6- sinf ona tili Mavzu: Morfologiyaga kirish


“ Bugungi ishni , ertaga qo`yma!”



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə2/4
tarix07.06.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#88979
1   2   3   4
morfologiyaga kirish

Bugungi ishni , ertaga qo`yma!”
I.Tashkiliy qism:salomlashiladi, davomat aniqlanadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarliklari kuzatiladi.”Ingliz tilida 5 ta gap ayting” o’yini o’tkaziladi.O’quvchilar bir-birlari bilan dialoglar tuzadilar.
II.O’quvchilarni kichik guruhlarga ajratiladi va o’tilgan mavzularga oid tarqatma savollar oid beriladi.
1.Matn deb nimaga aytiladi?
2.Matn nimalardan tashkil topadi?
3.Matnning necha turi bor?
4.Hikoya matni deb nimaga aytiladi?
5.Tasviriy matn deb nimaga aytiladi?
6.Muhokama matni deb nimaga aytiladi?
7.Hikoya matniga adabiyot darsidan matn keltiring.
8.Tasviriy matnda nimalardan foydalanamiz?
O`tilgan mavzu slayd asosida mustahkamlanadi.













III.Yangi mavzu bayoni:
Yangi dars mavzusi va rejasi sinf taxtasiga yoziladi.
O’qituvchi yangi mavzu uyga vazifa sifatida berilganligini bir bor eslatib o’quvchilarga aqliy hujum boshlaydi. Ular gap morfologiya nima ekanligini o’z fikrlari asosida yoritadilar.
Topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.

So‘zlarning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi ularning atash ma’nolari yoki lug‘aviy ma’nolari deyilishidan, tilshunoslikning atash ma’nolarni o‘rganuvchi bo‘limi esa leksikologiya hisoblanishidan xabardorsiz.So‘zlar atash ma’nosi bilan birga ma’lum grammatik ma’nova uni ifodalovchi shaklga ham ega bo‘ladi. Masalan, olmalarni so‘zi «mevali daraxt» va «olma daraxti mevasi» ma’nolari bilan birga «ko‘plik», «kelishik» ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi ko‘plik shakli (-lar) hamda kelishik shakli (-ni) ga ham ega. «Mevali daraxt» va «olma daraxti mevasi» ma’nolari bu so‘zning atash ma’nosi, qolgan ma’nolar esa grammatik a’nolari


sanaladi. Har qanday grammatik ma’no ma’lum grammatik shakl orqali ifodalanadi. Grammatik ma’nolarni ifodalovchi vositalar grammatik shakl hisoblanadi.
So‘zlarning grammatik ma’nolari va ularni ifodalovchi grammatik shakllarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi morfologiya sanaladi. Morfologiya yunoncha morphe — «shakl», logos —«so‘z», «ta’limot» so‘zlaridan olingan bo‘lib, so‘z shakllari haqidagi ta’limot demakdir. Ko‘rinadiki, leksikologiya bilan morfologiya o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Har ikkisida so‘z o‘rganiladi. Ular so‘zning qaysi tomonini o‘rganish bilan farqlanadi. Leksikologiya so‘zning atash ma’nosini, morfologiya esa uning grammatik ma’nosini va bu ma’nolarni ifodalovchi vositalarni o‘rganadi.

IV.Mavzuni mustahkamlash uchun savol-javobli o`yinlar o`tkazilib,darslikdan mashqlar bajaradilar:


Morfologiya haqida olgan bilimlarini yodga solish uchun quyidagi “Aqliy hujum” savollari beriladi:


52-mashq. Gaplarni o‘qing. Nuqtalar o‘rniga berilgan qo‘shimchalardan mosini qo‘yib, ko‘chiring. Qo‘shimchalarning so‘zga qanday ma’no qo‘shayotganini ayting. Ulardagi g‘oya haqida bahslashing.


1. To‘g‘rilik bilan xiyonat, yolg‘onchilik bilan diyonat chiqisha olmaydi.


2. Baxtsizlikning belgisi nodonlikdir . 3. Qo‘rqoq do‘st yovuz dushmandan yomon.
4. Yalqovlik muhtojlik eshigidir. (-lik, -di, -chilik, -oq, -dan, -siz, -ning, -i, -dir)



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə