Abdulhamid, [


Pedagogik Treningning asosiy qonunlari



Yüklə 56,77 Kb.
səhifə3/5
tarix08.06.2022
ölçüsü56,77 Kb.
#89103
1   2   3   4   5
Abdulhamid,,

Pedagogik Treningning asosiy qonunlari
«00»Qonuni.
Mikrofon qonuni.
Faollik qonuni.
Faqat o‘z fikrini bayon etish qonuni.
Guruhning barcha qatnashchilariga hayrixoh munosabatda, xushmuomala boMish qonuni.0 ‘z ismini aytish qonuni.
Muloyimlik qonuni.
Shu yerda va hozir qonuni. (hoziijavoblik).
Konfidensiallik qonuni.
Faqat o‘zi ishtirok etishini taklif etish qonuni.
Seminaming boshidan oxirigacha qatnashish.
Ixtiyoriylik qonuni.
Vaqtni tejash-sarishtalik qonuni.
Shaxsni baholamaslik qonuni.
Har bir qonunning mohiyati, vazifalari va ahamiyatini batafsil ko‘rib chiqamiz.
Trening jarayonida guruhda ishlami tashkil qilishga doir me’yorlar (tamoyillar) quyidagilardan iborat bo ‘lishi mumkin:
“00” qonuni. Barcha ishtirokchilar mashg‘ulot boshlanishiga va tanaffusdan keyin kechikmay kelishlari, bunda trener ularga namuna boMishi kerak. Trening boshlovchisi faqatgina treningni boshqarmasdan gumh bilan birgalikda tahlil qiladi va o‘zini tutishi va muloqoti bilan qatnashchilarga namuna bo‘ladi.
“Mikrofon” qonuni. Kimning qo‘lida mikrofon bo‘lsa o ‘sha odam gapiradi. Mikrofon sifatida mashq o‘tkazish vaqtida aylana bo‘yicha har bir ishtirokchiga uzatiladigan biror bir yumshoq o‘yinchoqdan, oddiy marker yoki ruchkadan foydalanish mumkin.
“Faollik” qonuni. Siz biror bir mashqni bajarishda ishtirok etmasligingiz mumkin. Bu, siz vazifani bajara olmaysiz degani emas, balki siz chetdan turib kuzatmoqchisiz. Bu haqida awaldan ma’lum qilish kerak bo‘ladi. Lekin guruhdan bir kishining chiqib ketishi shu guruhning ishiga ta’sir qilishini ham e’tiborga olish kerak boMadi.
“Faqat o*z fikrini bayon etish” qonuni. Bu qonun o‘zining fikrini birinchi shaxs nomidan bayon etishi, ya’ni “Mening fikrimcha, men his qilaman, mening o‘ylashimcha...”. Har bir ishtirokchi guruhning boshqa qatnashchilarining fikrlarini
bilmaydi. Gumh nomidan gapira olmaydi, shuning uchun ko‘pchilik, ya’ni “biz” deb boshlanadigan fikrlar mumkin emas.
“Guruhning barcha qatnashchilariga hayrixoh munosabatda, xushmuomala bo‘lish” qonuni. Ushbu qonun quyidagicha talqin qilinadi: “Barchamizning afzallik tomonlarimiz va kamchiliklarimiz bor. Trening vaqtida boshqalaming xususiyatlariga sabrli bo‘lish kerak. Agar sizni nimadir qoniqtirmasa, hech birishtirokchiga zarar yetkazmagan holda bu haqda trenerga ma’lum qiling”. Bu qonun ayniqsa, o ‘smirlar guruhida muhimdir. Trening vaqtida bir-birini familiyasi va laqabi bilan atash mumkin emas.
“ 0 ‘z ismini aytish” qonuni. Agar trening qatnashchilari bir- biriga notanish bo‘lsa har bir chiqish oldidan o‘z ismini aytishi kerak boMadi.
“Muloyimlik” qonuni. Barcha qatnashchilar bir-birlariga xushmuomalalik bilan va o‘zlarini taqdim qilganda aytgan ismlari bilan murojaat qilishlari kerak boMadi.
“Shu yerda va hozir” qonuni. Ayni vaqtda va shu yerda boMayotgan jarayonning, shuningdek, qatnashchilaming his-tuyg‘ulari, kechinmalari va munosabatlarini trening doirasida ko‘rib chiqish va ulami kelajak yoki o‘tmish bilan bogMamaslik kerak. Bu qoida guruhning har bir qatnashchisiga mazkur trening vaqtidagi kechinmalami anglab yetish imkonini beradi.
“Konfidensiallik” qonuni. “Trening vaqtida sodir boMadigan barcha holatlar, vaziyatlar faqat shu yerda va faqat trening qatnashchilari bilan muhokama qilinadi va tashqariga chiqmaydi”.
Bu qonun trening qatnashchilariga o' z fikrlarini erkin bayon etish imkonini beradi.
“Ishtirokchi sifatida faqat o‘zini taklif etish” qonuni. Ko‘p hollarda ba’zi ishtirokchilar biror bir mashqda ishtirok etishni xohlamasdan boshqa ishtirokchilami taklif etadilar. Bu esa boshqalarga ham ta’sir ko‘rsatib, treningning muvaffaqiyatli o ‘tishiga sabab boMadi. Shuning uchun bu qonunni trening boshlanishidan aw al tanishtirish kerak boMadi.
“Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish” qonuni. Bu ishtirokchilarda mas’uliyatni vujudga keltirish uchun zarur boMgan tamoyildir.
“Ixtiyoriylik” qonuni. Seminarda o ‘z mulohazalarini bayon qilish, munozaralarda, o‘yin va mashqlarda ishtirok etishda ixtiyoriylikni joriy qilishi mumkin.
“Vaqtni tejash - sarishtalik” qonuni. Gumh ishtirokchilari trening mashg‘uloti davomida gaplarini imkon qadar qisqa, lo‘nda ifodalashi, mavzu doirasidan chetga chiqib ketmasligi lozim.
“Shaxsni baholamaslik” qonuni. Har bir ishtirokchi o‘z fikr- mulohazalarini, hissiyotlarini bayon qilishi mumkin, biroq bundaboshlovchi va qolgan ishtirokchilar hikoyadagi vaziyatnigina muhokama qilishlari kerak va so‘zlovchining o‘sha paytdagi xulq-atvori, hatti- harakatini baholashdan qochishlari kerak. Masalan: “0 ‘sha paytda siz jahlga berilmasligingiz yoki bunday demasligingiz kerak edi” va hokazo. Buning o‘miga bunaqa vaziyatda men bunday qilardim yoki deyardim kabi variantlarda so‘zlashish yoki fikrini bildirish so‘raladi.
Ishtirokchilar bir-birlariga do‘stona munosabatda boMishi, bir- birlarining hissiyotlarini hurmat qilishlari kerak (Masalan: ketishi kerak boMib qolsa albatta boshlovchini ogohlantirishi va aksincha).Bundan tashqari trener tomonidan quyidagilar alohida ta’kidlab oMilishi shart:
Birovning fikrini umuman noto‘g‘ri deb hisoblagan yoki unga qo‘shilmagan taqdirda ham uni to ‘xtatib qo'yish yoki ustidan kulishga hech kimning haqqi yo‘q.Ishtirokchilar bir-birini masharalashi yoki g ‘ururiga tegadigan gaplar aytishi mumkin emas.Ishtirokchilar ham, boshlovchi ham, agar savol uning shaxsiy hayotiga tegishli boMsa, javob bermaslik huquqiga ega.Boshlovchiga savollar va fikrlar anonim tarzda berilish imkoniyatiyaratilishi shart. Lekin bu haddan tashqari chegaradan chiqish imkonini bermasligi, ya’ni boshlovchining shaxsiyatiga tegish kabilarga yoM qo‘yilmasligi ta’minlanishi kerak.
Me’yorlami mashg‘ulot o‘tkazishdan aw alroq katta qog‘ozga yozib, xonaga osib qo‘yish yoki gumh a ’zolari bilan birgalikda «Fikriy hujum» usuli orqali aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq.
Bu, birinchi gumhiy kelishuv hisoblanadi. Bunda shu narsa muhimki, har bir kishining fikrini albatta eshitish, nima uchun bu tamoyilga xayrixohligi yoki noroziligini izohlashini so‘rash lozim. Tamoyillami tasdiqlashni ovozga qo‘yish kerak emas. Agar kimdir guruhning fikriga norozi boMadigan boMsa, uni ko‘ndirishga harakat qilish yoki gumh boshqa qarorga kelishi lozim boMadi. Chunki uning fikrini inobatga olmaslik - gumhdagi psixologik iqlimga salbiy ta’sir etishi aniq. Ya’ni, fikri inobatga olinmagan ishtirokchida norozilik holati paydo boMadi va bu uning treningdagi butun ishtiroki davomida minus holatlami keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari unda mhiy tushkunlik, o‘z-o‘zini baholashning pasayishi va hokazolar ham paydo boMish ehtimolini tug‘diradi.
Trening qonunlari bo‘yicha guruh ishlarini faollashtirish usullari.
Birinchi usul: Trening qonunlarini o‘qib bering va guruhga ularni qabul qilishni taklif eting.
Agar guruh aw al treningda qatnashmagan bo‘lsa, bu usul samara beradi. Aw al qatnashchilarga treningning o‘z qoida va qonunlari mavjudligi haqida tushuncha bering. Keyin har bir qoidani o‘qib bering va bu qonunlar nima uchun kerakligini tushuntiring. Qatnashchilarga bu qonunlami qabul qilishni taklif eting va bu qoidalarga rioya qilish kerakligi, ular har bir ishtirokchining manfaati uchun, gumh ishining samarasi uchun muhimligini ta’kidlash lozim.
Ikkinchi usul: Guruhga asosiy qoidalami mustaqil ravishda ishlab chiqishni taklif eting. Masalan, Mikrofon qonunini yumoristik “So‘z erkinligi” deb atash mumkin.
Uchinchi usul: Bu aw al treningda ishtirok etganlar uchun bo‘lib, bunda ishtirokchilarga trening qoidalari va qonunlarini o‘zlari ishlab chiqishlari taklif etiladi:har bir qoida barcha ishtirokchilar tomonidan qabul qilinishi va ma’qullanishi kerak;
qoidalarga amal qilinish muddati 1 soat, 3 soat yoki trening kuniga tx)‘lishi mumkin;trener qoidalar qabul qilinayotganda har bir qatnashchimuhokamada ishtirok etishiga, o ‘z fikrini bayon etishiga e’tibor berishi kerak;guruhda trening qoidalarini taqdim etish usullari ko‘p bo‘lib, o‘zingiz boshqa variantlami o‘ylab topishingiz va ulami qo‘llashingiz mumkin;misol tariqasida trening qonunlari bo‘yicha gumh ishini faollashtirishning bir necha usullarini keltiramiz:Boshlovchi qatnashchilarga oldindan varaqlarga yozib tayyorlab qo‘yilgan qoidalami taklif etadi. Har bir ishtirokchi bittadan varaqni tortib uni o‘qib beradi. Shundan so‘ng bu qoida muhokama etiladi va trener bu qoida nima uchun kerakligi va nimani anglatishini tushuntirib beradi. Agar barcha ishtirokchilar bu qonunni ma’qullashsa, u holda u trening Qonuni deb qabul qilinadi.
5-6 yoshli bolalar bilan trening o‘tkazilganda bu qoidalami o‘yin
o‘yinni hamma birga boshlashi;
navbat bilan javob berish;
faol ishtirok etish, vazifalami bajarish;
hammani ismi bilan atash;
bir-birini ustidan kulmaslik.
Boshlovchi jumlani boshlaydi, bolalar davom ettiradilar. Bunda kichkina koptokchadan foydalanish mumkin, ya’ni koptok biror bir ishtirokchiga uzatiladi va u qoidani aytishi kerak boMadi. Lekin koptok bilan o‘yin birinchi trening mashg‘ulotida emas, balki keyingilarida qoidalami takrorlash uchun qoMlaniladi.
Tashkiliy qism. Tashkiliy qismning asosiy jihatlari.
Trener birinchi navbatda nima haqda o‘ylashi lozim? Eng aw alo mavjud guruhning motivatsiyasi, guruhdagi har bir ishtirokchining motivlari haqida (ongli holdami yoki ong osti holatidami) bilishga harakat qilishi lozim.
Treningni birinchi kuni ishtirokchilaming joylashuvi bilan boshlanadi.Treneming o‘zi stullami doira shaklida qo‘yishga kirishadi, gumh esa unga yordam beradi. Shu holatning o‘zidayoq ishtirokchilar haqida dastlabki ma’lumotni olish mumkin: kimdir faol yordam beradi - stollami chetga suradi, bir yoMa bir nechta stul ko‘taradi, tez-tez harakat qiladi, kimdir boshqalaming harakatini shunchaki kuzatib turaveradi, ba’zilar o‘zini go‘yoki nimadir bilan banddek ko‘rsatib turaveradi.


Yüklə 56,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə