6-ma’ruza. Mavzu: Elektromagnit qurilmalar. Transformatorlar



Yüklə 106,58 Kb.
səhifə4/9
tarix27.12.2023
ölçüsü106,58 Kb.
#161916
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-ma’ruza. Mavzu Elektromagnit qurilmalar. Transformatorlar-fayllar.org

Chulg‘amlar. Transformatorlarning chulg‘amlari asosan mis simlardan o‘raladi. Ayrim hollarda, masalan elektr payvandlash transformatorlari chulg‘amlari alyumin simlardan ham o‘ralishi mumkin.
Chulg‘am izolyatorlari sifatida dielektrik laklar, moy va parafin shimdirilgan qog‘ozlar, hamda maxsus transformator moylari ishlatiladi.

Kam quvvatli transformatorlarning chulg‘amlarida maxsus elektroizolyator laklar ishlatiladi. Chunki bunda transformatorlarning chulg‘amlari juda ko‘p bo‘lib, yupqa lak qatlami transformator chulg‘ami o‘lchamining katta

bo’lib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday laklar kolloid aralashmalar turiga kiradi va quriganda qattiq dielektrik
qatlam hosil qiladi.
Qatlam hosil qilish uchun tabiiy va sintetik smolalar ishlatilsa, erituvchi sifatida benzol, spirt, aseton kabi tez uchuvchi suyuqliklar ishlatiladi. Kam quvvatli transformatorlarning va elektromagnitik relelarning chulg‘amlarida ko‘proq ML-92 markali lak eng ko‘p ishlatiladi.
Quyida ushbu lakning asosiy xarakteristikalari keltirilgan:

qarshiligi - 1012 Om x m;

20°S haroratdagi elektr mustahkamligi - 70 MV/m;

105-110°S haroratda lakning qurish vaqti - 1 soat;

lakning stabil tarkibi - 55 %;

lakning qotgandagi qattiqlik darajasi – 0,4.

Laklar elektr izolyatsiyalashdan tashqari kley vazifasini ham bajaradi. Chulg‘amlarni o‘rash jarayonida qatlamlar orasiga ham lak surilganda o‘ram qatlamlari o‘zaro yopishib, tarqalib ketishdan saqlanadi.

10-rasm. Lak ham izolyator, ham kley vazifasini bajaradi

Lekin, lak izolyatorlarni katta quvvatli transformatorlarda ishlatib bo‘lmaydi. Izolyatsiya mustahkamligini oshirish uchun katta quvvatli transformator chulg‘amlarida maxsus moy va parafin shimdirilgan qog‘ozlar chulg‘am simiga o‘rab chiqiladi va so‘ng chulg‘amning o‘zi o‘raladi. Bunda, moy va parafin qatlami elektr izolyatorlikdan tashqari, namlikdan va chirishdan himoyalash qatlami vazifalarini ham bajaradi.

11- rasm. Chulg‘am simlarini izolyatsiyalovchi lentalar bilan o‘rash

Katta quvvatli transformatorlarda (masalan elektr uzatish liniyalaridagi taqsimlash transformatorlari) maxsus transformator moylari ishlatiladi. Bunday transformatorlarning chulg‘amlari prujinasimon tarzda o‘ralgan bo‘lib o‘ramlar orasini maxsus izolyatsiyalovchi suyuqlik-transformator moyi to‘ldirib turadi. Moy bir vaqtning o‘zida chulg‘amlarni sovituvchi suyuqlik vazifasini ham bajaradi.

Transformator moylari neftni 300-400°S darajada qaynatib haydash yo‘li bilan hosil qilinadi. Moyning

tarkibi 10-15 % parafin, 60-70% sikloparafin va 15-20% uglevodoroddan iborat. Moyning asosiy xususiyatlaridan biri oksidlanishga nisbatan yuqori darajada stabilligidir. Bu moyning ishlash jarayonida uzoq vaqt kimyoviy va fizikaviy xususiyatlari o‘zgarmay turishini ta’minlaydi. Moyning zichligi uning turlariga qarab 840-890 kg/m3 oraliqda bo‘lib, elektr qarshiligi katta bo‘lishi uchun odatda yuqori qovushqoqlikka ega bo‘ladi.

Transformator moylari havoga nisbatan ancha katta qarshilikka ega, shuning uchun izolyator sifatida moylarni ishlatish transformator o‘lchamlarini kamaytirishga ham imkoniyat yaratadi.

12-rasm. Elektr uzatish liniyalarining moyli transformatlorlari.


Yüklə 106,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə