6-mavzu. Badiiy obraz va obrazlilik


Kun hamalg’a kirdi ersa keldi olam navro’zi kechdi bahman zamharir, qish qolmadi qoru buzi



Yüklə 21,42 Kb.
səhifə2/4
tarix11.08.2023
ölçüsü21,42 Kb.
#120510
1   2   3   4
6-mavzu. Badiiy obraz va obrazlilik-www.hozir.org

Kun hamalg’a kirdi ersa keldi olam navro’zi kechdi bahman zamharir, qish qolmadi qoru buzi


  • Keltirilgan misollar obrazli tafakkurda yuksak darajadagi assotsiativlik bo‘lishini ko‘rsatadi. Ma’lumki, assotsiativlik umuman inson tafakkuriga xos, tashqi olam ta’sirida ongimizda biror narsaning aksi paydo bo‘lishi hamono u bilan bog‘liq assotsiatsiyalar ham uyg‘onadi. Mas., “qish” deyilishi bilan xayolimizda assotsiativ tarzda “qor”, “sovuq”, “po‘stin”, “chana” kabi u bilan bog‘liq tushunchalar ham uyg‘onadi. Obrazli tafakkur yuksak darajada assotsiativ sanalishiga sabab shuki, reallikda ko‘rilgan bir narsa san’atkor xayolida butunlay boshqa bir narsani, u bilan mutlaqo aloqasi bo‘lmagan narsani uyg‘otishi mumkin. Shu bois ham san’atkor yuqoridagicha o‘xshashliklarni topadi va B.o.da aks etiradiki, natijada obraz yuksak darajadagi assotsiativlik kasb etadi, shu asosda u ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega bo‘ladi. Buni, ayniqsa, assotsiativlik darajasi yuqori bo‘lgan ramziy obrazlar misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

  • Qad ja’at al-azharu ba’da favtiha

  • Va g’annat at-tayru bi a’lo savtiha

  • Fa unzur ilaa aassari rahmati-llahi

  • Kayfa yuhyi al-arza ba’da mavtiha.

  • (Bu ikki baytda qaysi vaqt ifodalangan???)

  • Mas., Oybekning “Na’matak” she’ridagi tabiat manzarasini badiiy obraz deb olsak, tabiiyki, uning birinchi ma’nosi tabiat manzarasining o‘zi. Holbuki, o‘z vaqtida shoir assotsiativ ravishda shu manzarada istibdod tuzumi sharoitidagi ijodkor taqdirini ko‘rgan va shu ma’noni ifodalagan. Shu bilan birga, obrazning ma’no ko‘lami shular bilangina cheklanmaydi: o‘quvchi o‘z hayotiy tajribasi, she’rni o‘qish paytidagi ruhiy holati bilan bog‘liq ravishda unda tamom boshqa mazmunni, o‘z mazmunini ham topishi mumkin. Ko‘p ma’nolilik nafaqat ramziy, balki tom ma’nodagi realistik obrazlarga ham xos, faqat bunda ko‘p ma’nolilikning yuzaga kelish mexanizmi o‘zgacha, u badiiy obrazning yaxshi ma’nodagi notugalligi bilan bog‘liqdir. San’atkor ifodalamoqchi bo‘lgan fikr badiiy obrazda tugal aytilmaydi (ya’ni kitobxon og‘ziga chaynab solib qo‘yilmaydi), badiiy obrazning ayrim chizgilari punktir (uzuk-uzuk chiziqlar) bilan tortiladi.

  • Ya’ni san’atkor badiiy obrazda ma’lum imkoniyatlar yaratadi-da, ularni ro‘yobga chiqarishni o‘quvchiga qoldiradi. Bu xil imkoniyatlar, ayniqsa, “ob’ektiv tasvir” yo‘sinidan borilgan, yozuvchi xolis kuzatuvchi mavqeida turgan asarlarda kuchli namoyon bo‘ladi. Garchi asarda tasvirlangan narsa bitta bo‘lsa-da, o‘quvchilar (ijodiy tasavvur imkoniyati, xarakteri, dunyoqarashi va b.ga ko‘ra) turlicha bo‘lgani uchun konkret badiiy obraz ularning ongida turlicha akslanadi, turli xulosalarga olib keladi. Shu bois ham o‘quvchilar tasavvurida minglab Otabegu Kumushlar, Qobil boboyu Saidalar, Zebiyu Miryoqublar yashaydi. Badiiy obrazga xos shu xususiyat tufayli ham asarni turli davrlarda turlicha tushunish, uning zamiridan yangi-yangi ma’nolarni ochish imkoni yaratiladiki, ayni shu narsa chinakam san’at asarini boqiylikka daxldor etadi.

  • Badiiy obraz turlari – adabiyotshunoslikda badiiy obrazlar turlicha tasnif etiladi, bu turlichalik tasnif uchun qaysi jihat asos qilib olingani bilan bog‘liqdir. Jumladan, ijodkor estetik ideali bilan munosabatiga ko‘ra ijobiy va salbiy obrazlar, ijodiy metodga ko‘ra realistik, romantik va b., yaratilish usuliga ko‘ra fantastik, grotesk va b., xarakter xususiyati va estetik belgisiga ko‘ra tragik, satirik, yumoristik obrazlar farqlanaveradi. Shuningdek, ba’zan badiiy obrazning tasvir planidan kelib chiqib, inson obrazi, jonivorlar obrazi, narsa-buyumlar obrazi tarzidagi atamalar ham qo‘llanadi. Albatta, ilmiy muomalada bu kabi tasniflar, atamalar ham o‘rni bilan kerak. Biroq mavjud tasniflarning hech biri badiiy obrazlarni to‘la qamrab ololmaydi. Qamrov ko‘lami kengroq tasniflardan biri badiiy obrazlarni 1) predmetlilik darajasi; 2) umumlashtirish darajasi; 3) tasvir va ifoda qatlamlari munosabati (strukturasi)ga ko‘ra guruhlashni (M.Epshteyn) ko‘zda tutadi. Quronov D. va b. Adabiyotshunoslik lugʻati. T.: Akademnashr, 2010.

  • Predmetlilik darajasi deyilganda, badiiy obraz tasvirlayotgan narsaning ko‘lami nazarda tutilib, bu jihatdan badiiy reallik to‘rtta sathdan tarkib topadi: 1) detal obrazlar; 2) voqea-hodisalar obrazi; 3) xarakter va sharoit; 4) dunyo va taqdir obrazi (badiiy reallik). Detal obrazlar (tafsilotlar, narsa-buyumlar, portret, peyzaj)dan badiiy reallikning ikkinchi qatlami – ichki yoki tashqi harakatdan tarkib topuvchi voqea-hodisalar obrazi o‘sib chiqadi. Shu harakat ortida turib uni yurgizayotgan “xarakter va sharoit” uchinchi qatlamni tashkil qiladi va oldingilarini birlashtirgan holda “dunyo va taqdir” obrazini yuzaga keltiradi. Ya’ni badiiy reallik g‘ishtchalardan – butunni tashkil qiluvchi unsurlardan tashkil topadi, bu unsurlar o‘zaro predmetlilik darajasi, tasvir ko‘lami jihatidan farqlanadi.

  • Umumlashtirish darajasiga ko‘ra badiiy obrazning qator ko‘rinishlari farqlanadi. Jumladan, inson obraziga tatbiqan individual obraz, xarakter va tip ajratiladi. Biroq bularning orasidagi farq doim ham yaqqol emas, bu xil tasnifda muayyan shartlilik saqlanib qoladi. Individual obraz deb o‘ziga xos fe’l-atvori, gap-so‘zlari, betakror xarakter xususiyatlari bilan namoyon bo‘luvchi obraz tushuniladi (mas., “O’tmishdan ertaklar”dagi Babar, “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasidagi Roqiya bibi). Xarakter esa muayyan davr va muhit kishilariga xos eng muhim, xarakterli umumiy xususiyatlar bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan obrazdir. Muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoit, davr va muhitga xos muhim xarakterli xususiyatlarni o‘zida namoyon etgan obraz esa tip deb yuritiladi. Umumlashtirish darajasiga ko‘ra badiiy obrazning yana adabiy-madaniy an’analar doirasida muayyan turg‘un shaklga aylanib, asardan asarga ko‘chib yurish xususiyatiga ega bo‘lgan motiv, topos, arxetip deb yuritiluvchi ko‘rinishlari ham ajratiladi. Motiv (motiv obraz) shakliy va mazmuniy jihatlardan muayyan turg‘unlik kasb etgan, bir yoki bir necha ijodkorning asarlarida qaytarilib turishi bilan ularning ijodiy intilishlarini namoyon etib turuvchi obrazdir.

  • Mas., Cho‘lpon ijodi uchun “yo‘l” obrazi motiv sanalishi mumkin. Chunki bu obraz uning ham she’riy, ham nasriy asarlarida tez-tez takrorlanadi. Yoki “yulduz”, “yo‘lchi” motivlari XX asr 20 – 30-yillari she’riyatida, xususan, A.Fitrat, Cho‘lpon, Oybek va U.Nosir asarlarida ko‘p uchraydi. Topos motivga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, u milliy madaniyatda katta bir adabiy davr mobaynida takrorlanuvchi obraz sanaladi. O’zbek mumtoz she’riyatidagi payg‘ambarlar obrazlari, gul va bulbul, sham va parvona kabi takrorlanuvchi obrazlar topos sanalishi mumkin. Arxetip deganda esa inson tafakkuri, ijodiy tasavvuriga xos bo‘lgan turg‘un “sxema”lar, konstruktsiyalar, qoliplar tushunilib, ularning izlarini eng qadimgi davrlardan boshlab to hozirgi adabiyotgacha ko‘rish mumkin bo‘ladi. Arxetip konstruktsiya va sxemalardan o‘ziga xos “syujet va syujet holatlari” jamg‘armasi hosil bo‘ladiki, ular asardan asarga, davrdan davrga ko‘chib yuradi. Mas., “bulbul – gul – chaqirtikanak”.

  • Yuqorida aytilganidek, badiiy obraz voqelikdagi narsa-hodisaning ijodiy qayta ishlangan aksi, shunga ko‘ra, u o‘sha narsa-hodisani konkret his etiladigan tarzda tasvirlaydi. Ayni chog‘da, tasvirlangan narsa muayyan mazmunni ifodalashga xizmat qiladi. Demak, strukturasiga ko‘ra badiiy obraz tasvir va ifoda planlaridan iborat ekan. Badiiy obrazning tasvir va ifoda planlari bir-biri bilan turlicha munosabatda bo‘ladi, shundan kelib chiqqan holda, avtologik, metalogik va superlogik obrazlar ajratiladi. Avtologik obrazda tasvir va ifoda planlari bir-biriga mos tushadi (mas., chinor tasvirlangan va chinor nazarda tutilgan). Metalogik obrazda tasvirlanayotgan narsa bilan ifodalanayotgan narsa mos bo‘lmasa-da, ularda ko‘chimlardagi kabi mushtarak nuqta bor (mas., chinor tasvirlanadi – sobitlik, ulug‘vorlik kabilar nazarda tutiladi), superlogik obrazda esa tasvir bilan ifoda mos emas, ularni bog‘lovchi mushtarak nuqta ham yo‘q: tasvir muayyan shartlilik asosida va kontekst doirasidagina ko‘zlangan mazmunni ifodalaydi (chinor tasvirlanadi – butun bir xalq nazarda tutiladi).

  • Demak, badiiy asarda obraz bir necha turli bo‘ladi:

  • Kishilar obrazi

  • Hayvonlar obrazi

  • Tabiat yoki osimliklar obrazi

  • Narsa-predmet obrazlari

  • Kishilar obrazlari badiiy asarda personaj, qahramon harakter tip kabi istilohlar bilan ifodalanadi.


  • Yüklə 21,42 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə