4-mavzu: Texnologiya fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan innovatsion pedagogik texnologiyalar (interfaol ta’lim metodlari: muammoli, loyihalash, modulli, hamkorlikdagi ta’lim texnologiyasi va b q.)



Yüklə 53,67 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.05.2022
ölçüsü53,67 Kb.
#88374
QAzfjIKXnCJO5ycbRiksl83ZJT5RCNmh3wtkTp6m



4-mavzu: Texnologiya fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan 
innovatsion pedagogik texnologiyalar (interfaol ta’lim 
metodlari: muammoli, loyihalash, modulli, hamkorlikdagi 
ta’lim texnologiyasi va b.q.) (2 soat ma’ruza)
Reja:
1. Innovasion ta’lim texnologiyalari haqida tushuncha. 
2. Muammoli ta’lim texnologiyasi (muammo va muammoli 
vaziyat). 
3. Loyihalash texnologiyasi (juftlik, kichik guruhlar, jamoada
o‘quv loyihalarini tayyorlash). 
4. Modulli ta’lim texnologiyasi (modul va modullar dasturi). 
5. Hamkorlikdagi ta’lim texnologiyasi (komandada o‘qitish,
kichik guruhlarda o‘qitish). 
Tayanch iboralar: zamonaviy ta’lim texnologiyalari, keys-stadi, 
muammo va 
muammoli vaziyat, juftlikda ishlash, komandada o‘qitish,
modul, modullar dasturi.
1. Innovasion ta’lim texnologiyalari haqida tushuncha.
Innovasion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va
nazariy asoslari. Lug‘aviy jihatdan “innovasiya” tushunchasi
ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish”
degan ma’noni anglatadi. 
Innovasion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro)
– ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga 
shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni
tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarini shakllantirish 
imkoniyatini yaratadigan ta’lim. Ta’lim innovasiyalari – ta’lim
sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha 
yondashuv asosida echish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan 
ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va 
texnologiyalar.
Zamonaviy sharoitda o‘quvchilarning o‘quv-bilish faolliklarini 
kuchaytirish, o‘qitish sifatini oshirish va samaradorligini 
yaxshilash maqsadida innovasion xarakterga ega ta’lim
shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda 
amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modul-


kredit tizimi, masofali o‘qitish, blended learning (aralash 
o‘qitish) va mahorat darslari ta’limning innovasion shakllari
sifatida e’tirof etilmoqda
2. Muammoli ta’lim texnologiyasi (muammo va muammoli 
vaziyat) 
Muammoli ta’lim texnologiyasi.
Rivojlantiruvchi ta’limning vazifasi – shaxsning individual
kamol 
topishi uchun zarur bo‘ladigan hayotiy ko‘nikma va malakalarini 
rivojlantirish sanaladi. 
Rivojlantiruvchi ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari –
o‘quvchilarda 
topshiriqlarni echishga oid nazariy tushuncha va amaliy
ko‘nikma, malakalarni shakllantiradi. O‘quvchilarning ijodiy
qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy bo‘g‘ini 
muammoli ta’lim yo‘nalishi sanaladi. 
Muammoli o‘qitishni chuqur o‘rganish XX asrning 60-yillarida 
boshlangan 
bo‘lib, uning asosida “Tafakkur – muammoli vaziyatdan 
boshlanadi” – degan g‘oya yotadi. 
Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o‘qitish
g‘oyasi va 
tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.YA.Lerner 
tomonidan ishlab chiqilgan.
Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko‘rinishga ega. 
1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish. 
2. Muammoning qo‘yilishi.
3. Muammoning echimini topish.
Muammoli vaziyatni o‘quv mashg‘ulotlarining barchasida
shakllantirish 
mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko‘p shakllantirish
o‘qituvchiga bog‘liq. 
Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o‘quvchilar
diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va o‘quvchilarning 
izlanishiga, fikrlashga o‘rgatadi. Muammoli ta’lim o‘qituvchi
rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur 
muammo o‘quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida 
nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni ijodiy


o‘zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan 
ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi.
Muammoli o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga tadqiqiy, evristik,
muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo‘yicha topshiriqlar beriladi.
Bunda: 
nostandart masalalarni tuzish bo‘yicha; 
shakllantirilmagan savol bilan; 
ortiqcha ma’lumotlar bilan; 
o‘zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish; 
yo‘riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’ekt
mohiyatini bayon 
etish; 
olingan natijalarni qo‘llash chegaralarini va darajalarini aniqlash;
hodisaning namoyon bo‘lish mexanizmini aniqlash; 
“bir lahzada” topish kabi topshiriqlarni berish mumkin. 
Muammoli vaziyatlarda echimga kelishning algoritmi quyidagi
tartibda 
amalga oshiriladi: muammoni qo‘yish, ma’lumotlar fondini
to‘plash, qayta ishlash, echim modelini aniqlash, qo‘shimcha
ma’lumotlar to‘plash va ularni tanlangan echim modelida aks
ettirish, yangi ma’lumotlar va echim modeli o‘rtasidagi zidlikni
aniqlash, zidlikni echimini topish, yangi echim modelini 
yaratishdan iboratdir. 
“Muammoli vaziyat” usuli – ta’lim oluvchilarda muammoli 
vaziyatlarning 
sabab va oqibatlarini tahlil qilish, hamda ularning echimini
topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan usuldir. 
“Muammoli vaziyat” usuli uchun tanlangan muammoning
murakkabligi 
ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi zarur. Ular 
qo‘yilgan muammoning echimini topishga qodir bo‘lishlari
kerak, aks holda echimni topa olmaslik, ta’lim oluvchilarning
qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining
yo‘qolishiga olib keladi. “Muammoli vaziyat” usuli 
qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, 
muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning echimini 
topishni o‘rganadilar.
“Muammoli vaziyat” usulining bosqichlari: 


1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni
tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi
ta’lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi. 
2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, 
vazifalari 
va shartlari bilan tanishtiradi. 
3. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi. 
4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. 
Muammoning 
kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot 
qiladi. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi. 
5. Bu bosqichda muammoning oqibatlari to‘g‘risidagi fikr-
mulohazalarni 
taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi. 
6. Muammoni echishning turli imkoniyatlarini muhokama va
tahlil 
qiladilar. Muammoli vaziyatni echish yo‘llarini ishlab chiqadilar. 
7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning echimi bo‘yicha 
taqdimot qiladilar 
va o‘z variantlarini taklif etadilar. 
8. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil echimlar jamlanadi.
Guruh ta’lim 
beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni echish
yo‘llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi. 
O‘qituvchi barcha o‘quvchining javobini umumlashtirish
jarayonida 
quyidagilarga e’tiborini qaratishi lozim:
1. Muammoli savolga aniq javob topishga undash. 
2. Muammoga aloqasi bor deb o‘ylagan barcha fikrlarga e’tibor 
qaratish. 
3. Ko‘rgan, eshitgan, o‘qiganlari asosida mustaqil fikrlarini
aytish, o‘z 
bilimlarini baholay olishga sharoit yaratish. 
4. Har bir guruh a’zolarining mustaqil fikrlarini qisqa, lo‘nda, tiniq, 
aniq qilib ifodalashlariga ko‘maklashish. 
5. O‘rtog‘ining o‘zidan yaxshi fikrlashini sidqidildan tan
olishga, ularga havas qilishga, ularni past darajada
fikrlayotganligini tan olishga yo‘naltirish. 
6. O‘rtog‘ining ijobiy javoblarini o‘zlashtirishga harakat qilish. 


7. Darslikdan unumli foydalanishni bilish. 
O‘qituvchi umumlashtirish jarayonida aniq asosli javob aniqlanadi,
yaxshi 
ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi, baholanadi. 
“Muammo” texnologiyasi 
Texnologiyaning maqsadi: o‘quvchilarga o‘quv fanining
mavzusidan kelib 
chiqqan turli muammoli masala vaziyatlariing echimini to‘g‘ri
topishlariga o‘rgatish, ularda muammo mohiyatini aniqlash 
bo‘yicha malakalarni shakllantirish,
muammolar echishning ba’zi usullari bilan tanishtirish va
uslublarni to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, muammoni kelib chiqish
sabablarini, muammoni echishdagi hatti-harakatlarni to‘g‘ri 
aniqlashga o‘rgatadi.
Mashg‘ulotning o‘tkazish tartibi: 
O‘qituvchi o‘quvchilarni guruhlarga ajratib, ularni o‘rinlariga 
joylashtirilgandan so‘ng, mashg‘ulotni o‘tkazish tartib-qoidalari va
talablarini tushuntiradi, ya’ni u mashg‘ulotni bosqichli bo‘lishini
va har bir bosqich o‘quvchilardan maksimum diqqat-e’tibor
talab qilinishi, mashg‘ulot davomida ular yakka, guruh va
jamoa bo‘lib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat 
o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor
bo‘lishlariga yordam beradi va bajarishga qiziqish o‘yg‘otadi. 
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartib-qoidalari va talablari tushuntirilgach, 
mashg‘ulot boshlanadi: 
O‘quvchilar tomonidan mashg‘ulot uchun tayyorlangan video
lavhani diqqat 
bilan tomosha qilib, unda yoritilgan muammoni aniqlashga
harakat qilish, xotirada saqlab qolish yoki daftarga belgilab
qo‘yish (agar video lavhani ko‘rsatishning imkoniyati bo‘lmasa, 
u holda o‘qituvchi o‘quv predmetining mavzusi bo‘yicha plakat,
rasm, buklet, afisha yoki bir muammo bayon qilingan matn, 
kitobdagi o‘quv materialidan foydalanish mumkin): 
 har bir guruh a’zolari tomonidan ushbu lavhadan (rasmdan,
matndan, 
hayotiy voqeadan) birgalikda aniqlangan muammolarni
vatman yoki formatdagi qog‘ozga flomaster bilan yozib chiqiladi;


 berilgan aniq vaqt tugagach, tayyorlagan ishni guruh vakillari 
tomonidan 
o‘qib eshittiriladi; 
 o‘qituvchi guruhlar tomonidan 
tanlangan va muammolar yozilgan 
qog‘ozlarni almashtirgan holda 
guruhlargai tarqatiladi; 
 tarqatilgan qog‘ozlarda guruhlar tomonidan yozilgan 
muammolardan har bir guruh a’zosi o‘zini qiziqtirgan 
muammodan birini
tanlab oladi; 
 o‘qituvchi tomonidan 
tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir guruh a’zosi o‘zini
qiziqtirgan 
muammodan birini tanlab oladi; 
 o‘qituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir 
guruh a’zosi 
tanlab olgan muammosini yozib, mustaqil ravishda tahlil etadi.
 yakka tartibdagi faoliyat tugagandan so‘ng har bir o‘quvchi 
bajargan 
tahliliy ishini barchaga o‘qib eshittiradi; 
 muammolar va ularning echimi bo‘yicha jamoaviy fikr 
almashiladi; 
 himoyadan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulotga yakun yasaydi.
Kichik guruhlarga 
qiziqarli ishlari uchun minnaddorlik bildiradi. 
Bunday texnologiya bilan o‘tkazilgan mashg‘ulot natijasida
o‘quvchilar 
qaysidir muammoni echishdan avval uning sababini
aniqlanishi kerakligini, keyin esa ularga zarur bo‘lgan uslub
va usullarni tanlashi hamda o‘z harakatlarini aniq belgilab 
olishlari kerakligini bilib oladilar.
3. Loyihalash texnologiyasi
(juftlik, kichik guruhlar, jamoada o‘quv loyihalarini tayyorlash). 
Loyiha metodi – bu ta’lim oluvchilarning individual yoki
guruhlarda 
belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot 
yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va amalga oshirish ishlarini olib


borishidir. Bu metodda ta’lim oluvchilar rejalashtirish, qaror
qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish
va natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyiha 
ishlab chiqish yakka tartibda yoki guruhiy bo‘lishi mumkin, lekin 
har bir loyiha o‘quv guruhining birgalikdagi faoliyatining
muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda ta’lim oluvchining 
vazifasi belgilangan vaqt ichida 
yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki boshqa bir topshiriqning 
echimini topishdan iborat. Ta’lim oluvchilar nuqtai-nazaridan
topshiriq murakkab bo‘lishi va u ta’lim oluvchilardan mavjud
bilimlarini boshqa vaziyatlarda qo‘llay olishni talab qiladigan 
topshiriq bo‘lishi kerak.
Loyiha o‘rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni
amaliyotga tadbiq etishi, ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil 
rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini 
yarata oladigan bo‘lishi kerak.
1. O‘qituvchi loyiha ishi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqadi.
Ta’lim 
oluvchilar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma
materiallar asosida topshiriqqa oid ma’lumotlar yig‘adilar.
2. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini ishlab chiqadilar.
Ish 
rejasida ta’lim oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan
vaqt va texnologik ketma-ketligini, material, asbob-uskunalarni 
rejalashtirishlari lozim.
3. Kichik guruhlar ish rejalarini taqdimot qiladilar. Ta’lim oluvchilar
ish rejasiga asosan topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror qabul 
qiladilar. Ta’lim oluvchilar o‘qituvchi bilan birgalikda qabul
qilingan qarorlar bo‘yicha erishiladigan natijalarni muhokama
qilishadi. Bunda har xil qarorlar taqqoslanib, eng maqbul
variant tanlab olinadi. o‘qituvchi ta’lim oluvchilar bilan 
birgalikda “Baholash varaqasi”ni ishlab chiqadi.
4. Ta’lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil
ravishda 
amalga oshiradilar. Ular individual yoki kichik guruhlarda 
ishlashlari mumkin.
5. Ta’lim oluvchilar ish natijalarini o‘zlarini tekshiradilar.
Bundan 


tashqari kichik guruhlar bir-birlarining ish natijalarini
tekshirishga ham jalb etiladilar. Tekshiruv natijalarini “Baholash 
varaqasi” da qayd etiladi. 
Ta’lim oluvchi yoki kichik guruhlar hisobot beradilar. Ish
yakuni quyidagi shakllarning birida hisobot qilinadi: og‘zaki 
hisobot; materiallarni namoyish qilish orqali hisobot; loyiha 
ko‘rinishidagi yozma hisobot.
6. O‘qituvi ta’lim oluvchilar ish jarayonini va natijalarni
birgalikda 
yakuniy suhbat davomida tahlil qilishadi. O‘quv amaliyoti
mashg‘ulotlarida erishilgan ko‘rsatkichlarni me’yoriy
ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaydi. Agarda me’yoriy 
ko‘rsatkichlarga erisha olinmagan bo‘lsa, uning sabablari 
aniqlanadi.
O‘qituvchi loyiha metodini qo‘llashi uchun topshiriqlarni ishlab 
chiqishi, 
loyiha ishini dars rejasiga kiritishi, topshiriqni ta’lim
oluvchilarning imkoniyatlariga moslashtirib, ularni loyiha ishi
bilan tanishtirishi, loyihalash jarayonini kuzatib turishi va
topshiriqni mustaqil bajara olishlarini ta’minlanishi lozim. Loyiha 
metodini amalga oshirishning uch xil shakli mavjud:
4. Modulli ta’lim texnologiyasi
(modul va modullar dasturi) 
Modulli o‘qitish – o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri 
hisoblanadi, chunki u ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini 
va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi 
moslashgandir.
An’anaviy ta’limda o‘quv maqsadlari pedagog faoliyati orqali 
ifodalangan ya’ni bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, modulli
o‘qitishda ta’lim oluvchilar faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy 
faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Ushbu jadvalning tahlili shuni ko‘rsatadiki, modulli
texnologiyaga 
asoslangan ta’lim an’anaviy ta’limdan o‘qitish usullari va
vositalari uni tashkil etish va natijalari bilan sezilarli farq qiladi.
Modulli o‘qitish ta’limning quyidagi zamonaviy masalalarini
har 
tomonlama echish imkoniyatini yaratadi. modul – faoliyatlik
asosida o‘qitish mazmunini optimallash va 


tizimlash dasturlarni o‘zgaruvchanligi, moslashuvchanligini 
ta’minlaydi;
o‘qitishni individuallashtirish; amaliy faoliyatga o‘rgatish va
kuzatiladigan xarakterlarni baholash darajasida o‘qitish 
samaradorligini nazorat qilish; kasbga qiziqtirish asosida
faollashtirish mustaqillik va o‘qitish 
imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish. Modulli o‘qitish 
samaradorligi quyidagi omillarga bog‘liq: ta’lim muassasasining 
moddiy-texnik bazasi;
malakali o‘qituvchilar tarkibi darajasi;
o‘quvchilar tayyorgarligi darajasiga;
kutiladigan natijalar bahosiga;
didaktik materiallarning ishlab chiqilishiga;
modullar natijasi va tahliliga.
Modulni o‘qitishning samaradorligini oshirishga erishish uchun 
o‘qitishning quyidagi usullarini qo‘llash mumkin:
muammoli muloqotlar;
evristik suhbatlar;
o‘quv o‘yinlar;
loyihalash va yo‘naltiruvchi matnlar va hokazo.
O‘quv materialining o‘zlashtirilishiga mashg‘ulotlar paytida
modulning 
amaliy ahamiyati qay darajada ochib ko‘rsatilganligi modul 
mazmunining boshqa modullar bilan bog‘liqligi shu modulni
o‘rganishdagi o‘quvchilarning bir xil xatoliklari tahlili muhim 
ahamiyatga ega.
5. Hamkorlikdagi ta’lim texnologiyasi (komandada o‘qitish, kichik
guruhlarda o‘qitish).
Komandada o‘qitishda o‘quvchilar teng sonli ikkita komandaga 
ajratiladi. 
Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda
a’zolari o‘quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o‘quvchi 
mavzudan ko‘zda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni 
o‘zlashtirishga e’tiborni qaratadi. Hamkorlikda o‘qitish 
texnologiyasi mualliflaridan biri bo‘lgan R.Slavinning 
ta’kidlashicha, o‘quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish 
uchun ko‘rsatma berilishi etarli emas. O‘quvchilar o‘rtasida tom 
ma’nodagi hamkorlik har bir o‘quvchining qo‘lga kiritgan 
muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish 


hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur.
Mazkur texnologiyada o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish
sifatini aniqlashda 
ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o‘quvchining kundalik 
natijasi avval qo‘lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. 
SHundagina o‘quvchilar o‘zining dars davomida erishgan natijasi
komandaga foyda keltirishni anglagan holda mas’uliyatni his 
qilib, ko‘proq izlanishga, bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta 
o‘zlashtirishga intiladi. 
Kichik guruhlarni hamkorlikda o‘qitish. 
Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta tinglovchidan tashkil topadi. 
O‘qituvchi 
avval mavzuni tushuntiradi, so‘ngra tinglovchilarning mustaqil 
ishlari tashkil etiladi. O‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlari 4 
qismga ajratilib, har bir tinglovchi topshiriqning ma’lum qismini 
bajaradi. Topshiriq yakunida har bir tinglovchi o‘zi bajargan
qism yuzasidan fikr yuritib, o‘rtoqlarini o‘qitadi, so‘ngra guruh 
a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.
O‘qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test 
savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi. 
Tinglovchilarning kichik guruhlardagi o‘quv faoliyati o‘yin (turnir, 
musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi 
mumkin. 
Nazorat savollari
1. O‘qitadigan faningizdan hamkorlikda o‘qitish
texnologiyalaridan 
foydalanish uchun zarur bo‘lgan o‘quv topshirig‘ini tuzing.
2. Hamkorlikda o‘qitishning turlarini aniqlang va unga mos
holda o‘quv topshirig‘ini tuzing. 
3. Loyihalash texnologyasining afzalliklari va kamchiliklari 
nimalardan 
iborat? 
4. Qaysi mavzularni o‘rganishda modulli ta’lim
texnologiyasidan 
foydalanasiz? 
o‘quv faoliyati o‘yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda 
ham tashkil etilishi mumkin. 
Nazorat savollari


1. O‘qitadigan faningizdan hamkorlikda o‘qitish
texnologiyalaridan 
foydalanish uchun zarur bo‘lgan o‘quv topshirig‘ini tuzing.
2. Hamkorlikda o‘qitishning turlarini aniqlang va unga mos
holda o‘quv topshirig‘ini tuzing. 
3. Loyihalash texnologyasining afzalliklari va kamchiliklari 
nimalardan 
iborat? 
4. Qaysi mavzularni o‘rganishda modulli ta’lim
texnologiyasidan 
foydalanasiz? 

Yüklə 53,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə