5-ma’ruza. Gamma nurlarning moddadan o’tishi. Reja



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə3/4
tarix29.05.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#88277
1   2   3   4
5-ma’ruza. Gamma nurlarning moddadan o’tishi. Reja

Kompton effekti.
Atomda elektronlarning bog’lanish energiyasi   ortishi bilan fotoeffekt kesimi kamayadi. Bunda kompton effekti asosiy jarayon bo’lib qoladi. Gamma kvantlarning elektronlarda sochilishi ikki xil bo’ladi. Gamma-kvant energiyasi elektronning atom bilan bog’lanish energiyasi   dan kichik,   bo’lganda kogerent sochilish yuz beradi. Kogerent sochilishda gamma-kvant energiyasi o’zgarmasdan qoladi, faqat uning yo’nalishi o’zgaradi. Kogerent sochilish Tomson sochilishi deyiladi.
  bo’lganda gamma-kvant erkin elektronlarda sochiladi. Bunda elektronning bog’lanish energiyasi  -gamma kvant energiyasiga nisbatan xisobga olmaslik darajada kichik 𝛾-kvantlarning erkin elektronlarda sochilishi kompton effekti deb ataladi. Kompton effektida erkin elektronda sochilgan 𝛾-kvantning energiyasi o’zgaradi va 𝛾-kvantning bir qism energiyasi elektronga beriladi. Kompton sochilish birinchi marta 1923-yilda Kompton tomonidan kuzatilgan, o’rganilgan. Kompton rentgen nurlarining turli moddalardan sochilishini o’rgandi. Kompton o’tkazgan tajribalardan quyidagilar aniqlandi:

  1. Sochilgan rentgen nurlari tarkibida boshlang’ich   to’lqin uzunlikli nurlardan tashqari to’lqin uzunligi   bo’lgan nurlar xam mavjudligi aniqlandi.

  2. Sochilish burchagi 𝜑 ning ortishi bilan   farq ortib boradi.  -sochilgan nurlarning to’lqin uzunligi.

  3. Sochilish burchagining ma’lum bir qiymatida   sochilayotgan rentgen nurining boshlang’ich to’lqin uzunligi   ga bog’liq bo’lmay qoladi va   xamma sochuvchi moddalar uchun bir xil bo’lib qoladi.

Rentgen fotonlarining (rentgen nurlari) erkin elektronlarda sochilishi uchun energiya va impuls saqlanish qonunlari quyidagicha ifodalanadi.
Energiya uchun   (8)
 -erkin elektronga tushgan rentgen nuri (fotona) energiyasi;
 -sochilgan rentgen nuri energiyasi;
 -erkin elektron olgan kinetic energiya;
Sochilgan gamma-nurlar energiyasining kamayishi xisobiga tepki elektron (sochuvchi elektron) energiyasi ortadi. Impuls saqlanish qonuniga asosan skalyar ko’rinishda:
  (9)
Yoki bu tenglama skalyar ko’rinishda:
  (10)
(8) tenglamani quyidagi ko’rinishda yozish mumkin:
  (11)
(10) va (11) tenglamalarni birgalikda yechishdan quyidagi ifoda hosil bo’ladi:
  (12)
Yoki   (13)
(13) formulada   (14)

(14) ifoda elektronning Kompton to’lqin uzunligi deyiladi.


(13) formuladan ko’rinadiki, sochilish burchagi   ning ortishi bilan erkin elektronda sochilgan nurlanishning to’lqin uzunligi ortadi. Rentgen nurlarining erkin elektronda sochilishi (Kompton effekti) sxemasi 1-rasmda keltirilgan.




   
0
𝜑
 
1-rasm.
Bunda   - elektronga tushayotgan boshlang’ich gamma nurlarning impulsi;
 sochilgan gamma-nurlar impulsi;
 -tepki elektronning olgan impulsi.
0-foton sochilish burchagi; 𝜑-elektron chiqish burchagi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə