5 Ta tashabbus amalda va guruh talabalarining doimiy e’tiborida!



Yüklə 32,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü32,63 Kb.
#167174
  1   2   3   4
5 tashabbus maqola



5 TA TASHABBUS AMALDA VA GURUH TALABALARINING DOIMIY 
E’TIBORIDA! 
Bugungi kunda yoshlar uchun imkoniyatlar kengayib, ularning kelajakda malakali 
kadr va bilimli inson qilib tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, oxirgi 
yillarda yoshlarning talaba bo’lishlari uchun yangidan-yangi zamonaviy va istiqbolli 
ta’lim yo’nalishlari tashkil etildi. Shunday yo’nalishlardan biri Urganch davlat 
universitetida tashkil etilgan “Menejment: turizm biznesini boshqarish” va “Menejment: 
madaniy merosni boshqarish” bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’lib, ularga 2020-yildan 
bilimli talabalar qabul qilindi.
“Menejment: turizm biznesini boshqarish” bakalavriat ta’lim yo’nalishi bugungi 
kunda istiqboli porloq va yuqori bo’lgan yo’nalish sifatida universitetning Turizm va 
iqtisodiyot fakultetida tashkil etilib, ushbu yo’nalishga kirgan talabalari jami 2 ta guruhga 
ajratilib, 201-TBB va 202-TBB guruhlarida tahsil olmoqdalar. Birinchi guruhda 26 nafar 
va ikkinchi guruhda 25 nafar talabalar o’qiydi olishmoqda.
Men 201-Menejment: Turizm biznesini boshqarish guruhi murabbiyi sifatida 
talabalar bilan 2020-yilning oktabr oyidan beri samarali ishlab kelmoqdaman. Guruhdagi 
talabalarning hulq-atvori va qiziqishlarini aniqlab, ular bilan izchil doimiy ravishda 
muloqot qilib kelaman. Ularning yashash hududi 24 nafari Xorazm viloyatiga (faqat 
Gurlan, Yangiariq va Tuproqqal’a tumanlaridan talabalar yo’q) bo’lib, qolgan 2 nafari 
Qoraqalpog’iston Respublikasining To’rtko’l va Beruniy tumaniga to’g’ri keladi. 
Talabalarning 10 nafari qiz-talabalar va qolgan 16 nafari o’g’il-talabalarni tashkil etadi. 
Ularni kelajakda eng yaxshi inson qilib etishtirish maqsadida talabalarimga doimiy 
ravishda odob-axloq qoidalarini tushuntirib kelaman. 
Talabalarim bilan har haftada bir marta Prezidentimizning 5 tashabbusi doirasida 
turli tadbirlarni amalga oshiraman va ushbu tashabbus bandidagi ish va faoliyatlarni 
haqiqiy o’z ko’zlari bilan ko’rishlari uchun turli joylarga sayohat qildirib kelmoqdaman. 
2021-yil boshidan hozirgi kungacha guruhim talabalarim bilan ko’pgina joylarga 
sayohatlarni uyushtirdim. Bu 5 ta tashabbusning quyidagi bandlariga mos keladi: 

Yüklə 32,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə