6-mavzu. Uyg‘onish davri madaniyaTI



Yüklə 20,24 Kb.
tarix17.11.2018
ölçüsü20,24 Kb.
#80799

6-mavzu. UYG‘ONISh DAVRI MADANIYaTI
Reja:

  1. Uyg‘onish davri tushunchasi

  2. Sharq Uyg‘onish davri madaniyati

  3. G‘arb Renessans davri madaniyati

IX-XV asrlarni Yakin va Urta Shark mamlakatlarida shartli tarzda "Renessans" (uygonish) davri deb atashadi. Ma'naviyat va ma'rifatning goyat gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bulgan. Bu davrda komusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari yetishib chikkan. Duneviy fanlarning tez suratlarda tarakkiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta'sir etdi. Bu jaraen, ayniksa, xaifa Ma'mun davrida (815-833 y.), Bogdodda "Bayt ul-Xikma" (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, xind xisobi, al-ximiya va ilmi nujumga oid asarlar arab tiliga ugirildi. Bunda Markaziy Osiedan yetishib chikkan mutafakkirlar, al-Xorazmiy, al-Fargoniy, al-Forobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar xam katta rol uynadilar.

Renessans-uygonish davri madaniyati, ma'naviyati va ma'rifati moxiyat-e'tibori bilan duneviy, gumanistik dunekarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat kilish, bamisoli uning kayta uygonishini anglatadi. Uygonish davri namoendalari karashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, akl-idrokiga ishonch bilan karashi bilan ajralib turadi.

Fanda Shark va Garb Uyg‘onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular umumiy, o‘xshash tomonlari bilan birga, ma'lum farq, o‘ziga xos xususiyatlari jihatdan ham ajralib turadi. Avvalo ular davr nuqtai nazardan farqlanadi. Ilk Sharq uyg‘onish davri IX-XII asrlarni, so‘nggi uyg‘onish davri XIV-XV asrlarni o‘z ichiga olsa, G‘arb uyg‘onishi davri XV-XVII asrlarni olishi bilan farqlanadi. G‘arb uyg‘onish davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos bo‘lsa, Sharqda masalaning g‘arbdagidek keskin qo‘yilishini ko‘rmaymiz.

G‘arb uygonishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat kilish, uni "kayta tiriltirish", tabiiy fanlar rivoji, fanda universallik (komusiylik), gumanizmni targib etish va boshkalarda namoen buladi.

Shark renessansi davri kuyidagi umumiy xususiyatlarga ega:

1) madaniyat, duneviy fanlar va islom akidashunosligining tarakkieti.

2) yunon, rum, fors, xind va boshka madaniyatlar yutuklariga suyanish.

3) astronomiya, matematika, mneralogiya, jugrofiya, kime va boshka tabiiy fanlar rivoji.

4) uslubda ratsionalizm va mantikning ustunligi

5) insoniy dustlik, yuksak axlokiylikni targib etilishi.

6) falsafaning keng darajada rivoj topishi.

7) adabiet, she'riyat, ritorikaning keng mikesda rivojlanishi.

8) bilimdonlikni komusiy xarakterda ekanligi.
____________________________________________________________________
Mavjud adabiyotlar va fikrlar tahlili asosida Markaziy Osiyodagi xalqlar Milliy madaniy Uyg‘onishni uch davrga bo‘lishi mumkin:

1. IX-XII asrlar- arab bosqinidan keyingi davr.

2. XIV-XV asrlar mo‘g‘ul istilosidan keyingi davr.

3. XX asr boshi va hozirgi davr kolonial bosqin va Sovet davridan keyingi siyosiy, milliy, madaniy Uyg‘onish.

____________________________________________________________
Arab istilosidan keyin islom diniga asoslangan bir qancha ta'limotlar, maktablar vujudga keldi. Kalom ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimlar, tasavvuf ilmi bilan shug‘ullanuvchi so‘fiylar, xadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi muhaddislar o‘z ishlari bilan ilm-fan rivojlanishiga katta xissa qo‘shdilar.

Kalom ilmi bilan shug‘ullanuvchilar: Abu Mansur Moturidiy (Qur'onning tavsiriga bag‘ishlangan “Kitob at-tavhid”, Kitob ta'vilot al-Qur'on” asarlari.), Zamahshariy va b.

So‘fiylar: Xo‘ja Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshbandiy va b.

Muhaddislar: Imom Buxoriy (60 mingga yaqin xadis to‘plagan), Imom Termiziy.



Muhammad al-Xorazmiy (783-850) algebra fani asoschisi. Bog‘dodda “Bayt ul-hikma”ga rahbarlik qilgan. “Astronomiya jadvali”, “Hind hisobi to‘g‘risida risola”, “Quyosh soati haqida risola” va b. asarlari mavjud.

Ahmad al-Farg‘oniy (797-865) “Buyuk matematik” unvoniga sazovor bo‘lgan. “Samoviy jismlar harakati va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob”, “Astronomiya asoslari” asarlarida koinot xaritasi tuzilgan.

Abu Nasr Farobiy (873-950) “Ikkinchi muallim”. 160 dan ziyod asar yozgan. Olamni ikki ko‘rinishda: “Vujudu vojib” (alloh) va “Vujudi mumkin” (barcha moddiy va ruhiy narsalar) misolida talqin qilgan.

Arxeologik qazilmalar va kulyozma manba'lardan ma'lum bulishicha o‘sha davrda musiqa va musiqashunoslik ham keng rivoj topgan va u matematika ilmining tarkibiy qismi sanalgan. Mazkur davrning buyuk olimi Abu Nasr Farobiy musiqaning nazariy asoslari, kuylar, asboblar, musiqa madaniyatining mezonlari, atamalari tahliliga bag‘ishlangan «Katta musiqa» kitobining muallifidir. («Kitob al-musiqi al-Kabir»). O‘rta asr musulmon sharqi musiqa nazariyasiga bag‘ishlangan ushbu kitob 2 qism, 3 kitobdan iborat bo‘lgan. Farobiy «Katta musiqa»dan tashqari «Musiqa haqida so‘z», «Ritmlar tartibi haqida kitob», «Ritmga qo‘shimcha qilinadigan siljishlar haqida» asarlarining ham muallifidir.



Abu Ali ibn Sino (980-1037) 280 dan ziyodroq tibbiyot, falsafa, mantiq, psixologiya, ahloq, musiqa, farmakologiya va b. sohalarga tegishli asarlari mavjud. (“Shifo kitobi”, “Tib qonunlari”, “Bilimlar kitobi”, “Tabiat durdonasi” va b.). U ham Farobiyning izidan borib “Vujudu vojib” (alloh) va “Vujudi mumkin” (barcha moddiy va ruhiy narsalar) ta'limotini ilgari surgan.

XV asrgacha G‘arbda Xristianlik dini davlat dini va mafkurasi vazifasini bajarib kelgan. Bu esa dunyoviy bilimlar bilan shug‘ullanishni cheklab qo‘ygan. Kimda-kim shug‘ullansa uni daxriylikda ayblab, inkvizitorlar tomonidan jazolangan. Bu davrgacha faqatgina Xristian dini asosida ba'zi bir ta'limot va maktablar ochilgan, bularning vazifasi dinning nufuzini ko‘tarish hisoblangan.

Apologetlar – I-II asrlarda vujudga kelgan, “ximoya qilish” demakdir.

Patristika – “ota” (“padre”) so‘zidan kelib chiqqan. Ioan Zlatoust (347-407) 640 ta da'vatidan ko‘pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida Injilni amaliy qo‘llash sof axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.



Sxolastika – yunoncha “shkola”dan olingan (o‘qish joyi, maktab). Buyuk karl saroyida o‘qituvchilik qilganlarni sxolastlar deb nomlashgan. Ularning maqsadi e'tiqod aqlga muvafiqmi, degan savolga javob berish bo‘lgan.

Realizm va nominalizm: O‘rta asr realizm ta'limotiga ko‘ra, umumiy tushunchalar narsalardan oldin ilohiy fikr sifatida mavjud bo‘lgan. Shuning uchun inson umumiy tushunchalarni bilish orqali narsalarning mohiyatini biladi, chunki bu mohiyat umumiy tushunchadan boshqa narsa emas. Namoyondasi Anselm Kenterberiyskiy (1033-1109) inson bilishi faqar aql yordamida amalga oshadi, chunki faqat aqlgina umumiy fahmlash qobiliyatiga ega, degan edi. Nominalizm (lot. nom, ism) qarshi chiqib, aqldan ko‘ra irodani ustun qo‘yadi.

Umumiy tushunchalar yakka narsalar va hodisalarsiz mustaqil mustaqil ahamiyatga ega emas. Yakka predmetlar va hodisalar bizning ongimizda aks etib, ularni mavhumlash va umumlashtirish asosida umumiy belgilarni topamiz. Bu belgilar bir butun jismdagi narsalarga tegishli bo‘ladi. Masalan, biz “odam” tushunchasini olib qarsak, hamma odamlarga xos belgilarni, ya'ni onglilik belgisini topamiz va bu belgi hamma odamlarga xos umumiy va uni boshqa mavjudodlardan farqlaydigan belgilar. Shunday qilib, nominalizm ta'limotiga ko‘ra, umumiy tushunchalar narsalardan oldin emas, balki narsalar undan oldin paydo bo‘lgan.



Universitetlar. yevropa ilm-fani rivojiga universitetlar muhim o‘rin tutadi. Ular bilim va ma'rifatning o‘chog‘i sifatida 1200 yillarda vujudga kelgan. 1400 yillarga kelib, yevropada 23 ta universitet mavjud bo‘lgan. Universitet dasturini juda katta qismini sxolastika bilan shug‘ullanish tashkil etar edi.

Universitetlarning vujudga kelish sabablari mashhur olimlarning faoliyatidir. XII asrda Iteriy Rim huquqining buyuk tadqiqotchisi sifatida mashhur bo‘ladi va talabalar uni eshitish uchun Bolonya shahriga oqib kela boshlaydilar. Natijada Balonya shahri universiteti muvafaqiyatli faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Abelyarning o‘qituvchi sifatidagi shuhrati ko‘p jihatdan Parij universitetining vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Universitetlar, shuningdek, talabalarning chiqishlari natijasida ham vujudga kelgan. Masalan, XII asrda Angliya va Fransiya qirollari orasidagi nizo oqibatida, Angliya talabalariga yaxshi munosabat bildirilmaganligi ularning Parijdan Angliyaning Oksford shahriga ko‘chib o‘tishlariga sabab bo‘ldi. Buning natijasida mashhur Oksford universiteti tashkil topdi. Kembridj universiteti esa Oksford universiteti talabalarining qo‘zg‘alon ko‘tarishi va 1209 yilda ularning Oksforddan Kembridjga ko‘chib o‘tishlari natijasida vujudga keldi.


G‘arb Uyg‘oniy davri (XV-XVII asrlar). O‘ziga xos xususiyatlari:

1. Qadimgi yunonlar ma'naviyati, madaniyati, turmush tarzi, fikrlash usullari qaytadan tiklandi.

2. Madaniyati gumanistik xarakteri bilan ajralib turgan.

3. Tabiat talqiniga yangicha yondoshildi: u inson bilimlarining manbai sifatida o‘rganila boshlandi.



4. Inson tabiati va jamiyat mohiyati to‘g‘risidagi tasavvurlar o‘zgardi.
Nikolay Kuzanskiy (nemis, 1401-1461) – Panteist – Xudo hamma narsada mavjud, shuningdek hamma narsa Xudoda mavjud. Eng oliy haqiqatlarni bilish, sxolastik fikrlash bilan emas, balki, tajriba asosida amalga oshadi.

Nikolay Kopernik (polyak, 1473-1543) – geliotsentrik nazariyani ilgari suradi. (Koinot chekli degan). U o‘zining “Osmon jismlarining aylanishi to‘g‘risida” asarida Aristotel va Ptalameylarning geotsentrik ta'limoti (yer koinot markazi) noto‘g‘ri ekanligini isbot qildi. yer o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylananishini isbotlagan.

Jordano Bruno (italiyalik, 1548-1600) – Nikolay Kopernik ta'limotini to‘ldirib, koinot yagona, moddiy, cheksiz va abadiy. Juda ko‘p narsalar koinotning eng kichik bir qismidir. Yulduzlar – boshqa ploneta sistemalarining Quyoshi. yer – cheksiz dunyoning kichik bir zarrasi, degan.

Galileo Galiley (italiyalik, 1564-1642) – fan dindan ajralishi, tabiat va inson fanning o‘rganish ob'ekti bo‘lishi kerak, uni matematika va tajriba orqaligina o‘rganish mumkin, bunda inson aqli hal qiluvchi o‘rin tutadi. Xudoga ishonish va unga sig‘inish, insonning axloqiy xatti – harakatlari dinning ob'ekti bo‘lib, u Injil yordamida o‘rganiladi. Galileo tabiatni bilishning cheksizligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surgan.
Uyg‘onish davridagi bu tabiatshunos olimlarning olam to‘g‘risidagi g‘oyalari o‘sha davrdagi hukmron diniy qarashlarga zid bo‘lgani uchun inkvizitsiya ularning asarlarini o‘qishni ta'qiqladi. O‘zlarini sud qili, N.Kopernikni osishga, J.Brunoni o‘tda yondirishga (Rimda Gullar maydonida) hukm qildi. G.Galiley esa go‘yo “adashganini” tan olib, o‘z fikridan qaytgan bo‘ldi. Biroq ularning g‘oyalari fan olamiga kirib borgan edi, uni inkvizitsiya ham to‘xtatib qola olmadi.
Yüklə 20,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə