Ahmad al-Farg‘oniy



Yüklə 103,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix18.05.2023
ölçüsü103,79 Kb.
#111052
  1   2


Ahmad al-Fargʻoniy
Ahmad al-Farg‘oniy (to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn
Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy) (taxminan 797, Farg‘ona –
865, Misr) – astronomiya, matematika, geografiya va boshqa
ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatgan o‘zbek qomusiy 
olimi
.
Sharqda Al-Farg‘oniy, Yevropada Alfraganus (Alfraganus)
taxalluslari bilan mashhur. Uning hayoti va ilmiy faoliyati
to‘g‘risida juda oz, u ham bo‘lsa, uzuq-yuluq maʼlumotlar yetib
kelgan.
Ahmad al-Farg‘oniy hayoti, ilmiy izlanishlari va kamoloti
Abbosiylar sulolasi hukm surgan, Arab xalifaligi jahonning eng
yirik saltanatlaridan biriga aylanib, uning ijtimoiysiyosiy va
madaniy hayotida Movarounnahr, Xorazm va Xurosondan
kelgan ko‘plab mutafakkirlar muhim o‘ringa ega bo‘la
boshlagan tarixiy davrda kechdi. Al-Farg‘oniy Xalifa Xorun ar-
Rashid (786–809) vorislari al-Maʼmun (813–833), Mu’tasim
(833–842) va Mutavakkil (846–861) hukmronlik qilgan davrda
yashadi hamda avval Marv, so‘ngra Bag‘dod, Damashq va
Qohira shaharlarida ilmi hay’at
(falakiyotshunoslikastronomiya), riyoziyot (matematika) va


jug‘rofiya (geografiya) fanlari bilan shug‘ullandi hamda qator
ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi.
Ahmad al-Farg‘oniy dastavval (taxminan 811-yil) Farg‘onadan
Marvga kelgan. Ilk o‘rta asrlardayoq Marv O‘rta Osiyoning yirik
madaniy va ilmiy-maʼrifiy markazlaridan biri bo‘lgan, bu
maskanda o‘sha davrlardayoq Movarounnahr, Xorazm va
Xurosondan ko‘plab olimlaru fozillar va mutafakkirlar to‘planib,
Ajamnij madaniy hayotida muhim ahamiyat 
kasb
 etganlar.
Hatto 651 yilda so‘nggi Sosoniylar shahanshohi Yazdigard III
ibn Shahriyor (632–651) arablar taʼqibidan qochib, poytaxt
kutubxonasidagi kitoblarni o‘zi bilan Marvga olib kelgan.
Xalifalik qo‘l ostiga o‘tgach ham Marv o‘zining qadimiy
mavqeini yo‘qotmay, nafaqat ilmiy va madaniy markazga, balki
fath etilgan sharqiy viloyatlarning siyosiy markaziga aylangan.
Horun ar-Rashid vafoti (809-yil) dan so‘ng xalifalik taxtiga
Muhammad al-Amin (809–813) chiqadi. Uning akasi Abdulloh
bilan taxt uchun (809–813 yillarda) olib borgan kurashi (Xorun
ar-Rashid o‘g‘li Abdullohni 806 yilda Movarounnahr va
Xurosonning noibi etib Marvga yuborgan edi) Abdullohning
g‘alabasi bilan tugaydi. Muhammad al-Amin qatl etiladi. O‘sha
yili (813-yil) Abdulloh al-Maʼmun nomi bilan taxtga o‘tiradi.
Biroq u xalifalik poytaxti Bag‘dodga bormay, to 819 yilga
qadar Marvda yashaydi. U o‘z atrofiga olimlaru fozillarni


to‘playdi. 819-yil al-Maʼmun barcha saroy aʼyonlari va olimlari
bilan birga Maradan Bag‘dodga ko‘chadi. Ular orasida al-
Farg‘oniy ham bo‘lgan.
Bu davrda xalifalikda Horun ar-Rashid farmoni bilan bino
qilingan ikkita rasadxona va boy kutubxona bor edi. Abu
Rayxon Beruniy maʼlumotiga qaraganda, rasadxonalardan biri
Bag‘dodning ash-Shammosiya mahallasida va ikkinchisi
Damashq yaqinida Kasiyun nomli tog‘da joylashgan edi.
Rasadxonalarda Horun ar-Rashid asos solgan ilmiy markaz
„Bayt ul-hikmat“
 („Donishmandlar uyi“) olimlari ilmiy
tadqiqotlar olib borardi. Ular orasida al-Farg‘oniy ham bor edi.
Al-Farg‘oniy avval Bag‘doddagi rasadxonada ish olib bordi,
so‘ngra al-Maʼmun topshirig‘iga binoan Damashqdagi
rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash,
yangicha „Zij“ yaratish ishlariga rahbarlik qildi. Al-Farg‘oniy
yunon astronomlari, jumladan, Ptolemeyning „Yulduzlar
jadvali“ asarida berilgan maʼlumotlarni ko‘rib chiqish hamda
o‘sha davrdagi barcha asosiy joylarning jug‘rofiy
koordinatalarini yangitdan aniqlash yuzasidan olib borilgan
muhim tadqiqotlarda faol ishtirok etdi. Shu munosabat bilan
arab tilidagi ilmiy atamashunoslikka doir ishlarni, xususan,
falakiyot, riyoziyot va geografiyaga oid atamalarni belgilab
chiqishdek maxsus ilmiy ishlarni amalga oshirishda ham Al-


Farg‘oniyning xizmati katta. Bulardan tashqari, u ayrim
astronomik asboblarni ixtiro etish, falakiyotshunoslikka doir
arab tilidagi boshlang‘ich bilimlarni belgilash va tartibga solish
ishlariga ham muhim hissa qo‘shdi. 832–833 yillarda Al-
Farg‘oniy Shom (Suriya) shimolidagi Sinjor dashtida Tadmur
va ar-Raqqa oraligida yer meridiani bir darajasining uzunligini
o‘lchashda qatnashdi.
Al-Farg‘oniyning hayoti va ilmiy hamda amaliy faoliyati
to‘g‘risidagi eng so‘nggi maʼlumot 861 yilga mansubdir. O‘sha
yili Abbosiy xalifa Abul Fazl Jaʼfar al-Mutavakkil (hukmronlik
yillari 847–861) buyrug‘iga binoan Nil daryosidagi suv sathini
o‘lchaydigan inshoot barpo etish uchun Misrning Qohira
yaqinidagi Fustat shahriga keladi. Ilmiy-texnik va meʼmoriy
jihatdan g‘oyat ulug‘vor bu qurilma Nil daryosining Sayyolat ul-
Rod mavzesida hozirga qadar saqlanib qolgan.
Garchi Al-Farg‘oniy haqida maʼlumotlar juda oz bo‘lsada,
ammo o‘rta asrlarda sharq ilmiy dunyosida uning nomi
mashhur bo‘lgan. Ibn annadim (10-asr), Ibn al-Kiftiy (12–13-
asrlar), Abul Faraj Bar Ebrey (13-asr) va Xoji Xalifa (17-asr)
kabi Sharq fihrastchilari uning nomini o‘z asarlarida qayd
etganlar.
Musulmon mamlakatlari bo‘ylab safarga chiqqan Zahiriddin
Muhammad Bobur nomidagi ekspeditsiya aʼzolari 1997-yil 5-


dekabrda MARda bo‘lishib, Al-Farg‘oniy hayotini o‘rganishlari
natijasida u Misrning Fustat shahrida vafot etganligi,
Munattam tog‘ining sharqiy qismidan sal narida joylashgan
Imom ash-Shofe qabristoniga dafn etilganligini aniqlashdi.
Vaqt o‘tishi bilan uning qabri yo‘qolib ketgan. U yerdan olib
kelingan tuproq Farg‘ona vodiysining Quva shahrida 1998-yil
barpo etilgan ramziy qabrga qo‘yildi.
Yozma manbalarda qayd etilishicha, Al-Farg‘oniy ilk o‘rta asr
falakiyot, riyoziyot va geografiya ilmlari yo‘nalishida bir qancha
ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirgan. Uning asosiy
astronomik asari – „Kitob al-harakot as-samoviya va javomi’
ilm an-nujum“ („Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum
kitobi“). Bu asar „Astronomiya asoslari haqidagi kitob“ nomi
bilan ham maʼlum bo‘lib, 1145 va 1175 yillarda Yevropada lotin
tiliga tarjima etiladi. Shundan so‘ng Al-Farg‘oniy nomi
lotinlashtirilib, „Alfraganus“ shaklida G‘arbda shuhrat topadi.
Uning „Astronomiya asoslari haqidagi kitob“ asaridan bir
necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya
fani bo‘yicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu
kitob zamonasidagi astronomiya haqidagi eng muhim va zarur
bo‘lgan bilimlarni oʻz ichiga olgan. Uning geografiyaga oid
bo‘limi Yer yuzidagi mamlakatlar va shaharlar haqidagi eng
Ilmiy merosi


boshlang‘ich va zaruriy bilimlarga bag‘ishlangan bo‘lib,
„Yerdagi maʼlum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har
bir iqlimdagi hodisalar haqida“ deb ataladi. Asarda falakiyot
va geografiya ilmlarining asosiy mazmuni, vazifalari va
qismlari tushunarli dalillar asosida sodda qilib bayon etiladi.
Xususan, Yerning dumaloqligi, bir xil osmon yoritqichlarining
turli vaqtda ko‘tarilishi, tutilishi va bu tutilishning har bir joydan
turlicha ko‘rinishi, masofalar o‘zgarishi bilan ularning ko‘rinishi
o‘zgarishi haqida qimmatli mulohazalar bildiriladi.
Umuman Al-Farg‘oniyning „Astronomiya asoslari haqidagi
kitob“ asari o‘rta asr musulmon Sharqi mamlakatlaridagi,
so‘ng Ispaniya orqali Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya
ilmining rivojini boshlab berdi. Qadimiy yunon ilmi, jumladan,
astronomik ilmlar ham birinchi bor arabchadan tarjima
qilingan risolalar orqali maʼlum bo‘ldi.
Al-Farg‘oniy asarining lotincha tarjimasi birinchi marta 1493-
yilda tosh bosma usulida nashr etildi. 1669-yil mashhur
golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius Al-Farg‘oniy
asarining arabcha matnini yangi lotincha tarjimasi bilan nashr
etganidan so‘ng Al-Farg‘oniyning shuhrati yanada ortdi.
Yevropa Uyg‘onish davrining mashhur olimi Regiomontan 15-
asrda Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyaga doir
maʼruzalarini Al-Farg‘oniy asarlari asosida o‘qigan. Al-


Farg‘oniy nomi Dante (14-asr) va Shiller (18-asr) tomonidan
tilga olinadi. Yevropa olimlaridan D’alamber, Brokelman, X.
Zuter, I. Yu. Krachkovskiy, A. P. Yushkevich, A. Rozenfeldlar Al-
Farg‘oniyning ijodiga va qoldirgan ilmiy merosiga yuqori baho
berganlar.
Bizning davrimizgacha Al-Farg‘oniyning 7 asari saqlanib
qolgan (lekin bular hozirgi zamon tillariga tarjima qilinmagan).
Asarlarning qo‘lyozmalari jahonning turli shaharlari – Berlin,
Dushanba, London, Parij, Tehron, Toshkent, Mashhad, Patna,
Rampur, Xalab va Qohiradagi yirik kutubxonalarda
saqlanmoqda.
Ahmad al-Fargʻoniyning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish
O‘zbekistonda mustaqillikdan keyin boshlandi. 1998-yil Al-
Farg‘oniyning 1200 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi.
Farg‘ona shahrida Al-Farg‘oniy nomi bilan ataladigan istirohat
bog‘i va qadimiy Quva shahrida Al-Farg‘oniy haykali o‘rnatildi.
YUNESKO ning 1998-yildagi tadbirlari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Ahmad al-Farg‘oniy
tavalludining 1200 yilligini nishonlash to‘g‘risida“gi qarori
(1997-yil 27-noyabr)ga ko‘ra alloma hayoti va ijodiga
bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar, badiiy ko‘rgazmalar o‘tkazildi,
yangi kitoblar nashr etildi, spektakllar (dramaturg Hayitmat
Rasulning „Piri koinot“, Yo‘ldosh Sulaymonning „Farg‘ona


farzandi“, Nurulloxon hoji Abdulloh o‘g‘li „Bashar allomasi“)
sahnalashtirildi, filmlar suratga olindi.
Oydagi 20 kmli yirik kraterlardan biriga Ahmad al-Farg‘oniy
nomi berilgan. Farg‘ona shahridagi maydon, ko‘cha,
maktablarning biriga Al-Farg‘oniy nomi berilgan.
Abdulahad Muhammadjonov, 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent,
2000-yil
Kari-Niyazov T. N, Astronomicheskaya shkola Ulugbeka, M.-
L., 1950
Nosirov A., Hikmatullayev X., Ahmad Farg‘oniy, T., 1966
Buyuk siymolar, allomalar (O‘rta Osiyolik mashhur
mutafakkir va donishmandlar), 1-kitob, T., 1995
Axmedov A., Ahmad al-Farg‘oniy, T., 1998
Ahmad al-Fargʻoniy

Yüklə 103,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə