6-mashg‘uIot. Baliqlar (Pisces) katta sinfi. Tog‘ayli baliqlar (Chondrichthyes) sinfi vakili Tikanli akulaning tashqi va ichki tuzilishi. Ob’ektning sistematik holati Tip. Xordalilar — Chordata Kenja tip


-rasm. Akula umurtqalarining ko'ndalang kesimi



Yüklə 277 Kb.
səhifə2/5
tarix21.06.2022
ölçüsü277 Kb.
#89852
1   2   3   4   5
6-lab zoo

21-rasm. Akula umurtqalarining ko'ndalang kesimi:
A - tana umurtqasi, В — dum umurtqasi: 1-xorda, 2-umurtqa tanasi, 3-ustki yoy, 4-orqa miya, 5-ko‘ndalang o‘simta, 6-qovurg‘a, 7-pastki yoy, 8-gemal kanal.
Umurtqaning asosiy qismini umurtqa tanasi tashkil etadi. Umurtqa tanasi orqa va oldingi tomondan ichiga chuqur botib kirgan. Bunday umurtqalar qo‘sh botiqli yoki amfitsel umurtqalar deb ataladi. Har qaysi umurtqa tanasining markazida teshik bor, bu teshikdan xorda o‘tadi va har bir umurtqaning ikkinchi umurtqa bilan qo'shilgan yerida u kengayib, har qaysi umurtqa tanasidan o‘tganda torayadi. Umurtqa tanasining ustki yon tomonlaridan bir juft o'simta — ustki yoy chiqadi, bu yoylaming orasida ustki oraliq plastinkalar bor. Ustki yoylar oraliq plastinkalar bilan birga orqa miya kanalini ikki yondan o‘rab oladi. Umurtqa tanasining ostki tomonidan pastga qarab pastki yoylar chiqadi. Tana qismining pastki yoylari qisqa yon o‘simtalardan iborat boiadi, bu yon o‘simtalarga tog‘ay qovurg‘alar birikadi. Dum qismi pastki qisqa yoylarda pastki birlashtiruvchi plastinkalar yordami bilan juft-juft boiib birlashib, dum qismining asosiy qon tomirlari joylashgan va ularni muhofaza qiladigan gemal kanalni hosil qiladi.
Bosh skeleti. Akulaning bosh skeleti ikkita boiimga, ya’ni miya qutisi (neurokranium) va visseral (og‘iz va jabra ap- paratlari skeleti)ga boiinadi (22, 23-rasmlar). Neurokranium tarkibiga: miya qutisi, sezuv organlari (eshituv va hidlov) kapsulasi hamda tumshuq skeleti kiradi. Miya qutisining tepa qopqogi faqat tog‘aydan tuzilgan, oldingi qismidagina katta teshik — oldingi fontanel bor. Bosh miyani orqa tomondan ensa o‘rab turadi, bu boiimda katta ensa teshigi boiadi. Bosh miya ensa teshigi orqali orqa miya bilan qo‘shiladi. Eshituv kapsulalari ko‘z kosasining orqasida, eshituv bo‘limining yon devorlariga joylashgan. Ko‘z soqqalaii joylashgan chuqurcha - ko‘z kosalari miya qutisi oldingi qismining ikki yonida o‘rnashgan. Miya qutisining ensa boiimiga tananing birinchi umurtqasi birikadi. Miya qutisining asosi keng boiib, ko‘z kosalarini ikkiga ajratadi, bunday keng asosli bosh skeletit- platibazal tipdagi bosh skeleti deb ataladi.




Yüklə 277 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə