4-mavzu. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir


O'zbekistonda 2007-2008 yillarda ishlab chiqarilgan ba'zi tovar turlari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/7
tarix21.12.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#97438
1   2   3   4   5   6   7
4 mavzu Tovar pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti

O'zbekistonda 2007-2008 yillarda ishlab chiqarilgan ba'zi tovar turlari

tovar mahsulotlari nomlari

2007 yil

2008 yil

engil avtomobillar (dona)

171809

195038

avtobuslar (dona)

1116

1556

avtomobillar uchun ehtiyot qismlar (mln. so'm)

103959,4

141522,4

traktorlar (dona)

2411

2437

traktor kulьtivatorlari (dona)

1562

1773

akkumulyatorlar (ming dona)

443

447

televizorlar (dona)

93527

47621

muzlatgichlar va sovutgichlar (dona)

10774

6218

paxta tolasi (ming tonna)

1125,4

1174,2

gazlamalar (mln. kv.m)

160,5

114,1

trikotaj buyumlar (ming dona)

30883

29163

sut va sut mahsulotlari (ming tonna)

16,4

19,4

meva-sabzavot konservalari (mln. shartli banka)

112,9

157,9

shakar (ming tonna)

170,9

254,3

o'simlik yog'i (ming tonna)

277,5

284,6

un (ming tonna)

1440,7

1425,6

tovar ikki xususiyatga ega:
bir tomondan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondira oladigan,
ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga ayirboshlana oladigan buyumdir.
tovar
iste'mol qiymati
qiymati
ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka aytiladi
tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir.
qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari
    • tovarlar qiymatining umumiy asosi bo'lib mehnat hisoblanadi, shu sababli ular ma'lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. tovarlarning og'irligi, hajmi, shakli va shu kabi tabiiy xususiyatlaridan birortasi qiymatning umumiy asosi bo'la olmaydi. ayirboshlashning zarur sharti bo'lib tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi. biroq, turli tovarlarning nafliligi sifat jihatidan farq qilish bilan birga miqdoriy o'lchamga ega emas. miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud bo'lgan umumiy narsa – ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.

l.m.kulikov tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib ko'rsatilishida namoyon bo'ladi. «qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko'pincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o'z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin. endi ularni boshqa ko'rsatkich – almashuv qiymati ifodalaydi. bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir». tovarning o'zi esa ikki tomon – naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir. shu o'rinda ta'kidlash lozimki, l.kulikov tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi ta'rif ba'zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo'l qo'yiladigan yanglish fikrlardan ham xoli emas. ya'ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan yo'l qo'yilgan xatolik deb hisoblaymiz. aslida, ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo'lib, aksariyat hollarda miqdor jihatidan qiymatdan kam bo'ladi. 
tovar qiymatining miqdori ijtimoiy-zaruriy ish vaqti orqali hisoblanadi. ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadalligi darajasi o'rtacha bo'lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan ish vaqtidir.
tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko'paytirilgan yoki darajaga ko'tarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat ko'p miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə