6-sinf. Botanika 7-dars: gul



Yüklə 290,5 Kb.
səhifə8/53
tarix11.12.2023
ölçüsü290,5 Kb.
#144634
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53
6-sinf. Botanika 7-dars gul

Ko‘sak mevalar bir nechta mevabargdan tashkil topgan. Urug‘ pishgandan keyin chokidan ochiladi. G‘o‘za, lola, bangidevona, chuchmoma va boychechakning mevasi ko‘sak mevaga kiradi.
No‘xat, mosh, loviya, burchoq va oq akatsiya dukkak mevali o‘simliklardir. Dukkak chetlari bir-biriga qo‘shilib ketgan meva bargchalardan iborat. Meva yetilgan vaqtda ikki pallaga ajraladi. Har bir pallaga ichki tomondan urug‘lar yopishib turadi. Pallalar orasida to‘siq bo‘lmaydi.
Karam, qurttana, rediska, turp kabi o‘simliklarning mevasi dukkakka o‘xshasa-da, lekin orasida to‘sig‘i borligi bilan ulardan farq qiladi. Bunday mevalar qo‘zoq va qo‘zoqcha deyiladi.
Ayrim (zarang, qayrag‘och va shumtolga o‘xshash) manzarali daraxtlarning mevasi qanotchali bo‘ladi. Shuning uchun ular qanotchali meva deyiladi. Ayniqsa, bahorda terakning urug‘chi tuplari mevasi pishgan vaqtda undan ajralib chiqqan paxta bilan o‘ralgandek tuyuladi va uchib yuradi. Aslida esa bir tutam tuklari orqali mevasi uchib yuradi. Bunday mevalar uchma meva deyiladi.
«Terak allergiya kasalligiga duchor qiladi, shuning uchun uni ekmaslik kerak» degan fikr ham mavjud, bundan xoli bo‘lish uchun terak xalqimiz sevib o‘stiradigan yog‘ochbop daraxt ekanligini e’tiborga olib, uni (mevasi uchmasligi uchun) urug‘chili emas, balki changchili qalamchalardan ko‘paytirish kerak.
8.2. Mevalarning tabiatdagi va odamlar hayotidagi ahamiyati
Mevalar juda xilma-xil bo‘lib, ularning tabiatdagi va odamlar hayotidagi ahamiyati ham juda katta. Mevalar, birinchi navbatda, o‘simliklarning ko‘payishi, tarqalishi va nasl qoldirishi uchun kerak. Yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarning mevasidan tabiatdagi barcha tirik mavjudot oziqlanadi. Ayrim mevalar yerga to‘kilib, chirib, yerni organik moddalarga boyitadi. Odamlar hayotini esa mevasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu haqda Hadisda shunday deyilgan: «Qaysi bir mo‘min biror ekin eksa yoki mevali daraxt o‘tqizsa-yu, ularni qushlar, odamlar yoki hayvonlar yesa, bu uning uchun sadaqa hukmida bo‘ladi».
Qadim zamonlardan odamlar o‘simliklarning mevasidan oziq-ovqat sifatida (olma, yong‘oq, o‘rik, uzum, bug‘doy, mosh, loviya, tariq, qo‘noq, no‘xat) va dori-darmon tayyorlashda (marmarak, zubturum, na’matak) foydalanishgan.
Mevalardan olinadigan moylardan xalq xo‘jaligining turli sohalarida (texnika, og‘ir sanoat, atir-upa) foydalaniladi.
Kundalik turmushimizda ishlatadigan nonimiz bug‘doy unidan, yog‘imiz g‘o‘za chigiti, kungaboqar pistasi va zaytun mag‘zidan olinadi.
O‘zbekistonda eng ko‘p tarqalgan ziravorlarga zira, alqor, kashnich, sedana va murch kiradi. Mevalar iste’mol qilinishidan tashqari, ulardan turli zeb-ziynat buyumlarini tayyorlashda ham foydalaniladi (yersovun, tasbehmunchoq, qalampirmunchoq). Iqlimi issiq mamlakatlarda qovun daraxti, non daraxti, banan, kokos palmasi o‘simliklari o‘sadi. Bu o‘simliklarning mevasi ham mahalliy aholining asosiy oziq-ovqati hisoblanadi.
Mevalarni faqat pishganda terib olish kerak. Ammo ko‘pincha, ular pishmasdan yig‘ib olinadi. Masalan, urug‘i yetilmagan zira tupi bilan o‘rib olinadi. Har qanday mevani yig‘ish vaqtida uning tabiatda ko‘payishiga e’tibor berish kerak. Yetilgan mevalarni terishda ularning tabiiy holda ko‘payishini hisobga olish lozim.
Ko‘pgina hollarda yong‘oq, bodom, o‘rik kabi mevalar tayoq bilan qoqib tushiriladi. Natijada daraxtlar qattiq shikastlanadi, ko‘plab shoxlari sinadi. Ularni mevasi pishganda qo‘lda terib olish yoki yengilgina silkitib, keyin yig‘ib olish kerak.
Yem-xashak o‘simliklari har yili, ayni gullagan vaqtda, yem-xashak uchun o‘rib olinadi. O‘simliklarning yer usti qismidan ajralishi, gulining urug‘ bermay nobud bo‘lishi tabiatda o‘simliklarning kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Tabiatdagi har bir tur o‘simlikning urug‘i pishib yerga to‘kilishi va o‘z-o‘zidan ko‘payishi kerak.

Yüklə 290,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə