9-mavzu. Smart texnologiyalarining jamiyatdagi o’rni



Yüklə 5,89 Mb.
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#143018
1   2   3   4   5
9-mavzu. ma\'ruza

Raqamli izlar (ingl. Digital footprint) – ma’lum bir shaxs Internet, raqamli qurilmalardagi faoliyati to‘plami. U global tarmoqda “kiber soya”, “electron iz” yoki “raqamli soya” deb ham ataladi.
Raqamli izlarning ikki turi mavjud: passiv va faol. Passiv raqamli iz - bu foydalanuvchidan o'zlari bilmagan holda to'plangan ma'lumot. Faol raqamli iz - bu foydalanuvchi ma'lumotni baham ko'rayotganligini bilishi (masalan, Facebook-da xabar yuborish yoki veb-shaklni yuborish).
Barcha onlayn harakatlar Internetda ham, kompyuter, planshet, smartfon kabi qurilmalarda ham oz izini qoldiradi. Undan esa foydalanuvchi, uning joylashuvi, qurilmasi kabi foydalanish tafsilotlarini aniqlash uchun foydalanish mumkin. Bugungi kunda axborot, kontent va resurslarning haddan tashqari keng va turli-tuman
toplami mavjud. Ayniqsa, Internetda ularning aniqligi, ishonchliligi va qiymatlari turlicha.Bundan tashqari, bu malumotlar turli shakllar (matn, tasvir, statistik malumot, electron yoki bosma shakl)da mavjud bolib, ularni turli axborot manbalaridan olish mumkin.
Tarmoqdagi malumotlar ishonchliligini tekshirish siz kabi foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Agar manbada ishonchlilikning quyidagi belgilari mavjud bolsa, u holda bu manba ishonchli malumot manbayi hisoblanadi:
1) resurs muallifi. Resursning birorta royxatdan otgan elektron ommaviy axborot vositasi yoki tashkilot rasmiy manbasidan olinganligi;
2) boglanish uchun muallif kontaktlari. Muallif bilan boglanish uchun kontakt malumotlari (manzil yoki uning QR-kodi, telefon raqami, elektron pochta manzili)ning berilganligi;
3) axborot manbalari. Axborot olingan manba (sayt, nashr, adabiyot) yoki manba muallifining aniq korsatilganligi;
4) resursning aniqligi. Resurs malumotlarining aniq faktlar bilan asoslanganligi;
5) malumotning taqdim etilish sifati. Manba (matn, rasm, sxema va hokazo)larning aniq, sifatli korinishi, matn va gipermurojaatlarning bexato yozilganligi;
6) resursning maqsadi. Malumotlarning asosiy maqsadi faktlarni yoritishga qaratilganligi (fikr bildirishdan, reklama yoki etiborni tortishdan farqli olaroq);
7) malumotlarning dolzarbligi. Resurs ma’lumotlarining muntazam ravishda yangilanganligi. Internetda mavjud har qanday ishonchli malumot manbayini bir zumda nusxalash yoki ko‘chirib olish mumkin. Boshqa shaxs asari yoki undagi fikrlarni (manba yoki muallif haqida malumot bermasdan) оziniki qilib kоrsatish yoki taqdim etish plagiat (lot. plagio – оgirlayman) hisoblanadi. Bunga jiddiy axloqiy huquqbuzarlik sifatida qaraladi. Ommaviy foydalanish uchun ochiq bolgan manbalardan foydalanilganda yoki iqtiboslar keltirilganda, plagiatdan qochish uchun albatta manba muallifi yoki manbaga havola korsatilishi shart.
Shubhali elektron pochta xabarlarini ochmang! Agar elektron pochta xabarlarida quyidagilar aniqlansa, ularni aslo ochmang:
– noma’lum yoki shubhali elektron pochta manzillaridan yuborilgan bo‘lsa;
– shubhali bo‘lmasligi uchun juda ham tiniq va yaxshi ko‘rinadigan bo‘lsa;
– maxfiy ma’lumotlar so‘ralgan bo‘lsa;
– bajariluvchi fayllar yuborilgan bo‘lsa;
– grammatik va imlo xatolarga ega xabarlar bo‘lsa.
Shubhali dastur yoki qo‘shimchalarni yuklab olmang! Agar elektron pochta xabarini kim yuborganligi noma’lum bo‘lsa, u holda xabarga biriktirilgan fayllarni hech qachon yuklab olmang. Sizga biror tanishingizdan xabar va unga biriktirilgan fayl keldi, ammo siz undan hech qanday fayl kutmayotgan bo‘lsangiz, bunday fayllarni ochmang. Tanishingiz ham xakerlik hujumiga uchragan va bilmagan holda sizga ham virus yuborgan bo‘lishi mumkin! Imkon qadar ikki bosqichli autentifikatsiyadan foydalaning! Ikki omilli autentifikatsiya kimdir sizning hisobingizga faqat foydalanuvchi nomi va paroli yordamida kirishiga to‘sqinlik qiladi. Ikki bosqichli autentifikatsiya faqat login va parolingiz yordamida foydalanuvchi hisob qaydlaringizga kirishining oldini oladi. Buning o‘rniga, foydalanuvchi hisob qaydlariga kirish uchun ikkinchi omil (odatda, fizik qurilmalar, masalan, telefon) kerak bo‘ladi. Bu esa sizning hisob qaydlaringizni faqat sizning telefoningizga kira oladigan (sizga yuborilgan xavfsizligk kodini bilish uchun) kam sonli foydalanuvchilargina buzishi mumkinligini anglatadi.
Wi-Fi tarmogida xavfsiz ishlang! Login va parollaringizni umumiy Wi-Fi tarmoqlari orqali yubormang. Shuningdek, umumiy Wi-Fi tarmoqlari yordamida ijtimoiy tarmoq va electron pochta uchun royxatdan otmang. Telefoningizdagi Wi-Fi tarmogiga avtomatik ulanishfunksiyasini ochirib qoying.Kiberhujumga qarshi kurashing! Xabar yuboruvchi shaxs bilan ziddiyatga bormang, qopol va haqoratomuz xabarlarga javob bermaganingiz maqul, shuningdek, tarmoqda bezorilikqilmang. Aks holda siz Internetda salbiy raqamli iz qoldirishingiz mumkin. Oz virtual obroyingiz va qadr-qimmatingizni saqlang. Tajovuzkor akkauntiga taqiq ornating,yani bunday tarmoq foydalanuvchisini bloklang. Fishingga qarshi kurashing! Akkauntingizni muntazam ravishda tekshirib turing. Agar akkauntingiz buzilganligini sezsangiz, uni darhol bloklang. Xavfsiz saytlardan foydalaning. Brauzerdan Parolni saqlashfunksiyasini ochiring, kompyuter va mobil qurilmalarda murakkab parollardan foydalaning.


Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə