A. A. Isoqboyevning 5220200 Tarix yo`nalishi 4- bosqich talabalariga



Yüklə 58,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/35
tarix27.12.2023
ölçüsü58,86 Kb.
#163550
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
istiqlolchilik harakati tarixi

So’z boshi 
XX asr O’zbekiston tarixida, o’zbek xalqi hayotida ham chuqur iz qoldirdi. 
Xalqimiz bu asrda bir-biridan farqli bo’lgan uch xil tuzumni boshdan kechirdi. 
Rossiya imperiyasi va mustabid sovet totalitar tartiboti asoratlari ortda qoldi. 1991 
yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining e`lon qilinishi 
esa o’zbek xalqi tarixidagi unutilmas voqealardan biri bo’ldi. 
5220200-bakalavriat tarix mutaxassisligi kunduzgi bo’limi talabalari uchun 
mo’ljallangan Istiqlolchilik harakati tarixi fani Vatanimiz xalqlarining 1917-1935 
yillarda mustabid sovet tuzumiga qarshi olib borgan erk va ozodlik kurashlari 
tarixini o’rganadi.
Fanni o’rganish jarayonida o’zbek xalqining doimo erkinlik, ozodlik va 
mustaqillik uchun mustamlakachilarga qarshi kurash olib borganliklari haqidagi 
tarixiy haqiqatni yetkazish bilan birgalikda, talaba yoshlarni vatanparvarlik ruhida
 
tarbiyalash uslublarini tadqiq etishga asosiy e`tibor qaratiladi. 
Mazkur fanni o’rganish jarayonida talabalarda bilim va ko’nikmalarga ega 
bo’lishlarida quyidagi jihatlarga asosiy e`tibor qaratiladi: 

Petrograddagi 1917 yil fevral inqilobi va uning Turkiston o’lkasiga ta`siri: 

1917 yil oktabr davlat to’ntarishidan so’ng o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy axvol 
va Turkiston muxtoriyatining tarixiy taqdiri; 

Farg’ona vodiysida istiqlolchilik harakati vujudga kelishining ijtimoiy-
siyosiy zamini; 

Istiqlolchilik harakatining mohiyati va uni harakatlantiruvchi kuchlari; 

Buxoro va Xorazm xalq sovet respublikalarida istiqlol uchun kurash

1925-1935 yillarda istiqlol uchun kurash; 

Istiqlol uchun kurashning mag’lubiyati sabablar va saboqlari; 

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda istiqlolchilik harakatining 
ahamiyati va xokazolar. 
Shu bilan birgalikda talabalarga Istiqlolchilik harakati tarixi fanini o’qitish 
orqali ularda Vatanga muhabbat, milliy istiqlol mafkurasiga sadoqat ruhida 
tarbiyalash ham asosiy maqsadlardan biri qilib olingan.


21 
I. FANINING MAQSADI VA UNI MUTAXASSIS TAYYORLASHDAGI 
O’RNI. 
I.1.Fanni o’qitishdan maqsad: 
Istiqlolchilik harakati tarixi fanini o’rganish bugungi kunning muhim va dolzarb 
masalalalaridan biridir. Milliy uyg’onish har bir xalq va umummillat 
manfaatlariga xizmat qilishi zarur. Fanning asosiy maqsadi talabalarni mustaqil 
fikr yuritishga o’rgatish, ulardan mamlakatimizning boy tarixidan faxrlanish his-
tuyg’usini shakllantirishdan iboratdir. 
Shu bilan birgalikda, 1917-1935 yillarda Vatanning asl o’g’lonlari tomonidan 
mustabid sovet tuzumiga qarshi olib borilgan kurashning mohiyati shaqida 
tushuncha va ko’nikmalar xosil qilish. 
I.2. Fanning o’rganadigan muammolari: 
Istiqlolchilik 
harakati 
tarixi 
fanining 
o’rganadigan 
muammolari 
quyidagilardan iborat; 
- Petrograddagi 1917 yil fevral inqilobi va uning Turkiston o’lkasiga ta`siri: 
- 1917 yil oktabr davlat to’ntarishidan so’ng o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy axvol va 
Turkiston muxtoriyatining tarixiy taqdiri; 
- Farg’ona vodiysida istiqlolchilik harakati vujudga kelishining ijtimoiy-siyosiy 
zamini; 
- Istiqlolchilik harakatining mohiyati va uni harakatlantiruvchi kuchlari; 
- Buxoro va Xorazm xalq sovet respublikalarida istiqlol uchun kurash; 
- 1925-1935 yillarda istiqlol uchun kurash; 
- Istiqlol uchun kurashning mag’lubiyati sabablar va saboqlari; 
I.3. Boshqa fanlar bilan bog’liqligi: 
Fanning rivojlanishi va tadqiqoti ko’lami bir qancha fanlar bilan aloqada 
bo’lishini taqazo etadi. Bu borada O’zbekiston tarixi, Manbashunoslik, 
Tarixshunoslik, Tarixiy o’lkashunoslik, Tarixiy geografiya, Jahon tarixi fanlari 
bilan bevosita aloqada bo’ladi. 


22 

Yüklə 58,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə