6-mavzu. Marketing strategiyаsini mavjud vaziyаtga moslashtirish


Yangi tarmoqlarda raqobat strategiyasi



Yüklə 30,9 Kb.
səhifə2/5
tarix11.12.2023
ölçüsü30,9 Kb.
#147450
1   2   3   4   5
6 мавзу

6.2. Yangi tarmoqlarda raqobat strategiyasi

Yangi tarmoq - bu «oyokka turish»ning ilk bosqichida bo’lgantarmoq. Yangi tarmoqlar strategiyani ishlab chikuvchilar oldiga aloxida muammolar kuyadi. Ular quyidagilar:


- yangi bozor yaxshi o’rganilmaganligi, statistiq ma’lumotlar yetarli bo’lmaganligi uchun uning kelajakdagi rivojlanish tendentsiyalarini aniq belgilash imkoniyati bo’lmaydi;
- nou-xoularning ko’p qismi patentlangan bo’lib, astoydil qo’riqlanadi, shuning uchun ulardan foydalanish imkoniyati bo’lmaydi;
- raqobat kurashida texnologiyalarning kaysinisi yutib chiqishi va kaysi tovarlar xaridorlarga ma’kul kelishi xaqida bir xil fikrga kelish kiyin bo’ladi;
- xar bir korxona o’zining texnologiyasini, tovar turini va mahsulotni tarkatishga bo’lgan strategik yondoshuvini istemolchilarga tan oldirishga xarakat qiladi;
- ishlab chiqarish xajmlarining o’sishi bilan tajribaning egri chizigi samarasi ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada pasaytiradi;
- korxonalar o’z raqobatchilari xaqidagi ma’lumotlarni yetishmasligini doim xis qiladilar;
- ko’p xollarda korxonalarda xom ashyo va materiallar bilan ta’minlaydigan ishonchli ta’minotchilarni kidirish muammolari yo’zaga keladi;
- juda ko’p kompaniyalar pul mablaglarini yetishmasligini xis qiladilar va rakib korxonalarga kushilib ketadilar yoki ularni sotib oladilar.
Yangi tarmoqda biznes qilishning eng muxim strategik muammolaridan biri shuki, unda doimo tavakkalchilik qilish va imkoniyatlarni baholab berish talab etiladi. Yangi tarmoqda muvaffakiyatga erishish uchun bir qancha tavsiyalarga amal qilish zarur bo’ladi.
Tavsiyalar:
1. Tavakkalchilik qilib va yaratuvchilikning dadil strategiyasidan foydalanib ilgorlik uchun kurashishga birinchi bosqichda galabaga erishishga xarakat qiling
2. Texnologik jarayonni takomillashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash tashabbuslarini faol kullab-kuvvatlang.
3. «Qaldirgochlik»ning xar kanday ustunliklaridan foydalanishga xarakat qiling.
4. Yangi istemol segmentlarini, tovarni istemolchilarga yetkazib berishning yangi vositalarini kidiring, faoliyatning geografik chegaralarini kengaytiring.
5. Reklamada asosiy urguni xaridorlarni tovar bilan tanishtirishdan asta-sekin ularda korxona va tovar markasi xaqida yaxshi fikr paydo qilishga kuchiring.
6. Texnologik o’zgarishlarga tez reaktsiya ko’rsating.
7.Bozorga xaridorlar guruxini jalb etish uchun narxlarni pasaytirishdan foydalaning.
8. Bozorga moliyaviy jixatdan bakuvvat autsayderlar kirishini kuting. Bu tarmoqka investitsiyalar kuyishdagi xavf kamayganda mumkin bo’ladi.
9. Kuchli raqobatchilar paydo bo’lishiga tayyorlaning.
Korxona ilgorlik uchun kurashda ilk galabadan keladigan bir dakikalik manfaatni o’zoq muddatli raqobat ustunligi va bozorda mustaxkam pozitsiya yaratish extiyoji bilan muvofiqlashtirishi zarur.



Yüklə 30,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə