6-mashg‘uIot. Baliqlar (Pisces) katta sinfi. Tog‘ayli baliqlar (Chondrichthyes) sinfi vakili Tikanli akulaning tashqi va ichki tuzilishi. Ob’ektning sistematik holati Tip. Xordalilar — Chordata Kenja tip


-rasm. Akulaning geterotserkal tipdagi dum suzgichi



Yüklə 277 Kb.
səhifə4/5
tarix21.06.2022
ölçüsü277 Kb.
#89852
1   2   3   4   5
6-lab zoo

2 4-rasm. Akulaning geterotserkal tipdagi dum suzgichi:
1-ustki pallasi, 2-pastki pallasi, 3-umurtqa pog‘onasi, 4-radial tog‘aylar, 5-elas- tik iplar.

Orqa suzgich qanotining ichki skeleti gavda muskulaturasi- ga o'rnashgan bir qator tayoqchasimon tog'aylar — radiali- yalar yoki shu’la tirgovuchlardan iborat. Radialiyalar ba’zan birlashib, katta tog'ay plastinkani hosil qiladi. Tikanli akula orqa suzgichlarining oldida bittadan o'tkir shox moddasidan tuzilgan tikanlari bo'lib, ular elastik iplar singari ikkilamchi teri skeletining elementidir.
Juft suzgich qanotlar skeleti suzgich qanotlar kamari bilan erkin suzgich qanot skeletidan tashkil topgan. Oldingi suzgich qanotlar kamari yoki yelka kamari (25-rasm) akula gavdasining ikki yonidan va ostki tomonidan o‘rab oladigan yarim halqa shaklidagi tog‘aydan iborat. Har qaysi yarim halqa o‘rtasining yon tomonida birikish bo'rtmasi bor, erkin suzgich qanot shu bo‘rtmaga birikadi. Kamaming shu bo'rtmadan yuqori qismi kurak, pastki qismi esa korakoid bo‘lim deb ataladi.

25-rasm. Akulaning yelka kamari va ko'krak suzgich qanotining skeleti:
1 -yelka kamarining kurak bo‘limi, 2-yelka kamarining korakoid bo‘limi, 3-birikish bo'rtmasi, 4-ko‘krak suzgich qanoti skeletining bazal tog'aylari, 5-radial tog'aylar, 6-elastik iplar.

Erkin suzgich qanotlar skeleti xuddi toq suzgich qanotlar skeleti singari ichki tog'ay skeletidan va teridan hosil boigan tashqi skeletdan tuzilgan.


Erkin suzgich qanotlar skeletining asosida biriktiruvchi o'simtaga birikkan uchta yapaloq asosiy — bazal tog'aylar joylas]igan. Bazal tog'aylardan pastda uch qator tayoqchasimon radialiyalar boiadi. Suzgich pallasining qolgan qismini bir qancha elastik iplar ushlab turadi.
Chanoq kamari kloaka teshigi oldidagi muskul qatlamida ko'ndalang joylashgan toq tog'ay plastinkadan iborat (26-rasm). Uning uchlariga qorin suzgichining skeletlari birikadi. Qorin suzgichida yolg'iz ikkita juft bazal elementi bor. Bulardan bittasi juda uzun bo‘lib, unga bir qator radial tog'aylar birikadi. Suzgich qanotining qolgan qismlarini elastik iplar tutib turadi. Erkak akulalarning bazaliyasi yanada uzayib otalantirish - kopulyativ organga aylangan.




Yüklə 277 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə