5-mavzu: Oilaning hayotiy sikli Reja



Yüklə 51 Kb.
səhifə6/7
tarix19.03.2022
ölçüsü51 Kb.
#84579
1   2   3   4   5   6   7
5-mavzu. OILANING HAYOTIY SIKLI

6-bosqich. Keksalikning dastlabki belgilari – tanada keksalik alomatlari, klimakterik holatlarning kelib chiqishi bosqichida inson qalbi qarimasada, ayrim jismoniy kuvvatsizliklar paydo bo’ladi. Odam nafaqaga chiqadi, suygan kasbi, mashg’ulotidan uzoqlashadi, do’stlari davrasi torayadi va h-zo. Lekin keksalikni tan olish va unga ruhan tayyor bo’lish, etnik madaniyat va uning qadriyatlariga bog’liq.

Xalq ma’naviyati va madaniyati qanchalik yuqori bo’lsa, keksalikka munosabat ham shunchalik yuqori bo’ladi. Masalan, bizning etnik-madaniy muhitimizda keksalik va qariyalik hamisha e’zozlanib kelingan, masalan, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2002 yil “Qariyalarni qadrlash yili” deb e’lon qilindi, barcha keksalar bizda qarilik gashtini surish uchun belgilangan tartibda nafaqalar oladi, bayram,to’y-hashamlar va tadbirlarda keksalarni davralarning to’riga o’tqazish, ularga izzat-ehtirom qilish xalqimizning odatiy an’analaridandir. Shu bois bo’lsa kerak, o’zbekistonliklar keksalikni ham hayotning o’ziga xos davri sifatida mamnuniyat bilan kutib oladigan xalqdir. Ruslardagi “Starost ne radost” iborasining tagida ham o’ziga xos ma’no borki, ayrim yevropa xalqlarida keksalar nafaqaga chiqqanlaridan keyin o’zlarini hyech kimga kerak emasday his eta boshlaydigan, ular uchun umrning oxirgi davrlari keskin salbiy o’zgarishlarni keltirib chiqaradi, farzandlari esa o’z hayot tashvishlari bilan ba’zan ota-onalarni ham unutib qo’yadilar. Qariyalar uylarining paydo bo’lishi ham ko’p holatlarda aynan shunday o’zaro munosabatlarning oqibatidir.




Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə