4-Seminar ishi psixika va ongning rivojlanishini tahlil qilish



Yüklə 26,02 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü26,02 Kb.
#161798
  1   2
4-seminar Psixika va ongning rivojlanishini tahlil qilish


4-Seminar ishi
PSIXIKA VA ONGNING RIVOJLANISHINI TAHLIL QILISH (VENN DIAGRAMMASI, BUMERANG USULLARI ASOSIDA)


Reja:
1. Ong haqida tushuncha
2. Ongning vujudga kelishida: jamoa, mehnat faoliyati va nutq.
3. Faoliyat va ong birligi prinsipi
Psixikaning odamga xos bo’lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning uni yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo’lib kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan til yordamida muloqot qilish jarayonida shakllanishini ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. SHu ma’noda ong marksizm klassiklarining ta’kidlashicha ijtimoiy mahsul bo’lib anglagan borliqdan buyuk boshqa narsa emasdir.
Ongning strukturasi tuzilishi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday.
Psixiatorlarning bemorda ong bor yoo’qligi, yo bo’lmasa buzilganligi masalalari doim qiziqtiradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o’z-o’ziga qaerdaligi, vaqt qachonligi, tevarakatrofdagi vaziyat qandayligi to’g’risida o’z shaxsiy holati ham harakatlari haqida hisob berish imkoniyatlarini tushunadilar. Ong yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o’zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi va o’zini tevarak-atrofdagi muhitdan alohida ajratib, boshqa odamlarga faoliyat va vaziyatga nisbatan tarkib topgan munosabatlar sistemasini saqlab qoladi hamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida o’z hatti-harakatini idora qiladi. Ong ijtimoiy mahsul bo’lib, faqat odamlarga xosdir. Hayvonlara esa ong bo’lmaydi. Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdan iboratdir. Ongsizlik-kishini o’zini tuta olmaydigan qilib qo’yadigan taaassurotlar bilan bog’liq psixik jarayonlar harakatlar va holatlar yig’indisidir.

Mazkur texnologiya bir mashg’ulot davomida o’quv materialini chuqur va yaxlit holatda o’rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo’naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo’lgan mavzularni o’rganishga yaroqli bo’lib, o’z ichiga og’zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg’ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriklarni bajarishi, navbat bilan o’quvchi yoki o’qituvchi rolida bo’lishi, kerakli ballni to’plashiga imkoniyat beradi.


«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani, g’oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og’zaki shakllarda bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
- jamoa bilan ishlash mahorati;
- muomalalik;
- xushfe’llik;
- ko’nikuvchanlik;
- o’zlarga fikriga hurmat;
- faollik;
- rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
- ishga ijodiy yondashish;
- o’z faoliyatining samarali bo’lishiga qiziqish;
- o’zini xolis baholash.

Yüklə 26,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə