6-mavzu: islom dini reja: Islom dinining vujudga kelishi va jaxon diniga aylanishi



Yüklə 76,55 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü76,55 Kb.
#159602
1   2   3   4   5
6-tema

Uhud jangi. Makka zodagonlarining boshlig’i Abu Sufyon payg’ambardan va musulmonlardan o’ch olishga qaror qiladi. U Madina vohasidagi Banu Nazir degan yahudiy qabilasi bilan yashirin til biriktirib, ulardan musulmonlar to’g’risida ma’lumotlar to’playdi. 625 yil 21 martda Uhud degan adirlikda jang bo’lganligi uchun “Uhud jangi” deyiladi. Bu jangda makkaliklardan 3000 otliq va tuya minggan askar va musulmonlardan ming kishilik lashkar Muhammad qo’mondonligida qatnashadi. Maydonga makkaliklardan pahlovon Abu Talha va madinaliklardan Bahodir Ali tushadi. Ali Talhani engadi va musulmonlar hujum boshlab makkaliklarning markazi yanchib tashlanadi. G’alaba alomatlari ko’rina boshlaganda askarlardan bir qismi makkaliklar qarorgo-hidagi o’ljalarga tashlanadi. Bularni ko’rgan kamonchilar ham o’ljaga qarab ketadilar, natijada mudofaa mavqei ochiq qoladi. Makkaliklarning 200 otliqdan iborat guruhi Hamid Ibn Valid boshchiligida musulmon qo’shinlarining o’ng qanotini osongina qirib tashlaydi. Madinaliklar chekina boshlagan paytda Muhammad boshiga urilgan qilichdan yaralanadi. Madinaliklar payg’ambami jangmaydonidan olib chiqadilar va tog’ orasiga yashiradilar. Jang maydonini aylanib chiqqan Abu Sufyon musulmonlardan o’chini olganiga qanoat hosil qilgach, ularning iziga tushib ta’qib qilmasdan orqaga, Makkaga qaytadi.
Musulmonlar tog’ oralig’idan chiqib halok bo’lganlarni yig’adilar. Payg’ambarning, ular shahid (ya’ni islom dini uchun jang qilib fidoyi bo’lganlar), shu boisdan yuvish va kafan-lashga muhtoj emas, degan hukmi asosida o’z kiyimlarida dafn qiladilar. Bu keyinchalik aylanadi. Musulmonlar shaharga qaytgach, bir necha kun motam tutadilar. Ilk manbalardagi ma’lumotlarga ko’ra, musulmonlardan 70-74 kishi, ularorasida payg’ambarning eng jangovar amakisi Hamza ham shu jangda halok bo’ldilar. Makkaliklar talofati esa 24 kishidan iborat bo’ldi.
Uhud jangidagi mag’lubiyatdan keyin Madinada bir oz kelishmovchilik, payg’ambarni ayblash bo’lib o’tadi, ammo umuman Muhammadning obro’siga putur etmagan. Dushman bilan til biriktirganiva payg’ambar, uning safdoshlariga suiqasd uyushtirgani uchun Banu Nazir yahudiy qabilasi bilan urush olib boriladi hamda 625 yilning sentyabrida bu qabila ko’chirib yuboriladi.
Ularning erlariga musulmonlar ко’chib kelib joylashadi. Bu vaqtdan keyin musulmonlar bilan yahudiylar murosasi yomonlashadi. Banu Nazir qabilasi bilan urush bo’lib turgan vaqtda bir necha musulmon qaerdandir ichkilik topib ichishadi va kayf qilib, o’zaro janjallashadilar. Shu munosabat bilan Qur’onning 5-Modda surasidagi 90-oyatda aroq va boshqa kayf qiladigan ichkilik harom, deb ko’rsatilgan. Shuni ham aytib o’tish kerakki, ichkilikni Qur’onda birdaniga harom deyilgan emas. Avval, Makka davrida kayf qiladigan ichimlik Xudo bergan rizq (musallas uchun) kunjut, zaytun yog’ini siqib olish kabi Allohning ne’matlaridan deyilgan (12-sura 49-oyat).
Madinaga xijrat qilingach, oradan ko’p o’tmay, maydan ma’lum foyda ham bor, lekin uning foydasidan zarari ko’proq deyilgan (2-sura 219-oyat). Payg’ambarning yaqin safdosh-laridan biri Amir Ibn Avf (Uhud jangidan so’ng) kayf bilan namozga kirib, Qur’on surasini buzib o’qiydi. 4-sura 43-oyatdagi “kayf holatingizda namozga yaqinlashmangiz”, degan ko’rsatma ana shu hodisa bilan bog’liq hisoblanadi.
Ichkilikbozlikning musulmonchilikka zid, ahloq-odobga xilof, jamiyatga zararli ekanligini yodda saqlamoq darkor, buni bizga Rasulullohimiz aytib ketganlar.
Uhud jangidan keyin Muhammad payg’ambar rahbarligida atroflardagi badaviy arablari musulmonlikka dohil qilindi, jamoa mustahkamlandi. Payg’ambarimiz diniy rahbar, bosh imom ham harbiy qo’mondon (lashkarboshi), ham ma’muriy rahbar sifatida hamma tan olgan buyuk shaxsga aylandi.
Hijratdan keyingi o’tgan 3 yil ichida huquqiy va ahloqiy munosabatlami takomillashtirishga qator karor va qonunlar kiritiladi va ular keyinchalik islom shariatida mustahkam o’rin egallaydi. 625 yilning oxiri 626 yilning boshlarida vahiy qilingan 4-surada oila, nikoh, vorislik, etim-esirlar huquqi kabi 2-suradagi (Uhud, jangidan keyin) masalalar yanada batafsilroq aytib o’tilgan. Mukammal yangi qonun-qoidalar (4-suraning 1-39, 127-130-oyatlar), shuningdek jihod urushlarida ishtirok etish, shahidlar va ularning oilalari haqidagi qoidalar vahiy etilgan (4-suraning 71-104-oyatlari).
Shuningdek, Badr va Uhud janglarida, oraliqdagi 10 dan ortiq mayda to’qnashuvlarda, jami 180 dan ortiq kishi halok bo’lgan edi.
Ulardan qolgan tul xotinlaru etim bolalarning turmushi va ta’minoti masalasi paydo bo’lgandi. Etimlar va bevalami boqish, tarbiyalash maqsadida to’rttagacha xotin olishga ruxsat etilgan. Lekin ularga teng qaray olmagan kishi bo’lsa bitta xotin olsin, hatto o’z cho’risiga uylansin, deyishning mohiyatida shahvatparastlik emas, balki vujudga kelgan murakkab ijtimoiy, huquqiy va ahloqiy muammolami hal qilish zaruriyati yotadi.
Bu masalada musulmonlarga ibrat bo’lish uchun payg’ambarning o’zi Uhud jangida yaralanib, keyin vafot etgan yaqin safdoshi Abu Salama ibn Abdul Asadning xotini Ulima Salamaga 626 yilning mart oyida uylanadi va uning etim qolgan ikki o’g’ilchasini o’z tarbiyasiga oladi.
Feodalizm sharoitida o’rta asrlar musulmon mamlakatlarida diniy mutaassiblik kuchayadi, ilk islomga xos demok-ratik va insonparvarlik g’oyalarining mazmuni unutiladi, boylar va hokimlar uchun etimlarga g’amxo’rlik emas, balki shuhratparastlik va shahvatparastlik tuyg’ulari hamda oilaning mol-mulkini ko’paytirish, o’z manfaat, huquqlarini kuchaytirish kerak edi. Lekin bu mohiyatan ilk islomga xos ahloqiy tamoyillarni qo’pol buzish bo’ldi.
Xandak jangi va Xudaybiya ahdnomasi. 627 yilning mart-aprel oylarida yuz bergan “Xandak jangi” islom tarixida muhim rol o’ynadi. Makkada Abu Sufyon 10000 kishidan iborat askar to’pladi, Muhammad payg’ambar esa 3000 askar to’play oldi. U Madina atrofiga xandak, ya’ni suv bilan to’ldirilgan chuqurlik qazdirdi. Abu Sufyon qo’shini 627 yilning 31 martida Madinaga etib kelib, mudofaa inshootlarini ko’rib hayratga tushadi. U o’z qo’shini bilan Madinani qamaliga oladi, lekin na piyodalar, na otliq askarlar xandak himoyachilarini yorib o’ta olmaydilar. Chunki Madina ahli mudofaachilami o’q-yoy, oziq-ovqat, suv bilan muntazam ta’minlab turdilar, kamonchilar yaxshi mergan bo’lib dushmanga talofat etkazardi.
Qamal 15 kun davom etdi. Makka armiyasi oziq-ovqat, suvsizlikdan juda qiynaladi, norozilik va ruhiy tushkunlik kuchayadi. Natijada Abu Sufyon 14 aprelda qamalni bekor qilib chekinishga majbur bo’ladi.

Yüklə 76,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə