Abdullayev Abdurahmonning "Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi"



Yüklə 73,74 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü73,74 Kb.
#155636
mustaqil ish nazariya


Urganch davlat universiteti
Jismoniy madaniyat fakulteti

206 jm (sirtqi) guruh talabasi


Abdullayev Abdurahmonning
“Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi”
fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Kuch qobiliyatini tarbiyalash


Urganch-2022y.

Kuch va uni tarbiyalashning uslub hamda vositalari
Inson kuchi deganda tashqi qarshiliklami mushak kuchi orqali yengish qobiliyati tushuniladi. Qarshiliklami yenguvchi ishlarda
harakatlarga qarshi yo’naltirilgan kuchlar, yon bemvchi ishlarda
esa harakat yo’nalishi bo’yicha ta'sir etuvchi kuchlar qarshilik
kuchi hisoblanadi. Maktablardagi o’quvcliilar uchun jismoniy
tarbiya dasturida birinchi sinflardan boshlab bolalaming kuch
tayyorgarligi ko’zda tutilgan.
Har bir kishi harakatlami bajarishda muayyan
imkoniyatlarga ega. Masalan, u biror og’irlikdagi shtangani ko’tara
oladi, qandaydir bir vaqt oralig’ida 1000 m masofani yugurib o’ta
oladi. Bu imkoniyatlar bir qator sifat va miqdor xususiyatlari
jihatidan bir-biridan farq qiladigan muayyan harakatlar bilan
amalga oshiriladi. Masalan, sprintcha va marafoncha yugurish
organizmga sifat jihatidan boshqa-boshqa talablar qo’yadi, turli xil
jismoniy sifatlar namoyon etilishini talab qiladi. Kishi harakat
qilish imkoniyatlarining ba'zi-bir sifatli tomonlarini kishining jismoniy (yoki harakat) fazilatlari deb atash qabul qilingan.
Odatda, kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va
egiluvchanlikka asosiy jismoniy sifatlar deb qaraladi. Kishidagi jismoniy fazilatlarning rivojlanganlik darajasi faqat kishi
organlarining funksional (fiziologik) imkoniyatlari bilan emas,
balki psixik omillar, irodaviy fazilatlar bilan ham belgilanadi. Bu
holda irodaviy fazilatlar kishining o’z ftmksional imkoniyatlaridan
qanchalik foydalana olishini belgilaydi.
Kundalik nutqimizda “kuch” so’ziga turli xil ma'no beradilar.
Ilmiy tushuncha sifatida u iloji boricha aniq belgilangan bo’lishi
kerak. Buning uchun kuchning quyidagi mafnolarini bir-biridan
farqlash lozim:
1. Harakatning mexanik xususiyati sifatidagi kuch (“T massali
jismga F kuch ta'sir etadi...);
2. Kishining xususiyati, fazilati sifaddagi kuch (masalan,
quyidagi matnda ifodalangan ma'nodagi kuch: “yosh o’sishi bilan
kuch ham ortib boradi; sport bilan shug’ullanmaydiganlarga
nisbatan sportchilar kuchliroq bo’ladilar”).
Birinchi ma'nodagi kuch harakatning boshqa xususiyatlari bilan
bir qatorda mexanikaning o’rganish ob'ekti bo’lib xizmat qiladi.
Ikkinchi ma'nosidagisi esa jismoniy tarbiya nazariyasi, fiziologiya
va antropologiyada tadqiqot mavzui bo’la oladi. Harakatlantiruvchi
sifat tariqasidagi kuchni ko’rsatish uchun kuch imkoniyatlari, kuch
qobiliyati, mushak kuchi atamalari ishlatiladi.
Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda
ishlashi mumkin:
1. 0 ’z uzunliklarini o’zgartirmay (statik, izometrik tartib).
2. 0 ’z uzunliklarini kamaytirib (qarshiliklarni yenguvchi,
miometrik tartib).
3. Uzayib (yon beruvchi, pliometrik tartib).
Masalan, oyoqlar to’g’ri ko’tarilgan vaqtdan to to’g’ri burchak
hosil bo’lgunicha mushaklar faoliyatining uchala tartibi
uchrashadi. Oyoqlar ko’tarilganda - mushak ishi uzunligining
kamayishi, oyoqlami 90 burchak ostida ushlab turishda - statik ish;
dastlabki holatga qaytib oyoqlami tushirishda - mushaklaming
uzayishi.
Qarshiliklami yenguvchi va ularga yon beruvchi tartiblaming
birlashuvi “dinamik tartib” deyiladi.
0 ’quvchilar jismoniy tarbiyasida umumiy va maxsus kuch
tayyorgarligi amalga oshiriladi.
Umumiy kuch tayyorgarligi insonning mehnat faoliyatiga
tayyorligi va jismoniy rivojlanishi uchun ahamiyatga ega bo’lgan
barcha asosiy mushak gumhlarining uyg’un rivojlanishiga
qaratilgan.
Maxsus kuch tayyorgarligining maqsadi faoliyatning tanlangan
turiga tatbiqan musobaqalashuvchi harakat texnikasi bilan muvofiq
mushak gumhlari kuchining qo’shilib yuzaga chiqishi - jismoniy
sifatlaming rivojlanishidir.
Kuch namoyon bo’lishi sharoitlariga kuchning bogMiq
ekanligi. Harakat kuchi (ya'ni harakatning bosimi yoki tortishishi)
ko’p jihatdan qarshilik ko’rsatish kuchlarining tabiati bilan
belgilanadi.
Kuch va ko9chirilayotgan massa aloqadorligi. Agar odam
massasi har xil bo’lgan jismlami mushaklarga iloji boricha
(chegara darajasida) zo’r berib, bir joydan ikkinchi joyga
ko’chirayotganda bir qator harakatlami bajarsa, namoyon bo’lgan
kuchning miqdori ham har xil bo’ladi. Dastlab ko’chirilayotgan
jismning massasi ortib borishi bilan kuch ham oshib boradi, biroq
keyin massa ortsa ham, kuch oshmaydi. Kuch-massa bog’liqligi
jismoniy tarbiya amaliyotida juda ko’p xil ko5rinishda bo’ladi.
Masalan, sportchining yadro itqitish uchun sarflaydigan kuchi
uning shtanga ko’tarishda sarflaydigan kuchidan kam bo’ladi.
Biroq jismning massasi juda katta bo’lsa, kishi unga sarflaydigan
kuchning miqdori ko’chirilayotgan massaga bog’liq bo’lmaydi
hamda kishining kuch imkoniyatlari bilangina belgilanadi.
Kuch va tezlik aloqadorligi. Agar qo’ldan uchib chiqish
tezligini ham, bunda namoyon bo’lgan mexanik kuchni ham har xil
qilib, turli og’irlikdagi yadrolar itqitilsa, u holda kuch va tezlik
o’zaro teskari nisbatda bo’ladi: tezlik qanchalik yuqori bo’lsa,
namoyon bo’lgan kuch shunchalik kam bo’ladi va aksincha.
Insonning jismoniy fazilati sifatidagi kuchning turlari. Kuch
qobiliyatlarini quyidagicha turlarga bo’lish mumkin*. 1. Kuch
qobiliyatlarining o’zi - statik rejim va sust harakatlarda. 2. Tezlikkuch (dinamik kuch) qobiliyatlari - tezkor harakatlarda. 3. Tezlik-
kuch qobiliyatlari qarshilikni yenguvchi va yon beruvchi
(amortizatsion) kuch turlariga bo’linadi.
4. Portlovchi kuch - qisqa vaqt ichida katta miqdordagi kuchni
namoyon qilish qobiliyati muhim turlardan hisoblanadi. Masalan,
sport ustalari va sport bilan endigina shug’ullana boshlaganlaming
turgan joyidan balandlikka sakrashdagi depsinishlarini taqqoslasak,
sport ustalari qisqa vaqt ichida katta miqdordagi kuchni namoyon
etishlariga ishonch hosil qilamiz.
5. Mushak kuchi va sportchining vazni. Turli vazndagi
kishilaming kuchini taqqoslash uchun nisbiy kuch deb ataladigan
tushunchadan foydalaniladi. Nisbiy kuch deganda kishi vaznining
bir kilogrammiga to’g’ri keladigan kuch miqdori tushuniladi.
Kishi biror-bir harakatda o’z og’irligidan qat’i nazar namoyon
qilgan kuchni ba’zan mutlaq kuch deb ataydilar. Mutlaq kuch,
masalan, dinamometr ko’rsatkichlari, ko’tarilgan shtanganing
chegara darajasidagi og’irligi va boshqalar bilan tavsiflanishi
mumkin.
Mashqlanganlik darajasi taxminan bir xil, lekin vazni har xil
kishilaming vazni og’irlashib borishi bilan mutlaq kuchi ortadi,
nisbiy kuchi esa kamayadi. Nisbiy kuch kamayishining sababi
shundaki, sportchining vazni gavdasining hajmiga, ya‘ni uning
chiziqli o’lchamlari kubiga to’g’ri nisbatda bo’ladi; kuch esa
fiziologik ko’ndalang kesim, ya’ni chiziqli o’lchamlar kvadratiga
to’g’ri nisbatdadir. Gavda o’lchamlari oshib borishi bilan kishining
vazni uning mushak kuchiga qaraganda tezroq ortib boradi.
Odam kuchini o’lchash uchun har xil tuzilishdagi
dinamometrlar qo’llaniladi. Panja va gavda kuchini aniqlaydigan
maxsus dinamometrlar mavjud. 1-jadval ko’rsatkichlari o’lchamlar
majmuasiga ldradie ular bo’yicha o’quvchilaming jismoniy
rivojlanishi to’g’risida mulohaza yuritadilar.
Biroq bu ikki koYsatkich ayrim mushak guruhlarining kuchi
to’g’risida zaruriy axborot bermaydi.
Maktab o’quvchilarining ayrim mushak guruhlari kuchini aniqlash
uchun gavda dinamometridan uni ayrim unsur va moslamalar, jumladan,
taglik va uzun sirtmoqlar bilan to’ldirib foydalaniladi. Masalan:
gavdaning bukuvchi mushaklari kuchini aniqlash vaqtida o5quvchilar
gimnastika devoriga orqa o’girib, undan 1 m masofada yerga o’tiradilar.
Oyoqlar va bel mustahkamlanadi. Ko’krakka sirtmoqli kamar kiyiladi,
unga dinamometr biriktiriladi. Ayni vaqtda taranglashishlar sezilmasligi,
osilib turmasligi uchun butun tizim gimnastika devoriga bog’lab
qo’yiladi. Taklif qilingan uslub bilan son, boldir, tovonlar, bilak va
yelkaning yozuvchi va bukuvchi kuchini aniqlash mumkin. Maktab
o’quvchilarida ayrim mushak guruhlarining kuchi yuzasudan yosh
va jins bo’yicha o’rtacha malumotlar 1 va 2-jadvallarda keltirilgan.
Dinamik va portlovchi kuch, shuningdek, kuch chidamliligini
o’lchash uchun amaliyotda xilma-xil nazorat mashqlaridan
foydalaniladi.
Tezkorlik -kuch sifatlarini aniqlash uchun uzoqlikka har xil
og’irlikdagi tosh, qadoqtoshlar, yadro va toTdirma to’plami
uloqtirish, sakrash kabilardanfoydalaniladi.
• Har xil boshlang’ich holatlarda (turib, yotib) qadoqtoshlar,
shtanga ko’tarish, tortilish, tayanib yotgan holda siqish yoki qoT
bilan toTdirilgan qopchani ko’tarish;
98
• Kuch chidamliligini aniqlash uchun topshirilgan balandlikka
turgan joyidan sakrash;
• Maksimal kuchni aniqlash uchun og’irlikni ko’tarish;
Kishining jismoniy fazilati sifatidagi kuchni uzoq yillar
davomida tarbiyalash jarayonidagi umumiy vazifa uni har
tomonlama rivojlantirish va turli harakat (sport, mehnat va h.k.)
faoliyatlarida yuksak darajada namoyon bo’lishini ta'minlashdan
iboratdir.
Quyidagilarxususiy vazifalardir:
- kuchlanishning asosiy turlarini, ya’ni statik va dinamik
kuchlanish, kuch talab kuchlanish va tezlik-kuch talab kuchlanish,
qarshiliklami yenguvchi kuchlanish va yon beruvchi kuchlanish
turlarini amalga oshirish qobiliyatini egallash hamda
takomillashtirish;
- harakat apparatidagi barcha mushak guruhlarini kuch
jihatdan uyg’un holda mustahkamlash;
- xilma-xil sharoitlarda kuchdan oqilona foydalanish
qobiliyatini rivojlantirish.
Shu bilan birga, biror-bir faoliyatdagi aniq sharoitga qarab,
kuchni ixtisoslab tarbiyalash yuzasidan o’ziga xos vazifalar hal
qilinadi.
Qarshiligi oshirilgan mashqlar kuchni tarbiyalash vositasi
bo’lib hisoblanadi. Qarshilikning tabiatiga qarab kuchni
o’stiradigan mashqlar ikki guruhga bo’linadi:
LTashqi qarshiliklami yengish bilan bajariladigan mashqlar.
Odatda, tashqi qarshilik sifatida quyidagilardan foydalaniladi:
a) buyumlarning og’irligi;
b) sherikning qarshilik ko’rsatishi;
v) elastik buyumlaming qarshiligi;
g) tashqi muhit qarshiligi (masalan, qalin qorda yugurish).
2. 0 ’z vazni bilan og’irlashtirilib bajariladigan mashqlar.
Shuningdek, o’z vazni bilan og’irlashtirishda tashqi
buyumlaming og’irligi bilan to’ldiriladigan mashqlardan ham
foydalaniladi.
99
Kuchni tarbiyalash maqsadida umuman barcha mushak
tizimlarining yoki ayrim mushak guruhlarining kuchim
rivojlantirishga ko’maklashuvchi maxsus mashqlar qo’llaniladi.
Portlovchi va maksimal kuchni rivojlantirishning asosiy
vositalari har xil turdagi og’irliklar, asbob-anjomlar (gantellar,
to’ldirma to’plar, qum bilan to’ldirilgan qopchalar, shtangalar,
amortizatorli, blokli uskunalar) bilan bajariladigan mashqlardir.
Har xil kuch imkoniyatlarining rivojlanishiga ta'sir
o tkazishning samaradorligini bilish uchun kuch yuklamalari
bo’yicha rejalashtirish amalga oshiriladi. Masalan, katta
bo’lmagan og’irlik bilan (o’z tana og’irligining 20 dan 60%
igacha, maksimal og’irlikkacha) va takrorlashlaming katta miqdori
bilan cho’nqayib o’tirib-turish amalga oshirilsa, asosan, kuch
chidamliligi rivojlanadi; agarda bu mashq tez sur‘atda bajarilsa, u
holda portlovchi kuchning rivojlanishi ro’y beradi. 0 ’sha mashqni
oxirgi va qariyib oxirgi yuklamalar bilan kam miqdorda takrorlab
bajarilsa, asosan, mutlaq kuchning rivojlanishiga ko’maklashadi.
Shuning uchun bolalaming kuch tayyorgarligi vaqtida mashq
bajarishning u yoki bu uslublaridan to’g’ri foydalanish juda
muhimdir.
Jismoniy tarbiya amaliyotida mushak kuchi rivojlanishining
quyidagi uslublari eng ko’p tarqalgan:
Maksimal kuchlanish maksimal qarshilik ko’rsatish zarurati
bilan bog’langan topshiriqlami bajarishda yuzaga keladi
(belgilangan og’irlikdagi shtangani ko’tarish, rostlangan qo’llarda
og’irlikni ushlab turish, og’irlashtirilgan yukni tortish va
boshqalar).
qarshilik ko’rsatish miqdorini o’lchash uchun TM (takroriy
maksimum) ko’rsatkichidan foydalaniladi. Chunonchi, masalan, 8
TM og’irlashtirilgan miqdor deyilganda mashq qilishdagi og’irlikni
tushunmoq kerak, ular bilan shug’ullanuvchilar bir yondashuvda 8
tadan ko’p bo’lmagan takrorlashlami bajarishlari mumkin.
Har bir yangi kuch mashqini boshlashdan oldin ishlovchi
mushak bilan tortilish mashqini bajarish maqsadga muvofiqdir.
Mashq bilan chiniqqanlik darajasiga qarab sportchining kuch
yuklamalariga moslashishi ro’y beradi; shuning uchun kuch
faoliyati dasturini almashtirish kerak. Aks holda natijalar o’sishi
bo’lmaydi. Kuch yuklamalari dasturini qo’llash vaqtida quyidagi
100
metodik usullardan foydalaniladi: ayni bir xil mushak
guruhlarining kuchini rivojlantirish uchun xilma-xil mashqlarni
qo’llash; qarshilik koYsatish miqdorini, mashqlar va seriyalar
miqdorini o’zgartirish; ayrim yondashuvlar o’rtasida dam olish
intervali, bajariladigan mashqlar izchilligi va b. Maktabdagi
jismoniy tarbiya darslarida kuch tayyorgarligi 10-12 daqiqagacha
davom etishi mumkin, uydagi mashg’ulotlar sharoitida - 20-30
daqiqa.
tenzometrik kuchni o’lchash moslamalari.
2. Nazorat mashqlari, testlari maxsus kuchga qaratilgan
bo’lishi kerak.
Maksimal kuch shtangani birmartako’tarishbilananiqlanadi.
Tezlik-kuch sifatlari va kuch chidamliligini aniqlash uchun
nazorat mashqlaridan foydalaniladi: arqonda sakrash, tortilish,
qo’shpoyada qo’lni bukib-yozish, polda yoki skameykada qo’llami
bukib-yozish, oyoqdan-oyoqqa uch marta sakrash (faqat o’ng yoki
chap oyoq bilan).
Tezlik- kuch sifatlari va kuch chidamliligi tortilishlar soni,
qo’llami bukib-yozishlar miqdori, biror narsani uzoqlikka
uloqtirish va sakrashlar orqali aniqlanadi.
Yüklə 73,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə