4-mavzu: qushlar sinfining umumiy tavsifi va sistematik sharhi. Qushlar ekologiyasi (2 soat) Reja


 Qushlar ekologiyasi va ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyati



Yüklə 49,08 Kb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü49,08 Kb.
#145165
1   2   3   4
4-mavzu qushlar sinfining umumiy tavsifi va sistematik sharhi.

5. Qushlar ekologiyasi va ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Qushlarning yashash sharoiti nixoyatda xilma-xil va yer sharida eng keng tarqalgan xayvonlar xisoblanadi. 31-32 shimoliy kenglikda va Antarktidaning ichki qismida xam qushlar uchraydi. Osiyo tog’larining dengiz satxidan 4700 metr balandligida tasqaralar yashaydi. Pingvinlar esa 20 m chuqurlikgacha sho’ng’iydi. Uchish qobilyatiga ega bo’lishligi va gavda temperaturasining yuqori xamda doimiy bo’lganligi sababli qushlar turli xil muxit faktorlariga kamroq bog’liqdir. Yashash sharoitiga qarab xamma qushlar quyidagicha ekologik gruppalarga bo’linadi.
1. Daraxtlarda yashovchi qushlar xayotini ko’p vaqtini daraxtlarda va butalarda o’tkazadi. Bularning gavdalari cho’ziq, yon tomondan biroz qisilgan, oyog’i kalta, tirnoqlari o’tkir. Barmoqlari to’rtta bo’ladi. Uchtasi oldinga, bittasi orqaga yoki ikkitasi oldinga, ikkitasi orqaga qaratilgan bo’lib, orqa barmog’i doimo yaxshi rivojlangan bo’ladi.
2. Ochiq yerda yashovchi qushlar odatda ko’p vaqtini yerda o’tkazadi va qadam bosib yugurib xarakat qiladi. Bularning gavdasi katta pishshiq va keng qanoti kalta, serbar bo’ladi oyog’i kuchli orqa barmog’i ko’pincha yo’q, bo’yni uzun bo’ladi. Bu gruppalarga kiruvchi qushlarning pat qatlami siyrak deyarli yo’q. Dum usti bezlari deyarli yo’q, yoki kam rivojlangan. Ochiq yerda yashovchi qushlarga bulduruqlar, tuvaloqlar, tuyaqushlar kiradi. Bularning uyalari doimo yerda joylashadi.
3. Botqoqlikda yashovchi qushlar odatda botqoqlarda nam qo’riqlarda va suv bo’ylarida yashaydi. Bularning oyoqlari va barmoqlari orasida to’liq suzgich pardasi yo’q. Oyog’ining boldir tsevka qismi pat bilan qoplanmagan. Bo’yni va tumshug’i uzun dumi kalta bu gruppaga ko’tonlar, turnalar, laylaklar, suvmashoqlar, ko’pchilik loyxo’raklar kiradi.
4. Suvda suzuvchi qushlarning hayoti albatta suv bilan bog’langan. Bular suvda yaxshi suzadi va shung’iydi. Gavdasi yalpoq, oyoqlari tananing keyingi qismida joylashgan. Barmoqlarining orasida suzgich parda bor. Dum usti bezlari yaxshi rivojlangan. Patlari zich bo’lib, pati juda ham ko’p. Dumi ancha kalta. Bu gruppaga o’rdaklar, g’ozlar oqqushlar, sakkoqushlar, qaravaylar, qo’ng’irlar, qayralar, pingvinlar, baliqchilar va boshqalar kiradi.
Ovqatlanishi. Qushlarning geografik tarqalishi, yashash joylariga taqsimlanishi, pushtdorligi, avvalo ularnng ovqatlanishiga bog’liq bo’ladi. Qushlarni ovqat yeyishga qarab shartli ravishda quyidagi gruppalarga bo’lish mumkin. Yirtqichlar, o’limtikxo’rlar, baliqxo’rlar, hasharotxo’rlar, donxo’rlar va mavaxo’rlar.
Yirtqichlar kunduzgi yirtqich qushlar bilan yapaloqqushlarning juda ko’p turlari hamda chumchuqsimonlardan karqo’noq kiradi. Bularni tumshug’ini uchi qayrilib, ilmoq hosil qilgan va changalli tirnoqlari kuchli bo’lib, boshqa qushlarni sut emizuvchilar va sudralib yuruvchilarni tiriklayin tutib yeydi.
O’limtikxo’r qushlarga Amerika tasqaralari, eski dunyo tasqaralari va jo’rchilar kiradi. Ba’zi burgutlar bo’ronqushlarning maxsus moslamalari bo’lmasa ham shartli ravishda shu gruppalarga kiritiladi. Bu gruppaga kiruvchi qushlar tabiat sanitarlari deb ataladi.
Baliqxo’r qushlarga pingvinlar, qo’ng’irlar, sakkoqushlar, qaravaylar, baliqchilar, yirtqichlardan skopa va suv burgutlari kiradi. Bu qushlar suvda baliq tutishga turlicha moslashadi. Hasharotxo’r qushlar gruppasiga juda ko’p qushlar kiradi. Masalan: ko’rkanaklar, tentakqushlar, jarqaldirg’ochlar, qizilishtonlar, juda ko’p chumchuqsimonlar (qaldirg’ochsimonlar, dumparastlar, moyqutlar, chittaklar). Bularning tumshuqlari ingichka ba’zan uzun, ba’zan esa kalta (havoda tutuvchilarda bo’ladi).
Donxo’r qushlarga avvalo chumchuqsimonlar, v’yuroklar oilasi, bulduruqlar, kaptarlar, to’qay chumchuqlari kiradi. Bularaning tumshuqlari konussimon bo’lib, donni maydalashga moslashgan. Donxo’r qushlar bolalarini hasharotlar bilan boqadi. Nixoyat, mevaxo’r qushlarga tropik o’rmonlarda yashaydigan to’tilar, tukanlar, ba’zi kaptarlar kiradi. Bularning tumshuqlari kuchli bo’ladi. Yilning fasllariga qarab qushlarning ovqat ob’ekti o’zgarib turadi. Masalan: butun yoz davomida hasharotxo’r bo’lgan ba’zi qushlar qish faslida don bilan ovqatlanishga o’tadi. Qizilqum tog’larida yashaydigan kaklik yozda hsharotlar bilan ovqatlanadi va xokazo.
Ko’payishi. Xar xil xususiyatlari bilan harakterlanadi. Ba’zi qushlarning uzoq yillar davomida erkagi bilan urg’ochisi doimiy birga yashaydi. Bu xodisa “monogamiya” deb ataladi. Yana bir gruppa qushlarda poligamiya xodisasi kuzatiladi, ya’ni bitta erkagi gala urg’ochilar bilan yashaydi va ularni urug’lantiradi, masalan, tovuqlar. Qushlarda erkagi bilan urg’ochisi tashqi ko’rinishidan farq qiladi bu xodisaga jinsiy deformizm deyiladi. Ba’zi qushlarning erkagi urg’ochisiga nisbatan katta, rangi tiniq, xarxil ranglarga bo’yalgan (tovuqsimonlar, o’rdaklar) boshqalarida urg’ochilari erkagidan katta bo’ladi (kunduzgi yirtqich qushlar). Yana bir xillarida esa jinsiy demorfizm namlyon bo’lmaydi (mayna, qarg’alar, ko’kqarg’a). Ko’pchilik qushlarda ko’payishidan oldin va ko’payish vaqtida tok (kunarg’a) deb ataladigan xodisas yuz beradi. Bu vaqtda erkaklarining patlari o’zgaradi xar xil ovozlar chiqaradi, sayraydi turli xil maqomga uchadi, o’yinlar qiladi. Bularning xammasi urg’ochisining e’tiborini o’ziga jalb qilishga mo’ljallangan. Qushlar odatda bir yilda bir marta ko’payadi, ba’zilari esa 2-3 marta ko’payadi. Qayralar yirik yirtqichlar, bitta; kaptarlar, turnalar, ikkita, baliqchilar, bulduruqlar uchta, loyxo’raklar, turnalar, to’rtta chumchuqsimonlar 4-6, tovuqsimonlar 16-26 tagacha tuxum qo’yadi. (qayra, bizg’aldoq, chigirtchilar, tentakqushlar).
Uyasini oddiygina chuqurcha shaklida quradigan qushlarga baliqchilar, tovuqsimonlar kiradi. Ba’zi qushlar o’z uyalarini yerlarga quradi (kurkanaklar, ko’kqarg’alar). To’rg’aylar o’z uyalarini kosacha shaklida qurib yerga joylashtirsa boshqa chumchuqsimonlar, yirtqichlar, buta va daraxt shoxlariga qo’yadi. Qizilishton, chittaklar va sorlar o’z uyalarini daraxt kovaklariga qo’yadi. Poligam qushlarda tuxumlarni urg’ochisi bosadi. Amerika va Avstraliya tuyaqushlarida esa faqat erkagi tuxumlarini bosadi.
Bir gruppa qushlar esa faqat(tuyaqushlar, qozsimonlar, tovuqsimonlar, baliqchilar, loyxo’raklar) oxirgi tuxumini qo’yib bo’lganidan keyin bosadi. Bu qushlarning jo’jo’lari inkubatsiyaning oxirida bir kun davomida tuxumdan ochib chiqadi.
Ikkinchi gruppa qushlar (yirtqich qushlar, rakshasimolnlar, kaptarsimonlar va chumchuqsimonlar). Brinchi tuxumini qo’ygan kunidan boshlab bosadi. Buning natijasida uyada jo’jalar xar xil katta bo’ladi. Tuxumni bosish yoki inkubatsiya davri turli qushlarda turlicha, lekin xar bir tur uchun ma’lum inkubatsiya davri bo’ladi. Kichik chumchuqsimon qushlarda inkubatsiya davri 12-14 sutkaga teng. Qarg’alar 17, miqqiy - 28, burgut - 42, qirg’ovul 21-25, o’rdaklar 28 kun davomida bosib yotadi.
Qushlar tuxum ochgan jo’jalarini nechog’li rivojlangan bo’lishiga qarab ikkita gruppaga bo’linadi. Jo’jali va jishbolalilar. Jo’jali qushlarning bolalari tuxumdan rosa yetilgan ko’z quloqlari ochilgan va terisi qalin par bilan qoplangan bo’ladi va ota-onasining orqasidan yurib donlay oladi. Bu gruppaga tuyaqushlar, baliqchilar, tovuqsimonlar, g’ozsimonlar, tuvaloqlar kiradi. Jish jo’jali qushlarning bolasi tuxumdan chiqqanda yetilmagan ko’z qulog’i ochilmagan terisi patsiz yoki siyrak pat bilan qoplangan, o’z xolicha ovqat yeya olmaydigan va ota-onasining zo’r parvarishiga muxtoj bo’ladi. Bularga chumchuqsimonlar, kaptarlar, kukqarg’alar kiradi. Baliqchilar kunduzgi yirtqichlar va bulduruqlar jo’jali va jishbolali qushlar o’rtasida oraliq xolatini egallaydi. Bolalari tuxumdan chiqsada, ota-onalarining parvarishiga muxtoj bo’ladi. Umuman qushlar o’z bolalarini yaxshi ucha olguncha va mustaqil yashay olguncha o’z ximoyasiga olib yuradi.
Qushlarning migratsiyasi. Qushlar territoriyaga yoki kelib ketishiga qarab uchta gruppaga bo’linadi.
1. O’troq qushlar yil davomida ma’lum teritoriyada yashaydi. Ya’ni o’z teritoriyasini tashlab keta olmaydi. Bunday qushlarga qirg’ovul, kaklik, kichik musicha, mayna, qizilishton va boshqalarni kiritish mumkin.
2. Ko’chmanchi qushlar-ko’payish mavsumidan keyin noaniq yo’nalishlarga qarab bir necha kilometr masofaga ko’chib boradi, lekin o’zining ko’paygan zo’nasini tashlab ketmaydi. Bu guruppaga snegirlar, dehqon chumchuqlar va boshqalar misol bo’la oladi.
3. Kelib ketuvchi qushlar, qishlash uchun ko’paygan joylarini tashlab ming kilometrdan uzoqqa, ya’ni tabiiy geografik zonalarga uchib ketadi.
MDH da yashayotgan qushlarning aksariyat ko’pchiligi kelib ketuvchi qushlar hisoblanadi. Kelib ketuvchi qushlar yoki migratsiya qiluvchi qushlarni soni shimolga borgan sari oshib boradi. Bu qushlar yilda ikki marta kuzda qishlash joyiga qarab, bohorda esa uya qurgani yoki tug’ilgan joyi tomon migratsiya qiladi. Kuzgi migratsiya vaqtida qushlar o’rtacha tezlikda uchadi va vaqti-vaqti bilan dam oladi. Kichik chumchuqsimonlar migratsiya vaqtida bir sutkada 50-100 km. tezlikda uchadi. Samalyotda va radar yordamida kuzatish shuni ko’rsatadiki ko’pchilik qushlarning migratsiyasi 450-750 m. balandlikda o’tadi. Baland tog’larda esa bu qushlar dengiz satxidan 6-9 km. balandlikda uchib o’tgani kuzatilgan. Migratsiya qiluvchi qushlar migratsiyasidan oldin juda intensiv ovqatlanadi va anchagina yog’ zapasni to’playdi, yog’ parchalanganda ko’p miqdorda energiya ajraladi. Migratsiyadan oldin yog’ zapasi ba’zi qushlarda tana og’irligini 30-35% ni tashkil qiladi. Bu protses organizmni yillik fiziologik ritmikasi, yashash sharoitini mavsumiy o’zgarishi kunning yorug’lik, soat o’zgarishi ovqat zapasini va temperaturaning o’zgarishiga bog’liq. Bu o’zgarishlar yig’ilib qushlarning migratsion xolatini aniqlaydi. Migratsiya qiluvchi va ko’chmanchi qushlarning ko’pchiligida tug’ilgan joyiga yoki uyasiga qaytib kelishi uya konservatizi xususiyati deyiladi.
Migratsiya vaqtida qushlarning orentatsiya, ya’ni adashmasdan kerakli umumiy yo’nalishni aniqlaydigan tug’ma migratsion instinktiv sabablari to’liq aniqlanmagan. Kelib ketuvchi qushlarda migratsiya uchun kerakli umumiy yo’nalishni aniqlaydigan tug’ma migratsion instinkt bo’ladi. Eksperemental tekshirishlar va dala kuzatishlarida ma’lumki migratsiya qiluvchi qushlar Astronavigattsiyaga qobilyatlidir, ya’ni migrtssiya vaqtida quyosh, oy va yulduzlarning xolatiga qarab, kerakli yo’nalishlarni tanlaydi. Yomg’ir yoqqanda, xavoda bulut bo’lganda yoki planetariy tajribalarda osmon yulduzlarining tabiiy xolatini o’zgartirilganda migratsiya qiluvchi qushlarning orentatsiyasi keskin yomonlashadi. Qush tomonidan migratsiya vaqtida tanlangan umumiy yo’nalish ko’rish organi ko’z yordamida bajariladi. CHunki migratsiya vaqtida qushlar odatlangan landshaftlar, daryo oqimi, o’rmonlar, dengiz qirg’oqlari bo’ylab uchadi. Gala bo’lib uchish xam migratsiya vaqtida ancha qo’l keladi. CHunki galadagi qushlarning bazilari bu yo’lni avval uchib o’tgan bo’ladi. Lekin ko’pchilik qushlarning bolalari o’zlari mustaqil birinchi bo’lib uchib ketadi (ba’zi chumchuqsimonlar, yirtqichlar).
Rossiyaning Yevropa qismidagi qushlar Afrikaning g’arbiy tomonida, markaziy qismida yashaydigan qushlar sharqiy Afrikada, sharqiy qismida uya qo’yuvchi qushlar esa Hindiston va Janubiy Osiyoda qishlaydi. Qushlarning migratsiyasini o’rganishda asosan xalqalash metodidan keng qo’llaniladi, ya’ni qushning uyadagi jo’jasini yoki ushlangan qushning oyog’iga yengil metaldan yasalgan xalqa taqiladi. Xalqaga nomer va xalqalangan tashkilotning shakliy belgisi yoziladi. Xalqalash bo’yicha to’plangan barcha ma’lumotlar Rossiyani xalqalash markaziga yuboriladi. Xar yili dunyo miqyosida bir millionga yaqin qush xalqalanadi. Qushlarni ommaviy ravishda xalqalash natijasida ko’pgina turlarini uya konservatizmi yo’nalish va uchish tezligi, qishlash joylari, umri, o’limi, jinslari juftligi doimiyligi kabi masalalar aniqlanadi.
Qushlarning amaliy ahamiyati. Qushlarning inson xo’jalik faoliyatidagi ahamiyati juda katta va nixoyatda xilma-xildir. Ko’pgina turlari qadimdan va xozirgi kunga qadar odam tomonidan xonakalashtirilgan va ulardan go’sht, tuxum, tivit kabi maxsulotlar olinadi. Yovvoyi turlari esa qishloq xo’jaligi baliqchilik va ovchilik xo’jaligida xamda sog’likni saqlash va aviatsiyada katta rol o’ynaydi.
Qushlarning qishloq va o’rmon xo’daligidagi axamiyati. Dalachilik, polizchilik, bog’dorchilik va o’rmonchilik xo’jaliklarida ko’pchilik qushlar zararli xashorotlar va kemiruvchilarni qirib, qishloq va o’rmon zo’jaligiga juda katta foyda keltiradi. Bularga chittaklar, moyqutlar, dumparastlar zarg’aldoqlar, kakku, olaqizilishtonlar, ko’kqarg’a, miqqiy, sor, kuykinak, baliqchi va ko’pgina boshqa qushlar misol bo’la oladi. Soch yoki ola chug’urchuqning bitta koloniyasi kaptarlar Meklenburtsevning malumotlariga ko’ra O’rta Osiyoda bir oy mobaynida ko’payish vaqtida 100000 ming dona chigirtkani qiradi. SHu bilan birga, ola chug’urchuq bolalarini ochib chiqqandan keyin gilos, olxo’ri va uzumzorlarga xujum qilib ancha zarar yetkazadi. M,D.Zverevning xisoblariga ko’ra Novosibirsk shaxri atrofida qora chug’urchuqning bitta oilasi bir uya davrida 7800 dona may qo’ng’izi va ularning lichinkalari bilan ovqatlangan. Yoki miqqiy xar kuni uyasiga 10 dona kemiruvchilarni (yumronqoziq, va sichqon) keltiradi yoki bir oy davomida, ya’ni bolalarini boqish davrida bir juft miqqiy 270 ta kemiruvchilarni qiradi. Shu keltirgan misollarni o’zi qushlarni qo’riqlash va ularni sonini oshirish qanchalik zarur ekanligini ko’rsatadi. Ayniqsa ko’payish vaqtida qushlarni bog’, park, polizlarga, jalb qilish nixoyatda zarur. Chunki bu davrda ularning faoliyati keskin oshadi. Buning uchun sun’iy uyalar yasab erta baxorda kerakli joylarga osib qo’yiladi. Sun’iy uyachalarni o’lchamini qushlarning o’lchamiga qarab tavsiya etiladi. Masalan, chittak, kulrang pashshaxo’r burma bo’yin, dala chumchuqlari uchun yasalgan uychani ichki devorlari orasidagi masofa 10-12sm, ichki balandligi,17 sm. Kirayotgan teshikdan uychaning orasidagi masofa 3 , 4, 5sm. bo’lsa, chug’urchuq, sasiqpo’pishak boyo’g’li uchun yuqoridagilarga muvofiq 13-15 bo’lishi lozim. Zag’cha, ko’kqarg’a, miqqiy qushlar uchun muofiq ravishda 16-18, 22,5,7,9,2,5,bo’yicha tavsiya etiladi. Qushlarning qishloq va o’rmon xo’jaligiga juda katta foyda keltirishi bilan birga, don xo’jaliklariga sezilarlik darajada zarar keltiradi. Masalan, dala ispan chumchuqlari Qozog’istonda katta kaloniyalar xosil qilib uya quradi va dehqonchilikka zara yetkazadi.
Qushlar va aviatsiya. Aerodromda ovqatlanayotganda va uning atrofida uya qilayotgan qushlar ba’zi xollarda qo’nayotgan va yerdan uchayotgan samalyotlar bilan to’qnashadi. Samalyotlar uchun baliqchilar, kaptarlar uchayotgan o’rdaklar, kunduzgi yirtqichlar va maynalarning katta galalari nixoyatda xavfli hisoblanadi. Bunday noxush voqealarni oldini olish maqsadida odatda aerodromlarning ornitologik xolati o’rganiladi. Yirtqich qushlarning silueti o’rnatiladi. Optik shishali sharlar osib qo’yiladi. Kunduz kunlari ham faralari yoqilgan xolatda qo’nishi va yerdan ko’tarilishi yaxshi samara beradi.
Ovlanadigan qushlar. Rossiya qush ovlash bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallaydi. Mamlakatimiz bo’yicha 150 tur qushlar ov qilinadi. SHulardan eng ko’pi g’ozsimonlar va tovuqsimonlar xisoblanadi. Hozirgi vaqtda 40-50 million dona qush tutiladi. G’ozsimonlar asosan g’arbiy sibir va shimoliy qozog’istonda tutiladi. Tutilayotgan qushlarning eng ko’pini (70%) oq kuropatka, ryabchik (6%) qur (5%) tashkil qilsa qolganini ko’k quropatka qirg’ovullar tashkil qiladi. Bulardan tashqari qushlar ilmiy va estetik axamiyatga egadir. CHunki ular go’zal tabiatimizning ajralmas qismi. Ular o’zining go’zalligi xarakatchanligi va yoqimli ovozi bilan inson uchun foydalidir.
Yuqorida aytilganlardan shu narsa aniqki aksariyat ko’pchilik qushlar inson xayoti uchun nixoyatda foydalidir. Shu sababli ularni xar tomonlama mxofaza qilish kerak. YUNESKOning tashabbusi bilan 1948 yil 5 oktabr tabiat va tabiiy boyliklarni ximoya qilish xalqaro uyushmasi tuzildi. Hozir bu uyushmaga 40 ta mamlakat kiradi. Shu uyushmaning shartnomalariga ko’ra davlatlar o’rtasida soni kamayib borayotgan, xayoti xavf ostida qolgan qushlar va ularning qishlash xamda uya qo’yish joylari qo’riqlanadi. Uyushmaning tashabbusi bilan 1983 yilda “O’zbekisiston qizil kitobiga” bizda yashayotgan qushlardan sakkoqushlarning ikki turi Turkiston oq laylagi, qoralaylak, qizilqanot shipun oqqushi, oqqush, kichik oqqushi, marmarli churrak alqa, skopa, uzun dumli burgut, oq dumli burgut, cho’l burguti,qiron qora burguti, bolta yutar, qumay ilonxo’r burgut, yo’rg’a tuvaloq, oqbovur, osiyo loyxo’ragi, va cho’l chumchug’i kiritilgan hammasi bo’lib 31 tur.
Uy parrandalari. Xo’jalik maqsadlarii (go’shti, tuxumi pati va pari) aloqa bog’lash (kaptar orqali xavo pochtasi) yoki estetik talablarini qondirish (dekarativ qushlar ishqibozligi uchun asranadigan zotlar) uchun qo’liga o’rgatib ko’paytiriladigan qushlardir. Qushlarni xonakilashtirish odamlar tomonidan ma’lum maqsadlar uchun qadimgi zamonlardan boshlangan. Hamma xonaki tovuq zotlarining ajdodi bo’lib Hindiston, Birma va Malay orollari o’rmonlarida tarqalgan bankiv tovug’i hisoblanadi. Bu tovuqni xonakilashtirish eramizdan bir necha ming yil avval Hindistonda keyin Yevropada boshlangan. Odam parvarish qilish va tanlash natijasida juda ko’p xonaki tovuq zotlari yaratildi. Rossiyada yetishtirilgan tovuq zotlaridan Ukraini ushankasi, mosk va tovuqlari rus oq tovug’i legora, langshang, liandont, n’yugempship va boshqalarini olish mumkin. Kurkalar ham eramizdan ancha oldin Meksikalik hindlar tomonidan Shimoliy Amerikada tarqalgan yovvoyi kurkadan xonakilashtirilgan. Bir necha yuz yil muqaddam yaponiyada bedananing maxalliy formasi xonakilashtirildi. Xozirgi vaqtda bedananing xar biridan Yevropa va Amerika yiliga 300 ta tuxum omoqda. Bu bedananing go’shti va tuxumi parxez ovqat hisobida ishlatiladi. Xonaki o’rdak zotlari yovvoyi o’rdaklardan yetishtirilgan. G’ozlarni xonakilashtirish ikki ildizdan boshlanadi. G’arbiy Yevropa zotlari Yevropa va Osiyoning Shimoliy va O’rta mintaqalarida tarqalgan yovvoyi ko’k g’ozdan yetishtirilgan. Oyoqlari tumshug’i qora va tumshug’ining ostida bo’rtmasi bo’lgan Xitoy g’ozlari Sharqiy Sibir, Kichik Osiyo va uzoq Sharqda tarqalgan Yovvoyi Xitoy g’ozidan kelib chiqqan. Xonaki kaptarlarning juda ko’pchilik zotlari Yovvoyi ko’k kaptardan kelib chiqqan. Kaptar zotlari dekarativ pochta va go’sht beruvchi, zotlar guruppasiga bo’linadi.

Yüklə 49,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə