Afg’onistonni rivojlangan davlatga aylantirish uchun takliflar



Yüklə 3,84 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü3,84 Kb.
#163206
Afg


Afg’onistonni rivojlangan davlatga aylantirish uchun takliflar

Afg’onistondagi ko’pyillik davom etgan urushlar natijasida davlat iqtisodiyoti importga kuchli bog’lanib qolgan davlatga aylandi. Oldingi hukumatdan mazkur Tolibon hukumatiga 20 mlrd dollarlik iqtisodiyot qoldi. Aholi jon boshiga hisoblasak 500 dollardan ortiqroqqa tog’ri keladi. Bu ham esa ishlab chiqarish sohasidagi ulushni deyarli o’z ichiga olmaydi. Asosan, qishloq xo’jaligi maxsulotlari eksport qilinadi, shu jumlada katta miqdordagi qora dori yetkazuvchi mamlakat hamdir. Shunga qaramay 2003-2012-yillar oralig’ida Afg’oniston Yaimi 9.4 % ga o’sganligini ta’kidlash kerak. Davlat tuzumi islomiy davlat konsepsiyasiga asoslangan.


Mazkur faktlardan kelib chiqib Afg’oniston rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan qator takliflar kiritilishi mumkin. Dastlab, iqtisodiyotda ishlab chiqarishga asoslangan xo’jalik ulushini oshirish. Bu orqali aholi bandligi va tabiiy ravishda eksport ulushi oshishi mumkin. Afg’oniston qoradori yetkazuvchi davlatligini va undan keladigan ulushni hisobga olsak, bu sohadan hozircha voz kechmagani ma’qul. Keyingi asosiy muammo, albatta, islomiy davlat konsepsiyasining notog’ri yuritilishi. Tolibonga rostakamiga islomni sha’riy nuqtai nazaridan biladigan hukumat a’zolari kelsa, mamlakatdagi aholi, ayniqsa ayollarga zulm to’xtatilsa ijtimoiy tomondan aholi qo’llab quvvatlashiga, nafaqat, dunyo hamjamiyatining bu davlat tog’risidagi salbiy fikrlarini o’zgartirishi va oqibatda davlat bilan ko’p tomonlama xalqaro maydonda iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar rivoj olishi mumkin. Keyingi taklif, Afg’onistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni oshirishi. Bu jihatdan, Markaziy Osiyoda O’zbekiston birinchilardan Tolibon bilan aloqaga kirishdi va bu Tolibon tarafidan ijobiy baholandi.

Bu islohotlar amalga oshirilsa Afg’oniston tezda rivojlanayotgan davlatlar safiga qo’shilishi va aholi yashash sharoiti ancha oshishi mumkin. Hozirgi Afg’onistondagi ko’p yillik urushning tugashi bularning amalga oshishi uchun katta imkoniyatdir.
Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə