|
Agrar bozorni boshqarish va tartibga solish mexanizmiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
|
səhifə | 2/8 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 40,32 Kb. | | #137915 |
| Agrar bozorni boshqarish va tartibga solish mexanizmi-fayllar.orgO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-oktabr,
PF-5853-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoniga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan
STRATEGIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini istiqbolda barqaror rivojlantirish sohada davlat siyosatini yangicha yondoshuvlar asosida yuritishni talab qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur Strategiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlat siyosatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:
aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash;
davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish;
qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
qishloq hududlarini rivojlantirish;
tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi mazkur Strategiyaning 1- va 2-ilovalarida belgilangan asosiy ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslanadi.
Strategiyani amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yilga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|