Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi
o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quv
materialini o‘zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi,
bilimlardagi kamchilik va
nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat
o‘quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o‘quv mehnati hajmini ham
aniqlashdan iborat.
Tekshirish tizimidagi birinchi bosqich ta’lim oluvchilarning bilim darajasini
oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o‘quv yili boshida o‘quvchilar tomonidan
avvalgi o‘quv yilida o‘zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Bu kabi tekshirish, shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida yangi bo‘lim (kurs)ni
o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli.
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bosqich har bir mavzuni o‘zlashtirish
jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv
dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o‘zlashtirish
darajasini tashhislash
imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi alohida olingan muayyan
vaziyatni o‘rganishdir. Bunday tekshirish shakl va metodlari turlicha bo‘lib, ular o‘quv
materiali mazmuni, murakkabligi, o‘quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi
va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga muvofiq belgilanadi.
Oraliq tekshirish bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi
bosqichi sanalib, o‘quvchilarning o‘quv materialining muayyan bob yoki bo‘limlari
bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash
shakli. YAngi mavzuni o‘rganish bilan birga o‘quvchilar avval o‘zlashtirilganlarni
takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko‘maklashadi, biroq
o‘quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarning mustahkamlik darajasini tashhislash
imkonini bermaydi. Tashhisning boshqa shakl va metodlari bilan birga qo‘llanilsagina
ushbu tekshirish kutilgan samarani beradi.
Tizimning to‘rtinchi bosqichi –o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma
va malakalarini
yaxlit bo‘lim yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha davriy tekshirish hisoblanadi.
Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida o‘rganilgan o‘quv
materialining strukturaviy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘zlashtirish sifatini
tashhislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi – tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bosqich ta’lim oluvchilarning ta’lim
jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini yakuniy
tekshirish va hisobga olishdir. O‘zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o‘quv
yili oxirida o‘tkaziladi. U olingan baholarni qo‘shib, o‘rtacha arifmetik ballni mexanik
tarzda chiharishdangina iborat bo‘lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda
belgilangan maqsadga muvofiq tarzda mavjad bilim darajasi (sifati)ni tashhislashdir.
Tekshirishdan tashhari nazorat o‘z ichiga baholash (jarayon sifatida) va baho
(natija sifatida) ham oladi. O‘zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari,
reyting
daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari
va hokazolar baho ko‘rinishida qayd etiladi. O‘quvchining o‘zlashtirish darajasini
baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishining
ham sifat, ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor ko‘rsatkichlari ko‘proq
ballar yoki foizlarda. Sifat ko‘rsatkichlari esa a’lo, yaxshi, qoniharli va hokazo
baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi fikrga oldindan kelishilgan
(belgilangan) ma’lum ball, ko‘rsatkich (masalan, o‘rin – 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi.
Bunda baho o‘lchash va hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki baholovchi
fikrga yuklangan ma’no ekanini unutmaslik muhim. Baholovchi son sifatida qo‘llashga
berilib ketishning oldini olish uchun bir qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D
va hokazo) ifodaga ega.
Bahoni amalda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan davlat ta’lim
standartiga ko‘ra o‘zlashtirilishi belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar umumiy hajmi
o‘rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta’riflash)dan ta’lim darajasining miqdoriy mazmuni
kelib chiqadi. O‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) ko‘rsatkichi BqA/T yuz foiz nisbat
asosida hisoblanadi. Bunda:
B – o‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;
A – amalda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma
va malakalarning hajmi;
T – o‘zlashtirish nazarda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalarning to‘liq hajmi.
Ko‘rinib turibdiki, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (baho) bu o‘rinda 100 foiz –
axborotni to‘liq o‘zlashtirish va 0 foiz – uning umuman mavjud emasligi o‘rtasida
bo‘ladi. Ma’dlumki, baholash funktsiyasi ta’lim darajasini qayd etish bilangina
cheklanmaydi. Baho – ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni
o‘zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini rag‘batlantirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish
vositasi. Aynan xolis (ob’ektiv) baholash ta’sirida o‘quvchilarda adekvat o‘z-o‘zini
baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga keladi. SHu bois
bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma-xilligi o‘quvchilar o‘quv faoliyatining barcha
jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni ta’minlaydigan ko‘rsatkichlarni izlab
topishni taqozo etadi.
Hisobga olish ta’limning muayyan davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi
faoliyatini
umumlashtirish, xulosalash demakdir.
O‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e’tiborni
haratish lozim:
1)
o‘quv dasturi asosida mavzu va bulimni o‘rganishda o‘quvchilarning
bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;
2)
har bir yakunlangan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning faoliyati to‘g‘risida
xulosa chiharish;
3)
o‘rtacha
arifmetik
ma’lumotlarga
tayanibgina
o‘quvchilarning
o‘zlashtirish darajasini baholamaslik;
4)
o‘quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tavsif) berish
uchun ularning bir necha o‘quv yilidagi statistik o‘zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib
tahlil etish.
Demak, o‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o‘qitish,
tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi:
Nazorat qilishning asosiy vazifasi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari
darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning keyingi
bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi va o‘qituvchining o‘quv metod hamda
usullarini to‘g‘ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi o‘quv materiallarini
o‘rganishning maqbul yo‘llarini topish bilan bog‘liqdir.
Ta’lim vazifasi o‘quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi. YAngi
mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda o‘quvchilarning
o‘tilgan
mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo‘lgan ma’lumotlarni bilish
olishlariga imkon tug‘iladi. CHunki guruhdagi boshqa o‘quvchilar javob berayotgan
o‘quvchining fikrlarini diqqat bilan tinglashadi va avval egallangan bilimlarni
mustahkamlab, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitishadi. O‘rtoqlarining javoblariga
qo‘shimcha qilishga yoki yeilmay qolgan savollarga javob berishga shaylanish orqali
o‘rganilgan mavzuni aniqlashtirishga harakat qiladi.
Nazoratning tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki, o‘quvchilar tekshirishga
tayyor bo‘lish uchun darslarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar,bo‘sh
vaqtlaridan unumli
foydavlanishga harakat qiladilar, intizomga o‘rganadilar.
SHuningdek, tekshirish va baholash o‘quvchining o‘z bilimlari va qobiliyatlarini
o‘zi mustaqil aniqlashiga ham yordam beradi. O‘zidagi kamchiliklarni ko‘ra olishga va
uni tugatish yo‘llarini izlashga ko‘maklashadi. Lekin o‘quvchining bilimini baholashda
o‘qituvchi nohaqlikka yo‘l qo‘ysa, o‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasida ziddiyat kelib
chiqadi. Uy vazifalarining esa haddan ziyod ko‘p bo‘lishi ham o‘quvchilarning yuzaki
dars tayyorlashiga olib keladi.
Eng asosiysi o‘zlashtirishni hisobga olish shaxsning ijobiy fazilatlarini
shakllantirish, yaxshi o‘qishga xohish uyg‘otish, o‘quv ishlariga vijdonan yogdashish,
javob
berishga
tayyorlanishda
mustaqil
bo‘lish
hamda
bilish
faoliyatini
chuqurlashtirishga yo‘naltirilmog‘i lozim.
Agar nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa,
shaxsning tafakkurini rivojlantirish hamda his-tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini
tarbiyalashga imkon tug‘iladi. Bu o‘z-o‘zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi
sanaladi.
O‘qituvchi mazkur vazifalardan xabardor bo‘lish asosida o‘quvchilarning
o‘zlashtirish darajasini hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etadi.