4-Mavzu: ikki jahоn urushi va urushidan kеyingi yillarda хalqarо munоsabatlar.(1945-2010yy.)


partiyalari o’rtasidagi transnasional xamkorliklari keng ko’lamda faoliyat



Yüklə 334,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü334,23 Kb.
#163470
1   2
4-Maruza


partiyalari o’rtasidagi transnasional xamkorliklari keng ko’lamda faoliyat 
yurgizmoqda. G’oyaviy nuqtai nazarlari bir-biriga mos keladigan partiyalarning 


raxbarlari partiyalarga xalqaro tus berishga, ularni xalqaro maydonda jipslashtirish 
va koordinasiya qilishga harakat qilishmoqda. Bunga shu holat guvohlik beradiki, 
1961 yilda tarkibiga turli davlatlardagi sentristik partiyalarni o’z ichiga olgan 
Butunjahon xristian Demokratik Ittifoqi tashkil topgan edi. 1983 yilda G’arbiy 
Yevropa davlatlaridagi Konservativ partiyalarni, AQShning Respublikachilar 
partiyasini, 
Yaponiyaning 
Liberal-demokratik 
partiyasi 
va 
Avstraliya 
konservatorlarini birlashtirgan Xalqaro Demokratik Ittifoq ham tashkil topgan edi. 
Hozirgi davr jahon siyosatidagi asosiy omillardan biri sifatida xar yili o’tkazib 
turiladigan "Katta sakkizlik'' yig’inlarini ta’kidlab o’tishimiz mumkin. "Katta 
sakkizlik»ga AQSh, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Italiya, Kanada va 
Rossiya kabi industrial jihatdan taraqqiy etgan davlatlar kirib, bu davlatlarning 
boshliqlari har yili iqtisodiyot va tashqi siyosatning muxim masalalari yuzasidan 
fikrlashib, muammolarni bartaraf qilish uchun to’planadi. Sakkizlikning bu 
yig’inlarida asosiy diqqat-e’tibor iqtisodiy o’sishni ta’minlash, tashqi iqtisodiy 
aloqalardagi izdan chiqqan muvozanatni tiklash, inflyasiya, ishsizlik va boshqa 
muammolarga e’tibor beriladi. Harbiy-strategik, tashqi siyosiy va boshqa masalalar 
ham muhim o’rin tutadi. 
Yevropadagi integrasion jarayonlar boshqa hududlardagiga nisbatan muvaffaqiyatli 
kechdi. 1948 yilga keliboq Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg 
o’rtasida "Bryussel Pakti" ("G’arbiy Ittifoq") deb nom olgan xujjat imzolangan 
bo’lib, bu Shartnoma harbiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda hamkorlik 
qilishni ko’zda tutgan edi. O’sha yilning may oyida Yevropani birlashtirish g’oyasini 
ilgari surgan Gaaga Kongressi bo’lib o’tdi, 1949 yilda Yevropa Kengashi tashkil 
topdi. Yevropa Kengashi inson huquqlarini ximoya qilish, Yevropa qit’asida qonun 
ustuvorligi va Parlamentar-demokratiyani ta’minlash, Yevropa davlatlari o’rtasidagi 
shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish va "umumevropaviy ongni 
shakllantirish kabi masalalarga o’z diqqat-e’tiborini qaratdi. Natijada Buyuk 
Britaniya Yevropadagi integrasion jarayonlardan ma’lum bir muddatga uzoqlashgan 
bo’lsa, GFR esa jarayonning faol ishtirokchisiga aylandi. G’arbiy Yevropa 
integrasiyasidagi siyosiy yo’nalish o’rniga, iqtisodiy yo’nalishga asosiy diqqat-
e’tibor qaratildi. 1951 yilga kelib Fransiya Tashqi ishlar vaziri Shuman tashabbusi 
bilan Yevropaning Ko’mir va Po’lat Birlashmasi (YeKPB) tashkil topdi. Bu 
tashkilotga Fransiya, GFR, Italiya va Benilyuks davlatlari a’zo bo’lib kirdi. YeKPB 
bu strategik sohaning xomashyosi va mahsulotining umumiy bozorini vujudga 
keltirdi. Shu tashkilot doirasida millatlar ustidan boshqaruvning mexanizmlari 
muvaffaqiyatli sinovdan o’tdi. 1957 yilda "oltilik" YeKPB bazasida Yevropa 
Iqtisodiy Hamjamiyatini tuzish to’g’risida Rim Kelishuvlarini imzoladi. Bu 
tashkilot a’zo davlatlarning iqtisodiy tizimini integrasiya qilish jarayonlariga e’tibor 
qaratdi. YeIH doirasida bir qator Xalqaro institutlar - Kengash (ministrlar darajasida 
a’zo davlatning veto berish huquqini koordinasiya qiladigan oliy organ), Komissiya 
(asosiy ijro etuvchi organ). Assambleya (konsultativ organ, keyinchalik 
Yevroparlament deb atalgan) va Sud (Oliy arbitraj sud) tashkil etildi. 


Dastlab YeIHga a’zo bo’lgan davlatlarning siyosiy suvereniteti to’la saqlanib 
qolgani holda, integrasiyaning asosiy yo’nalishlari sifatida bojxona bojlaridan asta-
sekinlik bilan voz kechish, moliyaviy qonunchilikni bir xillashtirish va yagona agrar 
siyosatni olib borish kabilar belgilab olindi. Bu vazifalar deyarli 1968 yilga kelganda 
bajarib bo’lingan edi. 60- yillarning oxirlariga kelib G’arbiy Yevropa integrasiyasi 
jarayonlarining ikkinchi bosqichi boshlangan edi. 1969 yilda ''oltilik'' davlat 
rahbarlarining Gaagadagi yig’ilishida Fransiya Prezidenti J. Pompidu "Integrasiyani 
nihoyasiga yetkazish, chuqurlashtirish va kengaytirish" Dasturini ilgari surdi. Shu 
Dastur doirasida 1972 yilda YeIHni kengaytirish amalga oshirildi. Hamjamiyat 
tarkibiga Bugok Britaniya, Irlandiya va Daniya kirdi. Bu jarayon to’xtab qolmadi va 
keyinchalik yana Ispaniya, Portugaliya va Gresiya, 1995 yilning 1 yanvaridan esa 
Avstriya, Shvesiya va Finlyandiya ham qo’shildi. 2007 yil yanvariga kelib Yevropa 
Ittifoqi a’zolarining soni: 27 taga yetdi. 2010 yilga kelib esa YeIH davlatlari soni 28 
taga yetdi. 70- yillarnint boshlaridan Valyuta Ittifoqini tashkil etish va YeIH 
davlatlarining siyosiy integrasiyasini mustahkamlash yuzasidan ham Dasturlar 
ishlab chiqilgan edi. 2002 yildan YoIH davlatlari yagona pul birligi - yevroga 
o’tdilar. 
1974 yilda ro’y bergan iqtisodiy inqiroz va shundan so’ng G’arb Davlatlarining 
butun iqtisodiy va texnologik mexanizmlarida ro’y bergan chuqur transformasiyalar 
tufayli integrasiya jarayonlarida susayish alomatlari sezildi. Shunday bo’lsa-da, 70- 
yillar mobaynida YeIHning qishloq xo’jaligidagi siyosatini ("Yashil Evpopa', 
Dasturi) yanada mustahkamlashga, Yevropada yagona hisob-kitob bir-ligi (EKYu)ni 
joriy etishga va milliy valyutalar kurslarining o’zgarishini koordinasiya qilish 
amaliyotini tatbiq etish kabi masalalarning asoslarini mustahkamlashga erishildi. 
70-80- yillar mobaynida YIHga a’zo davlatlarning texnologiya sohasidagi 
hamkorligi ko’zga ko’rinarli darajada taraqqiy etdi. FAST (texnologik tarakqiyotni 
prognozlashtirish sohasida), ESPRIT (axborotlashtirish tizimi sohasida) va "Evrika" 
(iqtisodiyotning asosiy sohalarida texnologik rivojlantirishning kompleks in-
tegrasiyasi) Dasturlarini amalda tatbiq etish G’arbiy Yevropaning jahonning ilg’or 
markazlaridan biriga aylanishiga imkoniyat yaratdi. 
70- yillarning oxirlariga kelib siyosiy integrasiya sohasida ham ko’zga ko’ringan 
o’zgarishlar yuz berdi. YeIH Kengashining nufuzi ancha ortdi. Kengash ishida, 
asosan, Hamjamiyatta a’zo davlatlarning hukumat va davlat rahbarlari ishtirok eta 
boshlagan edi. 1978 yildan boshlab Yevroparlamentga to’g’ridan-to’g’ri 
saylovlarning o’tkazila boshlashi uning xalqaro tashkilot sifatidagi statusini yanada 
oshirib yubordi. Yuqorida o’tkazilgan tadbirlar 80- yillarning birinchi yarmiga kelib 
irinsipial jihatdan integrasiyaning yangi bosqichi - Yevropa Ittifoqini 
shakllantirishga poydevor yaratdi. Hamjamiyatni strukturaviy jihatdan yangi 
bosqichga ko’tarish uchun bir kator tadbirlarni amalga oshirish jarayonlari nihoyatda 
og’ir kechdi. 1992 yilda Maastrixtda imzolangan Shartnomagina Yevropa 
Ittifoqining shakllanishida muhim qadam bo’ldi. Maastrixt Shartnomasining asosiy 
maqsadi iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, axborot va madaniy sohalarni birlashtirgan 
yagona makonni tashkil etishdan iborat edi. 


1993 yilning 1 yanvaridan boshlab YeI hududlarida yashayotgan 350 mln dan ortiq 
yevropaliklarga YeIga a’zo davlatlar hududlarida erkin harakatlanish huquqi berildi. 
Xizmat ko’rsatish, mahsulot va sarmoyaning yagona bozori shakllandi. Hukumatlar 
qonunchilikni bosqichma-bosqich yagonalashtirishni boshlab yubordi. Yaqin 
kelajakda valyuta tizimlarini batamom birlashtirish, YeI fuqarolarining yagona 
institutini tashkil etish, Yevropa davlatlarining harbiy-siyosiy jihatdan yaqinlashuvi 
va xavfsizlik tizimini yanada mustahkamlash bo’yicha bir qator tadbirlarni o’tkazish 
rejalashtirib qo’yilgan edi. Maastrixt Shartnomasi YeIning keyingi yillarda 
rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini belgilab bergan edi. 
BMTning faoliyati. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda jahon 
hamjamiyatini shakllantirish, xalqaro xamkorlikni rivojlantirish va kengaytirishda 
BMT muhim ahamiyat kasb etdi. Ikkinchi jahon urushi davom etayotgan davrdayoq 
Millatlar Ligasidan farqli o’laroq jahonda xalqaro xavfsizlik vaqtinchalikni 
ta’minlab turishga qodir bo’lgan xalqaro tashkilotni tuzishga harakat boshlangan 
edi. Bu savolga Yakuniy javob 1945 yilning aprelida bo’lib o’tgan San-
Fransiskodagi xalqaro konferensiyada Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ni 
tuzish va uning Nizomini ishlab chiqishga Qaror qabul qilindi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda xalqaro hayotning turli jabhalarida faol 
qatnashgan bir qator yangi ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar tuzildi, 1948 yilda 
BMTning Madaniyat va fanni yuksaltirish muammolari bilan shug’ullanuvchi 
ixtisoslashgan tashkiloti - YuNESKO tashkil etildi. 
Energetika va xomashyoga oid muammolarni hal etishda xalqaro tashkilotlar muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bular orasida yadroviy qurollarining tarqalishini oldini olish va 
atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishni nazorat qilish bilan 
shug’ullanuvchi BMTning Atom energiyasi bo’yicha Xalqaro Agentligi - MAGATE 
muhim o’rin egallaydi. 
BMTning say-harakati bilan inson hukuqlarini ximoya qilish masalasi hozirgi 
davrda xalqaro siyosatning asosiy masalalaridan biriga aylandi. To’g’ri, inson 
huquqlarini himoya qilish Konsepsiyasi jahon siyosati uchun yangilik emas edi. XX 
asr mobaynida bu Konsepsiyani amalga oshirish uchun juda ko’plab ijtimoiy va 
siyosiy partiyalar hamda tashkilotlar u yoki bu shaklda urinib ko’rishgan. Bu 
kurashlar 1948 yilda BMT Bosh Assambleyasida "Inson hukuklari butun 
Umumjahon Deklarasiyasi"ning qabul qilinishi bilan o’zining mantiqiy yakuniga 
yetdi. Ammo, shunday bo’lsa-da, inson huquqlari muammosi XX asrning so’nggi 
o’n yilliklarida nihoyatda ko’p muhokama qilindi. 
BMT rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy muammolarini bartaraf qilishga katta 
e’tibor bilan qaramoqda. BMT Bosh Assambleyasi 1974 yilda yangi xalqaro 
iqtisodiy tartibni joriy etishga doir Deklarasiyasi va Dasturni qabul qildi. 
BMTning davlatlar o’rtasidagi nizolar va ularni bartaraf etish bo’yicha o’tkazgan 
tadbirlari nihoyatda kattadir. 1948-1991 yillar davomida tinchlikni qo’llab-
quvvatlash uchun BMT 23 ta operasiyani amalga oshirdi. BMT Bosh kotibining qo’l 
ostida tanklar, yuk tashuvchi texnika, sun’iy yo’ldoshli aloqa vositalari va boshqalar 


mavjud bo’lib, ko’pgina davlatlar ham bunday imkoniyatlarga ega emas. Hozirgi 
davrda BMT xizmati Yer sharining xoxlagan nuqtasida 50 ming chodir tika oladi 
yoki 1 mln qochoqni oziq-ovqat bilan ta’minlash imkoniyatiga egadir. BMTning 
Oziq-ovqat Dasturi hattoki butun bir davlat aholisining hayotini saqlab qolishga 
qodir. Biroq BMTning oziq-ovqat bo’yicha ko’magi qashshoq davlatlardagi muam-
molarni to’la bartaraf etish imkoniyatini bermaydi. BMTning bu sohadagi faoliyatini 
cheklab turuvchi sabablardan biri bu moliyaviy qiyinchiliklar hisoblanadi. 
90- yillarda BMTning tinchlikni o’rnatishga qaratilgan faoliyatini Namibiya va Fors 
ko’rfazidagi nizolarni bartaraf etishdagi sa’y-harakatlarida ko’rish mumkin. 1990 
yilda BMT Quvaytga hujum qilgan Iroqqa qarshi ko’p millatli harbiy kuchlardan 
foydalanishga sanksiya berdi. Namibiya, mojarosi barcha qarama-qarshi tomonlarni 
muzokaralar jarayoniga tortish orqali qon to’kilmasdan ijobiy bartaraf etildi. BMT 
o’z oldiga qo’ygan majburiyatlarni muvaffaqiyatli ado etib, o’tish davrida 
mamlakatni boshqarish, Namibiya hududida tinchlikni saqlab turish, erkin 
saylovlarning o’tishini va Angola hamda Namibiyadan chet el harbiy kuchlarining 
chiqarilishini nazorat qilish kabi tadbirlarda bosh-qosh bo’ldi. 
Ammo, shu bilan birga, BMT Liberiya, Somali, Ruanda va boshqa nizoli zonalarda 
o’zining zaifligini namoyon etdi. 2011 yil mart oyida BMT Xavfsizlik Kengashi 
Liviyada M. Kaddafi rejimiga qarshi sanksiya qo’llab, unda Liviya Havo kuchlari 
harakatini cheklab qo’yuvchi qaror qabul qildi. Biroq u sanksiya chegarasidan 
chiqib. NATO bloki davlatlari tomonidan Liviyaning havodan bombardimon 
qilinishiga aylanib ketdi. BMT qachonki buyuk davlatlar boshchiligida nizolarni 
bartaraf etish operasiyalarini o’tkazgan bo’lsa, bu tadbirlar ijobiy xal etildi. Agar 
buyuk davlatlar o’rtasida kelishuvchilik yo’q ekan, har qanday tadbir 
muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Ba’zi hollarda BMT tomonidan sanksiyalashtirilgan 
katta harbiy operasiyalar AQSh qo’mondonligi ostida amalga oshirilgan. Jumladan, 
Koreyada 1950-1953 yillarda, Irokda 1990-1991,2003 yillarda, Somalida 1992-
1993 yillarda va 1999 yilda Yugoslaviyadagi harbiy harakatlar hamda 2001 yildagi 
Afg’onistonda' "Tolibonlar" hukumatiga qarshi harakatlar AQSh boshchiligida 
o’tkazilgan. 

Yüklə 334,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə