6-mavzu. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, bozor munosabatlarining shakllanishi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix16.04.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#85550
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ko’rsatkich

 

Miqdori

 

 

 



Sanoatda tayyor mahsulotning ulushi

 

50 foiz



 

Qayta ishlanmasdan, respublika tashqarisiga chiqarilgan

 

qishloq xo’jaligi mahsulotining ulushi



 

80 foizdan ko’proq

 

Respublikadan olib ketilayotgan mahsulot tarkibida xom



 

ashyo, materiallar va chala tayyor mahsulotlar ulushi

 

65 foizdan ko’proq



 

Respublikaga keltirilayotgan tovarlar tarkibida sanoat

 

mahsulotlari (mashinalar, asbob-uskunalar, yengil sanoat, va



 

oziq-ovqat mahsulotlari) ulushi

 

60 foiz


 

 

Sovet davrining keyingi o’n yilliklari mobaynida iqtisodiyotni rivojlantirishda xom ashyo, 



chala  tayyor  mahsulotlar  ishlab  chiqaradigan  va  chetga  yuboriladigan,  mehnatni  nisbatan 

kamroqtalab qiladigan xom ashyo tarmoqlarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilishi ushbu 

nomutanosibliklarni yanada kuchaytirdi. Jumladan, ishlab chiqarishning umumiy hajmida yengil 

sanoatning  ulushi  keyingi  50  yil  ichida  54  foizdan  37  foizga,  oziq-ovqat  sanoatining  ulushi  30 

foizdan 14 foizga tushib qolgan, mashinasozlikning ulushi atigi 7 foizga o’sib, 16 foizni tashkil 

etgan.


 

Shuningdek,  iqtisodiyot  tarmoqlarini  tarkib  toptirish  va  rivojlantirishda  qator  nuqson  va 

kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Jumladan:

 

-



 

respublika mashinasozlik kompleksi faoliyati paxtachilik, paxtachilik uchun mashinalar 

ishlab  chiqarish  bilan  cheklanib,  murakkab  uy-ro’zg’or  texnikasi,  yo’l  qurish  mashinalari, 

plastmassa buyumlari, oziq-ovqat sanoati jihozlari, savdo-sotiq va maishiy xizmat sohasi uchun 

kerakli asbob-uskunalar deyarli ishlab chiqarilmadi;

 

-



 

kimyo  sohasining  rivojlanishida  yirik  korxonalarga  afzallik  berilishi  respublikadagi 

ekologik vaziyatni juda yomonlashtirib yubordi;

 

-



 

yirik  kimyo  korxonalari  nitron, atsetat,  kaprolaktam  singari  dastlabki  qayta  ishlangan 

mahsulotlar  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashib,  ularning  mahsulotlari  ham,  asosan,  respublikadan 

tashqariga chiqarishga mo’ljallandi.

 

Istiqlol yillarida mamlakatimiz rahbari tomonidan O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini 



ta‘minlashga  alohida  e‘tibor  qaratilib,  bu  boradagi  strategiyaga  quyidagi  yondashuvlar  asos 

qilindi:


 

-

 



mintaqamiz  taraqqiyotining  tarixiy  asoslari,  oqilona  mantiq  e‘tiborga  olinmay, 

ma‘muriy-buyruqbozlik  usullari  tazyiqi  ostida  shakllangan  qarashlarning  hammasiga  barham 

berilishi kerak;

 

-



 

mintaqamiz  taraqqiyotining  istiqbollariga,  avvalo,  respublika  aholisining  manfaati 

nuqtai nazaridan qaramoq kerak.

 

Respublikani  iqtisodiy  mustaqillik  yo’liga  o’tkazish,  uni  inqiroz  girdobidan  olib  chiqish 



vazifalarini hal etishda mamlakatning ichki resurslari va imkoniyatlariga baho berishga mutlaqo 

yangicha yondashish zarurligi ta‘kidlandi.

 



Iqtisodiy  islohotlarning  dastlabki  bosqichida  asosiy  e‘tibor  mustaqil  davlatning  amal 

qilishini  ta‘minlovchi  infratuzilmani  yaratish,  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishning  qonunchilik 

asoslarini  shakllantirish,  narxlarni  erkinlashtirish,  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 

xususiylashtirish,  inflyatsiyaga  qarshi  kurash  va  aholini  ijtimoiy  himoyalash  masalalariga 

qaratildi.

 

Ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  O’zbekistonda  davlat  suverenitetining 



iqtisodiy  asosi  sifatida  belgilandi.  Bu  yo’lni  shakllantirish  uchun  iqtisodiyotni  tubdan  isloh 

qilishga kirishildi. Bunda, avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlariga e‘tibor 

qaratildi:

 

-



 

ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, milliy 

boyliklarning o’sishi, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib sharo itni ta‘minlaydigan 

kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim yaratish; 

-

 

ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkka munosabatni o’zgartirish, 



tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama o’sishi uchun asos bo’ladigan xususiy 

mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini ta‘minlash;

 

-

 



korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo’jalik ishlariga 

davlatning to’g’ridan-to’g’ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma‘muriy-

buyruqbozlik usullariga barham berish, iqtisodiy vositalar va rag’batlantirishni keng qo’llash;

 

-



 

moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish, raqobatbardosh tayyor 

mahsulotlar ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyoti tizimiga kirib borishni ta‘minlaydigan chuqur 

iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirish;

 

-

 



iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab 

chiqarish;

 

-

 



jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilish;

 

-



 

yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, aholining dunyoqarashini o’zgartirish, har 

bir kishiga o’z mehnati samarasidan bahramand bo’lish imkoniyatini yaratish.

 

Bozor  iqtisodiyotiga  bosqichma-bosqich  o’tish  bozorning  ko’p  bo’g’inli  infratuzilmasini 



yaratishni talab qiladi. Chunki muayyan infratuzilmaga ega bo’lmasdan bozor mexanizmlari to’liq 

ishlay olmaydi.  Infratuzilma bu  - xalq xo’jaligi faoliyatini ta‘minlash uchun turli tuman xizmat 

ko’rsatuvchi tarmoqlar kompleksi: transport, aloqa, savdo, moddiy-texnika ta‘minoti, suv bilan 

ta‘minlash, fan, maorif, sog’liqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish va boshqalarni o’z ichiga 

oladi. Asosiy ishlab chiqarish infrastrukturasi  – elektr ta‘minoti, transport, yo’l, ombor xo’jaligi 

va aloqa tarmoqlari hisoblanadi.

 

O’tish davrida bozor infratuzilmasini shakllantirish va kengaytirish borasida ko’plab amaliy 



tadbirlar amalga oshirildi. Tovar va xom ashyo bozorida xizmat qiluvchi tovarlar va xom ashyo 

birjalari,  biznes-inkubator,  auditorlik  va  konsalting  firmalari,  ko’plab  savdo  uylari,  auksionlar, 

tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari 

tashkil  etildi.  Bu  sohadagi  dastlabki  qadam  mahsulot  yetkazib  berishga  majburiy  davlat 

buyurtmasining tugatilishi bo’ldi. Davlat buyurtmasi tugatilgach, tovar resurslarini markazlashgan 

tartibda  taqsimlashga  mutasaddi  ta‘minot  tashkilotlari  ham  tugatildi.  Ularning  o’rniga  tovarlar 

bozorini  shakllantiruvchi  birjalar  tizimi  tashkil  etildi.  O’zbekistonda  1991  yilning  avgustidan 

"O’zbekiston"  respublika  universal  agrosanoat  birjasi,  "O’zulgurjibirjasavdo"  (1994  yil,  mart), 

"Toshkent  Respublika  tovar-xom  ashyo  birjasi  (1994  yil,  8  aprel)  va  boshqa  birjalar  faoliyati 

yo’lga qo’yildi.

 

Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu 



bois  iqtisodiy  faoliyat  uchun  zarur  bo’lgan  axborotlar,  xabarlar  va  ma‘lumotlarni  to’plovchi, 

umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi.

 

Xo’jalik  yurituvchi  subyektlarni  moliya-kredit  munosabatlariga  xizmat  qiluvchi 



infratuzilma  yangi  bank  tizimi,  o’z-o’zini  kreditlash  idoralari,  sug’urta  kompaniyalari,  moliya 

kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg’armalari yaratildi.

 

Respublikamizda  tadbirkorlar  va  aholini  ro’y  berishi  mumkin  bo’lgan  turli  zararlardan 



himoya qiluvchi sug’urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat 


qiluvchi  "O’zbekinvest"  (1994  yil  13  aprel),  "O’zagrosug’urta"  (1997  yil  25  fevral),  "Kafolat 

(1997  yil 14 mart) kabi uchta yirik sug’urta kompaniyasi tashkil etildi. Prezident  farmoni bilan 

2002 yil 1 fevralidan boshlab sug’urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig’idan ozod 

qilinishi mamlakatimizda sug’urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qildi.

 

Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  mulkchilik  shakllari,  ko’p  ukladli  aralash  iqtisodiyot 



tuzilmalarining xilma-xilligiga asoslanadi. Bu raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch 

ekanligi, u kup sonli bozor subyektlarini talab qilishi bilan izohlanadi. Shunga ko’ra, O’z Rning 

"Mulkchilik  to’g’risida"gi  Qonunida  mamlakatimizda  mulkchilikping  qanday  shakllari  amal 

qilishi  aniq  belgilab  berildi.  Shuningdek,  O’zbekistonda  mulkchilikning  barcha  shakllari  teng 

huquqli ekanligi Konstitusiyada ham belgilab qo’yildi.

 

Mustaqil  taraqqiyot  yo’liga  o’tgan  mamlakatimiz  iqtisodiyotida  muhim  tarkibiy 



o’zgarishlarni amalga oshirishda investitsiya faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi.

 

Samarali  investitsiya  siyosatining  amalga  oshirilishi  iqtisodiy  rivojlanishning  turli 



bosqichlaridagi ustuvor yo’nalish va mexanizmlarni o’zgartirdi.

 

Iqtisodiy  islohotlarning  birinchi  bosqichi (1991-1995  yillar)da  YAIM  hajmining  kamayib 



ketishi,  milliy  valyuta  devalvatsiyasi  va  inflyatsiya  o’sib  borishi,  rivojlanishda  yuqori  darajada 

beqarorlik kuzatildi. Investitsiya hajmi va ko’lami qisqarib, bunday holatda xorijiy investitsiyalar 

ulushining  katta  qismi  turli  grantlardan  iborat  bo’lib,  to’g’ridan-to’g’ri  investitsiyalar  deyarli 

mavjud emas edi.

 

Respublika  byudjet  mablag’larining  investitsiya  qilingan  asosiy  qismi  (95  foiz)  davlat 



sektoriga,  iqtisodiyotning  ustuvor  rivojlanish  sohalariga,  strategik  muhim  obyektlarni  qurishga 

yo’naltirildi.  Shuningdek,  respublika  byudjeti  xarajatlar  qismining  salmoqli  ulushi  (57,3 

foizgacha)  kadrlar  tayyorlash,  qishloq  infratuzilmasini  rivojlantirish,  qishloq  aholisini  toza 

ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash kabi davlat dasturlariga ajratildi. Davlat nazorati ostida 

iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizlikni ta‘minlashga xizmat qiluvchi muhim tarmoqlar moliyalashtirildi.

 

Iqtisodiyotni,  shu  jumladan,  narx  tashkil  etishni  erkinlashtirish,  davlat  mulkini 



xususiylashtirish,  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  rivojlantirish  va  iqtisodiyotga  davlat  aralashuvini 

cheklash  islohotlarning  asosiy  yo’nalishlariga  aylandi.  Mustaqil  taraqqiyot  davrining  dastlabki 

pallasidagi investitsiya jarayonlarida quyidagi masalalar hal etildi:

 

-



 

amalga  oshirilayotgan  investitsiya  hajmining  qisqarib  ketishiga  barham  berish  va 

barqarorlashtirish;

 

-



 

investitsiya jarayonlarini davlat byudjeti orqali moliyalashtirishni qisqartirish; 

 

-

 



davlat kafolati ostida xorijiy investitsiyalarni jalb etish;

 

-



 

investitsiya jarayonlariga mamlakat aholisi va tijorat banklarini keng jalb etish.

 

O’z  R  qator  davlatlar  va  xorijiy  shaxslar  o’rtasida  investitsiya  bahslarini  hal  etish  tartibi 



to’g’isidagi  Vashington  konvensiyasiga,  investitsiyalar  kafolati  bo’yicha  Seul  konvensiyasiga 

qo’shildi,  Xalqaro  valyuta  jamg’armasi,  Jahon  bankiga  a‘zo  bo’ldi,  Jahon  savdo  tashkilotiga 

kuzatuvchi  sifatida  qabul  qilindi.  Bir  qancha  hukumatlararo  investitsiyalarni  himoya  qilish  va  

rag’batlantirish, ikkiyoqlama soliq solmaslik kabi kelishuvlarni imzoladi.

 

1996  yildan  boshlab  korxona  va  tashkilotlar  investitsiya  faoliyatini  jadallashtirish  uchun 



iqtisodiyotda  tarkibiy  o’zgarishlar  amalga  oshirildi.  Xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilishni 

kengaytirish uchun har yili Investitsiya dasturi ishlab chiqilib, qabul qilina boshladi.

 

Iqtisodiy  islohotlarning  ikkinchi  bosqichida  investitsiya  siyosatining  asosiy  natijalari 



quyidagilar bo’ldi:

 

-



 

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo’lib Asaka shahrida avtomobil zavodi

 

qurildi;


 

-

 



Nukus, Ellikqala, Samarkand va Namanganda yirik to’qimachilik majmualari 

foydalanishga topshirildi;

 

-

 



Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus va G’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on yangi 

temir yo’l liniyalari kurildi;

 

-

 



Toshkent-Andijon avtomobil yo’lining Qamchiq dovonidan o’tadigan qismi 

rekonstruksiya qilindi.

 



Bu  davrda  zamonaviy  "O’zDEUavto"  zavodining  ishga  tushirilishi bilan  avtomobilsozlik 

sanoati tashkil etildi, bu esa iqtisodiyotni tarkibiy qayta o’zgartirilishining asosiy yakuni bo’ldi.

 

"SamKochavto" (avtobuslar ishlab chiqarish), "Kabul-O’zbekKo" (paxta tolasini qayta ishlash), 



"O’zSamsung  Elektroniks  (maishiy  elektron  apparatura),  "Nestle  O’zbekiston"  (oziq-ovqat 

mahsulotlari, ichimliklar), "Olgin Deri",  "Shark-teks",  "Supertekstil" to’qimachilik mahsulotlari 

ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi qo’shma korxonalar ishga tushirildi.

 

Iqtisodiy islohotlarning uchinchi bosqichi (2004-2011  yillar)da YAIM barqaror suratlarda 



o’sdi va 7 foizdan ortiqni tashkil etdi. Asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar 2006 yildan 

boshlab ortib bordi va 2008 yilda deyarli 30 foizga oshdi.

 

Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O’z R Prezidentining "To’g’ridan-to’g’ri xususiy 



xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etishni  rag’batlantirish  borasidagi  qo’shimcha  chora-tadbirlar 

to’g’risida"gi  (11.04.2005),  "To’g’ridan-to’g’ri  xususiy  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etishni 

rag’batlantirish  borasidagi  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risidagi  (21.07.2005),  "O’z  R 

Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini tashkil etish to’g’risida"gi (02.05.2006), "Navoiy viloyatida 

erkin  iqtisodiy-industrial  hududni  tashkil  etish  to’g’risida"gi  (02.12.2008),  "Kichik  biznes  va 

xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga 

doir  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida"gi  (24.08.2011),  "To’g’ridan-to’g’ri  xorijiy 

investitsiyalar  jalb  etilishini  rag’batlantirishga  oid  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida''gi 

(10.04.2012),  "Angren  maxsus  industrial  hududini  tashkil  etish  to’g’risida"gi  (13.04.2012) 

farmonlari  va  bir  qancha  qarorlar  qabul  qilindi.  Jahon  moliyaviy  iqtisodiy  inqirozi  sharoitida 

investitsiyalarning  barqaror  o’sishi  O’zbekiston  iqtisodiyotining  barqarorligi,  tashqi  inqirozlar 

ta‘sirini  minimallashtirish  imkoniyatiga  nisbatan  xorijiy  investorlarning  ishonchi  yuqoriligidan 

dalolat beradi. Chunonchi, to’g’ridan to’g’ri chet el investitsiyalari 2011 yili 2003 yilga nisbatan 

8 barobarga ko’paydi.

 

Islohotlarning  uchinchi  bosqichida  bir  qator  yirik  investitsiya  loyihalari  muvaffaqiyatli 



amalga  oshirildi.  Jumladan,  Sho’rtan  gaz-kimyo  majmuasi  ishga  tushirildi,  Navoiy  shahridagi 

aeroport  rekonstruksiyasi  yakunlandi,  "Toshg’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on"  temir  yo’li  ishga 

tushirildi, Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinati rekonstruksiya qilindi, Rezaksoy suv ombori 

qurilishi tugatildi.

 

Xalqaro  kuzatuvchilar  O’zbekistonning  investitsion  faolligi  va  rivojlanish  yo’li  to’g’ri 



ekanini e‘tirof etdilar. Islohotlarni amalga oshirish qiyinchiliklari va har bir bosqichning o’ziga 

xosligiga  qaramasdan,  O’zbekiston  MDH  davlatlari  orasida  yaxshi  ko’rsatkichlarga  erishdi. 

Mamlakatimizda investitsiya hajmi bo’yicha boshqa MDH davlatlari kabi keskin pasayishlar ro’y 

bermadi. O’zbekiston MDH davlatlari ichida 1995 yildan beri investitsiya hajmi indeksi salbiy 

mikdorni ko’rsatmagan yagona davlat bo’lib qoldi.

 

Mustaqillikka  erishish  arafasida  va  mustaqil  taraqqiyotning  dastlabki  yillarida 



iqtisodiyotimizda jiddiy tarkibiy deformatsiyalar mavjud bo’lib, ular orasida sanoatning haddan 

ortiq tarzda xom ashyoga yo’naltirilgani katta salbiy ta‘sirga ega edi.

 

O’zbekiston oldida ishlab chiqarishning iqtisodiy tarkibini tubdan qayta qurish, xom ashyo 



va qayta ishlovchi sohalar o’rtasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish, jahon xo’jaligiga kirib 

borishga qodir bo’lgan diversifikatsiyalashgan sanoat kompleksini shakllantirish vazifasi turardi.

 

Shuni  ta‘kidlash  kerakki,  iqtisodiyotning  asosiy  sohalari  bo’lgan  energetika,  neft  va  gaz 



sanoati, oltin qazib olish va kimyo sanoati, qora va rangli metallurgiya korxonalari qatorida qayta 

ishlash sanoati sohalarini jadal sur‘atlar bilan rivojlantirish, qurilish materiallari ishlab chiqarishni 

yo’lga  qo’yish  asosida  mamlakatning  asosiy  tabiiy  va  mineral  xom  ashyo  resurslarini  ko’proq 

ishlab chiqarishga jalb qilish ustuvor vazifa hisoblanadi. 1999 yildan boshlab iqtisodiyotning real 

sektorida mulkchilikning yangi shakliga o’tish bo’yicha choralar amalga oshirildi. Buning uchun 

iqtisodiyotning  asosiy  sohalari  bo’lgan  yoqilg’i-energetika  majmuasi,  metallurgiya  sanoatining 

yirik  korxonalari  xususiylashtirildi.  Iqtisodiyotning  asosiy  sohalaridagi  yirik  investitsion 

loyihalarning  ro’yobga  chiqarilishi  va  yangi  qayta  ishlovchi  korxonalarning  faol  jalb  qilinishi 

iqtisodiyotdagi  o’sish  darajasining  bir  meyorda  oshishiga  imkon  yaratdi.  Sanoat  mahsulotlari 

eksportining  oshishi  hisobiga  ijobiy  to’lov  balansi  shakllandi  va  oltin-valyuta  zahiralari  oshdi. 




Valyuta bozorining liberallashtirilishi doirasida 2000 yilga qadar davlat valyuta almashtirish kursi 

va  valyuta  operatsiyalarini  qatiy  ma‘muriy  nazorat  qilish  eksport  hajmi  ko’payishi  va  chet  el 

valyutasi kirib kelishini rag’batlantirdi.

 

2008-2011-yillarda  O’zbekiston  iqtisodiyoti  jahonda  yuz  bergan  moliyaviy  inqiroz 



sharoitida rivojlandi, "iqtisodiyotimizning jahon xo’jalik va moliyaviy-iqtisodiy aloqalarga o’sib 

borayotgan  sur‘atlar  bilan  kirishib  ketayotganligini  hisobga  olganda  jahon  inqirozi,  birinchi 

navbatda, uning oqibatlari bizga salbiy ta‘sir ko’rsatdi.

 

Global moliyaviy inqirozning salbiy ta‘sirini yengib o’tish maqsadida hukumat tomonidan 



2008 yildayoq inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va qabul qilindi.

 

Dasturga  ko’ra,  birinchi  navbatda,  eksport  qiluvchi  korxonalarning  barqaror  ishlashini 



qo’llab-quvvatlash va ta‘minlash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

 

Sanoat  sektorining  jadal  o’sish  sur‘atlari  O’zbekiston  iqtisodiyotidagi  tarkibiy  qayta 



o’zgartirishlar ijobiy dinamikasini ta‘minladi. Umuman olganda, 1995-2011 yillarda sanoatning 

YAIM tarkibidagi ulushi 17,1 foizdan 24 foizgacha o’sdi.

 

Iqtisodiyotdagi  tarkibiy  qayta  o’zgartirishlar  samaradorligi  eksport  tarkibida  erishilgan 



ijobiy  siljishlar  bilan  izohlanadi.  1995-2011  yillarda  xom  ashyo  eksportining  ulushi  sezilarli 

darajada, jumladan, paxta tolasi 48,4 foizdan 9 foiztacha kamaydi. Tayyor mahsulotlar ulushi 7,1 

foizdan 34,6 foizgacha oshdi, shu jumladan, mashinalar va asbob-uskunalarning ulushi 2 foizdan 

6,7 foizgacha, to’qimachilik mahsulotlari 3,1 foizdan 9,7 foizgacha, oziq-ovqat mahsulotlari 1,7 

foizdan 13,2 foizgacha oshdi.

 

Shu  yillarda  iqtisodiyotning  sanoat  tarmog’ida  nodavlat  sektorining  roli  keskin  ravishda 



o’zgardi. Nodavlat korxonalarning sanoat subyektlarining umumiy tarkibidagi ulushi 1991 yildagi 

17 foizdan 87 foizgacha oshdi, ulardan 30 foizi xususiy korxonalardir.

 

2019  yilda  O’zbekiston  iqtisodiyotiga  jalb  qilingan  xorijiy  investitsiyalar  4,2  milliard 



dollarni  tashkil  etib,  2018  yilga  nisbatan  3,1  milliard  dollarga  yoki  3,7  barobar  o’sdi

.

 

Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi (Prezident Murojaatnomasidan. 



24.01.2020.).  Sanoatning  12  ta  yetakchi  tarmog’ida  modernizatsiyalash  va  raqobatdoshlikni 

kuchaytirish  dasturlari  jadal  amalga  oshirila  boshlandi.  Natijada  2019  yilda  iqtisodiy  o’sish  5,6 

foizni  tashkil  etdi.  Sanoat  mahsuloti  ishlab  chiqarish  hajmi  6,6  foizga,  eksport  –  28  foizga 

ko’paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard 

dollarga yetdi.

 

Mustaqillik  yillarida  O’zbekistonda  chuqur  tarkibiy  o’zgarishlarning  amalga  oshirilishi 



natijasida  respublikaning  yonilg’i-energetika  resurslariga  bo’lgan  ehtiyoji  o’zi  hisobidan  to’la 

ta‘minlandi.  Istiqlol  davrida  iqtisodiyotda  yangi  tarmoqlar  avtomobilsozlik,  sellyuloza-qog’oz, 

qand-shakar,  farmatsevtika  va  boshqa  tarmoqlar  vujudga  keldi.  Respublika  sanoatida  yuksak 

texnologiyaga  asoslangan  va  istiqbolli  tarmoqlarning,  yani  mashinasozlik,  yoqilg’i-energetika, 

kimyo  va  yengil  sanoat  kabilarning  hissasi  ortib  bordi.  O’zbekiston  iqtisodiyotining  tarmoq 

tuzilishini o’zgartirishda yangi neft konlari (Mingbuloq va Ko’kdumaloq)ning ishga tushirilishi, 

Buxoro  neftni  qayta  ishlash  zavodining  qurilishi,  Yangi  Angren  va  Tolimarjon  GRESlari 

qurilishining jadallashtirilishi, metall ishlab chiqarilishining ko’paytirilishi muhim ahamiyatga ega 

bo’ldi.  Respublikamiz  uchun  tamomila  yangi  bo’lgan  avtomobilsozlik  sanoatining  vujudga 

keltirilishi  oqibatida  Avtotransport  ishlab  chiqaruvchilar  xalqaro  tashkilotining  33-to’laqonli 

a‘zosi sifatida qabul qilindi.

 

Biz  tanlagan  islohotlar  modelining  to’g’ri  ekanligi  va  xalqimizning  manfaatlariga  to’liq 



javob  berayotganini  keyingi  yillarda  iqtisodiyotimizning  barqaror  sur‘atlar  bilan  o’sib,  yangi 

marralarga  ko’tarilib  borayotgani  orqali  ko’rish  mumkin.  O’zbekistonda  1996  yildan  boshlab 

iqtisodiy  o’sish  ta‘minlanib,  uning  sur‘atlari  2001-2003  yillarda  o’rtacha  4%  dan,  2004-2006 

yillarda 7% dan, 2007 yildan buyon o’rtacha 8-9% dan yuqori bo’lib kelmoqda.

 

Mustaqillik  davrida  respublikamizning  tashqi  iqtisodiy  faoliyati  yangicha  mazmun  va 



yo’nalishlarda  deyarli  qaytadan  tashkil  etildi.  Ma‘lumotlarga  ko’ra,  O’zbekistonda  xorijiy 

mamlakatlar  bilan  hamkorlikda  tashkil  etilgan  xorijiy  investitsiya  ishtirokidagi  korxonalar  soni 

1991  yil  1  yanvar  holatiga  atigi  30  tani  tashkil  etar  edi.  2014  yilning  boshiga  kelib  bunday 



korxonalar soni 4,7 mingtadan oshib ketdi, ya‘ni 156 baravardan ziyod o’sdi. Agar tashqi savdo 

aylanmasi  1995  yilda  6,6  mlrd.  AQSH  dollari  hajmini  tashkil  etgan  bo’lsa,  2013  yilda  bu 

ko’rsatkich 4,4 baravar o’sib, 28,9 mln. AQSH dollari hajmiga yetdi.

 

O’zbekiston  Prezidentining  Parlamentga  Murojaatnomasida  (22.12.2017)  keltirilishicha, 



2017 yilda Xalqaro valyuta fondi ma‘lumotlariga ko’ra, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi 

ichki mahsulot hajmi bo’yicha O’zbekiston dunyo reytingida 187 mamlakat o’rtasida 134-o’rinda 

turgan edi.

 

2017  yilda  yurtimizda  gaz  ishlab  chiqarish  hajmi  56,5  milliard  kub  metrni  tashkil  etdi. 



Ammo mazkur soha yillar davomida modernizatsiya qilinmagani tufayli yo’qotish  miqdori juda 

katta – 20-23 foizni tashkil etgan.

 

Mamlakatimizda  asosiy  energiya  resurslarining  narxi  past  bo’lib  qolayotgani  bozor 



iqtisodiyoti  sharoitida  o’zini  oqlamasligi  hammamiz  yaxshi  tushunamiz.  Masalan,  2017  yilda 

O’zbekistonda aholi va sanoat korxonalari uchun 1 megavatt soat elektr energiyaning narxi 25 

AQSH dollarini tashkil etadi. Germaniyada esa bu narx aholi uchun – 332 dollar, korxonalar uchun 

– 144 dollardan iborat. Rossiyada tegishlicha 47 va 51 dollarni, Hindistonda 68 va 87 dollarni 

tashkil  etadi.  Shuningdek,  1000  kub  metr  tabiiy  gazning  narxi  O’zbekistonda  32,9  dollar, 

Shvetsiyada  1552,  Portugaliyada  1132  dollardan  ziyod,  Italiyada  1045,  Germaniyada  785 

dollardan, Angliyada esa 770 dollardan ortiqni tashkil etadi. Bu raqam Rossiyada 83 dollardan, 

Qozog’istonda 45 dollardan ziyoddir.

 

Ko’rinib turibdiki, bizda energiya va tabiiy gaz resurslari rivojlangan davlatlarga nisbatan 



bir necha barobar arzon. Lekin resurslardan oqilona foydalanish yo’qligi natijasida tannarxning 

pasayishiga, mahsulot hajmi o’sishiga erishish qiyin bo’lmoqda.

 

So’nggi yillarda iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish hamda aholini ish bilan ta‘minlashni 



yaxshilashda  mamlakatimizning  barcha  hududlarida  kichik  sanoat  zonalar  va  erkin  iqtisodiy 

zonalarining tashkil etilishi  muhim ahamiyat kasb etdi. O’tgan qisqa davr mobaynida ... tashkil 

etildi

 

Sirdaryo  viloyatining  Yangiyer  shahrida  (30.03.2017),  Surxondaryo  viloyatida 



(29.03.2018),  Qashqadaryo  viloyatida  (29.03.2018),  Toshkent  shahrida  (18.05.2017),  Toshkent 

viloyatida  (10.08.2017),  Navoiy  viloyatida  (05.06.2018),  Namangan  viloyatida  (02.07.2018)  va 

Buxoro viloyatida (11.10.2018) kichik sanoat zonalari, «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», 

«Sirdaryo-farm»,  «Boysun-farm»,  «Bo’stonliq-farm»  va  «Parkent-farm»  (03.05.2017), 

«Sirdaryo»  (12.04.2018),  «Buxoro-agro»  (11.07.2018),  «Namangan»  (21.08.2018),  «Urgut», 

«G’ijduvon»,  «Qo’qon»,  «Hazorasp»  (12.01.2017)  va  «Chiroqchi»  erkin  iqtisodiy  zonalari 

(13.09.2019) tashkil etildi. 

2017  yilgi  Jahon  bankining  hisobotiga  ko’ra,  eksport-import  hujjatlarini  rasmiylashtirish 

bo’yicha  O’zbekiston  190  ta  davlat  orasida  175-o’rinda  turgani  achinarli,  albatta.  Aytaylik, 

bojxona  hujjatlarini  rasmiylashtirish  uchun  Belgiyada  1  soat  kifoya  qilsa,  bizda  bunga  1  oylab 

muddat sarflangan.

 

2018  yilga  Faol  tadbirkorlik,  innovatsion  g’oyalar  va  texnologiyalarni  qo’llab-quvvatlash 



yili,  deb  nom  berilishi munosabati  bilan barcha  tadbirkorlik  subyektlarining  moliyaviy-xo’jalik 

faoliyatini tekshirishga 2 yillik (2018-2019) maratoriy joriy qilindi.

 

2017  yilda  mamlakatimizda  qisqa  muddatda  161  ta  yirik  sanoat  obyekti  ishga  tushirildi. 



Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida bug’-gaz qurilmasi barpo etildi. Bu esa qo’shimcha 

ravishda  2,5  milliard  kilovatt  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarish  imkonini  beradi.  Shuningdek, 

Navoiy  issiqlik  elektr  stansiyasida  ikkinchi  bug’-gaz  qurilmasi,  Qizilqum  bag’ridagi  Avminzo-

Amantoy oltin konlari negizida gidrometallurgiya zavodi qurish bo’yicha ishlar davom ettirildi. 

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan Yoshlik – 1, Yoshlik – 2 konlarini o’zlashtirishga 

kirishildi. Sardoba, Markaziy Farg’ona va To’palang suv omborlarini qurish bo’yicha ishlar jadal 

davom ettirildi.

 

Milliy  valyutamizni  erkin  konvertatsiya  qilina  boshlandi  va  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 



xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bo’ldi.

 



2017  yilda  mamlakatimizda 12  ta  erkin  iqtisodiy  va  45  ta  sanoat  zonasi  faoliyati  yo’lga 

qo’yildi. Shular hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish o’rinlari tashkil etildi

 

Eng  muhimi,  mamlakatimiz  iqtisodiy  siyosatida  noreal  raqamlar  ortidan  quvish,  amalga 



oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma‘qul ish uslubi tanqidiy qayta 

ko’rib chiqildi. Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning 

bosh maqsadi etib belgilandi.

 

Qandim gazni qayta ishlash kompleksi ishga tushirilishi hisobidan 2018 yilda qo’shimcha 



ravishda  4  milliard  100  million  kub  metr  tabiiy  gazni  qayta  ishlash,  67  ming  tonnadan  ziyod 

kondensat, 106 ming tonnadan ortiq oltingugurt ishlab chiqarish imkoni yaratildi.

 

Ayni shu asosda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy 



o’sish  sur‘atlari  5,5  foizni  tashkil  etdi,  eksport  hajmi  qariyb  15  foizga  ko’paydi.  Tashqi  savdo 

aylanmasining ijobiy saldosi 854 million dollarga yetdi.

 

O’zbekiston  iqtisodiyotining  lokomotivlaridan  biri  bo’lgan  Muborak  gazni  qayta  ishlash 



zavodida  2018  yili  qo’shimcha  ravishda  6  milliard  kub  metr  tabiiy  gazni  oltingugurtdan 

tozalaydigan bloklar to’liq faoliyatini boshladi. O’zagrotex-sanoatxolding aksiyadorlik jamiyatida 

2018 yilda 5 mingdan ko’proq zamonaviy traktorlar, mingdan ziyod paxta terish mashinasi va 2 

mingdan ortiq pritseplar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.

 

Prezident  Murojaatnomasi  (28.12.2018)da  aytilishicha,  davlat  aktivlari  tartibsiz 



boshqarilayotgani ham samaradorlikka salbiy ta‘sir ko’rsatmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda 972 ta 

davlat korxonasi aktivlarining atigi 21 foizi Davlat raqobat qo’mitasi tomonidan, qolgan 79 foizi 

vazirlik va idoralar hamda xo’jalik birlashmalari tomonidan boshqarilmoqda.

 

Bunday  yondashuv  so’nggi  27  yil  davomida  davlat  korxonalarini  qanday  ahvolga  olib 



kelgani hech kimga sir emas. Aviasozlik sanoati kabi butun bir soha yo’q bo’lib ketdi.

 

Bu  borada  birinchi  qadam  sifatida  2018  yil  O’zbekenergo  va  O’zbekiston  havo  yo’llari 



tizimi tubdan isloh qilindi.

 

Iqtisodiyotdagi  tizimli  o’zgarishlar  natijasida  yalpi  ichki  mahsulot  tarkibida  sanoatning 



ulushi 2018 yilda 35 foizni tashkil etgan bo’lsa 2019 yilda bu ko’rsatkich 37 foizga oshirildi.

 

Islohotlarimiz natijasida 2019 yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko’p 



yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.

 

O’zbekiston  Jahon  bankining  2019  yilgi  Biznes  yuritish  reytingida  7  pog’ona  ko’tarilib, 



biznesni ro’yxatga olish ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o’rinni egalladi 

va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldi.  

Prezident  Murojaatnomasida  (2020  yil  24  yanvar)  2020  yilda  23  milliard  dollarlik 

investitsiyalar  o’zlashtirilishi  hamda  206  ta  yangi  yirik  quvvatlar  ishga  tushirilishi,  jumladan, 

SHo’rtan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq yoqilg’i, Navoiyazot aksiyadorlik jamiyatida azot 

kislotasi,  ammiak  va  karbamid  ishlab  chiqarish  quvvatlari  barpo  etilishi,  Yangi  Toshkent 

metallurgiya  zavodi,  Toshkent  metrosining  Sirg’ali  tarmog’i,  yer  usti  halqa  yo’lining  birinchi 

bosqichi ishga tushirilishi ma‘lum qilingan edi. 2020 yil bahoridan butun dunyo va malakatimizda 

joriy qilingan karantin chora-tadbirlariga qaramasdan bu tadbirlarning aksariyati amalga oshirildi.

 

2020  yil  4  dekabrda  Toshkent  shahrining  Yangihayot  tumanida  barpo  etilgan  Toshkent 



metallurgiya zavodi ishga tushilirdi. Mazkur zavodni barpo etish 2017 yil fevralda boshlangan edi. 

Qurilish ishlariga 420 million dollar sarflangan. Ushbu majmua O’zbekiston iqtisodiyotida muhim 

ahamiyatga ega bo’ladi. Yangi korxonada yiliga 500 ming tonna rux va polimer qoplamali metall 

listlar ishlab chiqariladi. Ilgari bunday mahsulotlar asosan chetdan olib kelingan. Zavodda import 

o’rnini  bosuvchi  tovarlar  ishlab  chiqarilib,  iqtisodiyotda  mahalliylashtirish  darajasi  sezilarli 

oshadi.  Shuningdek,  yiliga  90  million  dollarlik  mahsulot  eksport  qilinishi  rejalashtirilgan. 

Majmuada 700ga yaqin kishi ish bilan ta‘minlandi. Turdosh tarmoqlar bilan birga 5 mingta yangi 

ish o’rni yaratildi.

 

 

 





Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə