Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 3-son
301
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va
ijtimoiy soliq stavkalari 12 foizgacha, shu jumladan,
pandemiya davrida 1 foizgacha pasaytirildi. Bu esa
o‘z navbatida, ish haqi fondi bo‘yicha soliq yukining
1,5 baravaridan ko‘proq kamayishiga olib keldi [2].
Mamlakatimizda
soliq sohasida amalga oshi-
rilayotgan qator islohotlar natijasida bugungi kunda
soliq yuki 27 foizgacha tushirildi. Shunday bo‘lsa-
da, soliq qarzdorligi yildan yilga oshib bormoqda.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, tadbirkorlik faoliyatini
tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakl-
lantirish uchun sharoitlar yaratish,
xususiy sektor-
ning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va
eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish maqsadida
2026-yilga borib tadbirkorlik subyektlariga soliq
yuklamasining yalpi
ichki mahsulotdagi ulushini
25 foizgacha kamaytirish vazifasi soliq organlariga
yuklatildi [3].
Davlat budjeti daromadlarining
asosiy qismi
soliqlar va yig‘imlar hisobidan shakllanishi hamma-
mizga ma’lum. Soliqlar va yig‘imlarning o‘z mudda-
tida va to‘liq hajmda tushishi davlat miqyosida
amalga oshirilayotgan
barcha chora-tadbirlarning,
ya’ni budjet va maqsadli jamg‘armalarning xarajat
qismini o‘z vaqtida moliyalashtirishga xizmat qiladi.
Shunga ko‘ra, soliqlarning
belgilangan muddatda
kelib tushishini ta’minlash vazifasi muhim aha-
miyatga ega hamda bu, o‘z navbatida, soliq organiga
katta mas’uliyat yuklaydi.
Shuningdek, soliq to‘lov-
chilarning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha soliq qarz-
dorligini qisqartirish va
kelgusida soliq qarzdorlik-
larining vujudga kelishining oldini olishda zarur
chora-tadbirlar ishlab chiqish bugungi kunning e’ti-
bor beriladigan eng
muhim masalalaridan biri
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: