T
abiatshunoslikni o’qitishda muzeylarning ayniqsa, tabiat
muzeyining ahamiyati juda kattadir. Yuqorida bir necha
bor ta’kidlangani kabi, tabiatshunoslik darslari faqat ilmiy
asoslardan emas balki ko’rgazmali jarayonlar, shu
o’rinda sayohatlardan iboratdir. Sayohatlar turi xil
manzillarga shu o’rinda muzeylarga ham uyushtirilishi
mumkin. Biror mavzu o’quvchiga dars davomida
o’qitilsa, albatta ko’rgazmali qurollar, tushuntirishlar bilan
olib boriladi, undan tashqari darsning 2 qismiga ham
e’tibor berilishi kerak. 2 qismida muzeylarga sayohat
uyushtirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Tushuntirilgan
mavzu bo’yicha bilimlarni yanada mustahkamlash
uchun, bu narsalarni, detallarni tabiiy ravishda ham
ko’rib u haqida tassavurga ega bo’lishi zarur.
Misol uchun “O’rmonlar” mavzusi
dars davomida tushuntirilsa,
uni mustahkamlash uchun darsning 2 ko’rgazmali qismiga
o’tiladi. Agar bu 2 qismda bolalarga o’rmon xayvonlari,
o’simliklari haqida ko’rgazmalar uyishtirish uchun o’rmonga
borilsa bu ,real olib qaralsa, bu hech tarafdan maqul emas.
Chunki darsning ko’rgazmali qismi jarayonida, ya’ni o’rmonda,
bolalar shikatlanishi mumkin, yo o’rmonda mavzuga doir
o’simlikni yo hayvonni topish qiyinchilik tug’dirishi bilan birga
natija bermasligi mumkin. Bu esa darsdan ko’zlangan maqsadga
erishishga to’sqinlik qiladi. Shu sababdan bu o’rinda
muzeylardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Muzeylarda barcha narsa tayyor holda bo’ladi. Yuqoridagi
“O’rmonlar ” mavzusidan so’ng muzeylarga tashrif buyurilsa, bu
yerdan ko’rgazmali qurollardan tortib, tayyor eksponatlargacha
o’rganish mumkin. Bu esa darsdan ko’zlangan maqsadga
to’laqonli erishishga olib keladi. Darsning samaradorligi yanada
oshadi.