarini qo’llash mumkin bo’lgan gimnastika zali.

Monitoring va baholash

Belgilangan me’yorni bajarishi, ko‘rsatgan natijasiga qarab baholanadi.

Darsning texnologik xaritasi




Ish jarayonlari vaqti-6 soatga

Faoliyat mazmuni

Ta’lim beruvchi

Talaba

1-bosqich

Tayyorgarlik

(15 daqiqa)



1.1. Amaliy mashg’ulotning mavzusi, rejasini e’lon qiladi, o‘quv mashg’ulotining maqsadi va o‘quv faoliyat natijalarini tushuntiradi (1-ilova).

1.1.Tinglaydi


1.2. Mashg’ulotni o‘tkazish shakli va baholash mezonlarini e’lon qiladi.

Tinglaydi

1.3. Talabalarga kuchlilik va uni rivojlantirish to‘g’risida tushuncha berish (2-ilova).

1.4. Saf mashqlari (3-ilova).

1.5. Yugurish mashqlari bajariladi (4-ilova).

1.6. Umumrivojlantiruvchi mashqlar bajartiraladi (5-ilova).



Tinglaydi

Bajaradi


Bajaradi

Bajaradi

2-bosqich

Asosiy


(50-55 daqiqa)

2.1. Kuchlilikni rivojlantirishga oid mashqlarni bajartirish (6-ilova).

2.2. Basketbol o‘yini texnikasi va taktikasi elementlarini bajarish;

- basketbol to‘pini ko‘krakdan uzatish texnikasi o‘rgatish (7-ilova);

- basketbol to‘pini boshdan va yon tomonlardan uzatish texnikasi o‘rgatish (8-ilova).

2.3. Innovatsion usul: «SWOT-tahlil» metodi (9-ilova).


Kuzatadi bajaradi

Kuzatadi bajaradi


Kuzatadi bajaradi

3-bosqich

Yakuniy

(10 daqiqa)



3.1. Mavzu bo‘yicha umumiy xulosa qilinadi.

Tinglaydilar

3.2. Talabalarni baholash mezonlarini e’lon qilinadi.

Tinglaydilar

3.3. Navbatdagi mashg’ulotda ko‘riladigan mavzuni e’lon qiladi va yotgan holda gavdani ko‘tarish va turnikda tortilish mustaqil ta’limga tayyorgarlik ko‘rishlarini so’raydi (10- ilova).

Tinglaydilar

Mustaqil ta’limga tayyorgarlik ko‘radi





1-ilova

Kuchlilikni rivojlantirish. Sport o‘yinlari texnika va taktikasi (basketbol).

Reja:

1. Kuchlilik va uni rivojlantirish to‘g’risida tushuncha berish.



2. Kuchlilikni rivojlantirishga oid mashqlarni bajartirish.

3. Basketbol o‘yini texnikasi va taktikasi elementlarini bajarish.

O‘quv mashg’ulotining maqsadi: Talabalarda kuchlilikni rivojlantirish va basketbol o‘yini elementlarini o‘rgatish.

O‘quv faoliyatining natijasi: Kuchlilik va uni rivojlantirish to‘g’risida tushuncha berish, kuchlilikni rivojlantirishga oid mashqlarni bajartirish, basketbol o‘yini texnikasi va taktikasi elementlarini bajarish;





2-ilova

Talabalarga kuchlilik va uni rivojlantirish to‘g’risida tushuncha berish.

Kuch-bu insonning tashqi qarshilikni yenga bilish yoki unga muskullarning ish faoliyati hisobiga qashi tura olish qobiliyatidir. Kuchni rivojlantirishning bizga eng ma`qul usuli, bu trenajyorlarda mashq qilishdir. Ular yordamida oyoq, yelka muskullari kuchini, sakrash kuchi, qo‘l pay muskullari kuchi, ko‘krak qafasi muskullari kuchi, mushak va boshqalarni rivojlantirish mumkin.

Kuch deb, jismlarning o‘zaro ta’sir qilishini tavsiflovchi fizik kattalikka aytiladi, u jism harakatlanishining o‘zgarishlarini belgilaydi yoki jism shaklining o‘zgarishlarini belgilaydi, yoki ikkalasini ham birgalikda belgilaydi.

Kuch-vektor kattalik. Jismga ta’sir ko‘rsatuvchi ikkita kuch paralelogrammasi qoidasi bo‘yicha (vektorli) qo‘shiladi.

Kuch-bu, odam mushagining kuchlanishlari hisobiga tashqi qarshiliklarni yengishi yoki unga qarshilik ko‘rsatishdir.


3-ilova
Saf mashqlari


Bir va ikki kolonnadan saf tortish (uch, to‘rt, besh) harakat davomida burilishlar.

4-ilova

Yugurish mashqlarini takomillashtirish.



Maydon bo‘ylab qatorni buzmasdan, yugurish yo‘lagidan chiqib ketmasdan to‘g’ri yugurish. Yugurish paytida qo‘llar va oyoqlarni to‘g’ri ishlatish, tezlikni oshirmasdan yugurish, nafas olishga e’tibor berish.
5-ilova

Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.



Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni umumiy metodik ko‘rsatmalarga asosan bajarish. O‘qituvchi ko‘rsatib berishiga e’tibor berish, tushuntirgandek va ko‘rsatgandek bajarish. To‘g’ri bajarishga qiynalayotgan talabalarga alohida ko‘rsatmalar berish.

6-ilova


Kuchlilikni rivojlantirishga oid mashqlarni bajarish.


Qo‘llar va yelka kamarini rivojlantiruvchi qo‘shimcha mashqlar. Kaft va yelkalar bilan turli harakatlar qilish. Qo‘lda buyum va buyumlarsiz turli harakatlarni bajarish. Tayanib yotgan holatda qo‘llarni galma-gal bukib, yelkalarni yerga tekkizish va yana avvalgi holatga qaytish. Baland turnikda tortilish. Tortilganda siltanmasdan, to‘liq gavdani ko‘tarish va tushirish.


7-ilova

Basketbol texnikasi va taktikasi elementlarini takomillashtirish.

Basketbol to‘pini ikki qo‘llab ko‘krakdan va pastdan uzatish texnikasi

To‘pni ikki qo‘llab ko‘krakdan otish asosiy usullardan hisoblanib, o‘yinda ko‘proq shu usul qo‘llaniladi. Bu usulning qulayligi shundaki, u ko‘proq ikki qo‘llab ko‘krakdan to‘p uzatishga o‘xshab ketadi. Uning bajarilishi, ko‘pincha, o‘rta va uzoq masofaga teng.


8-ilova

Basketbol to‘pini boshdan va yon tomonlardan uzatish texnikasini takomillashtirish.



To‘pni bosh tomondan ikki qo‘llab tashlash usuli. Bu usul bir joyda turib hamda uzoq va o‘rta masofalardan sakrab hujum qilishda qo‘llaniladi. Bu ham xuddi shu usul bilan to‘p uzatishdek amalga oshiriladi. Lekin to‘pni otish bajarilayotganda qo‘llar qo‘llar ko‘proq bukilishi, oyoqlar tizzalardan boshlab tiklanishi va to‘p panjalar bilan siltab nishonga aniq mo‘ljal olib tashlanishi lozim.


9-ilova


Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə