1.2. Statistika predmeti
Predmet so‘zi bir necha lug‘aviy ma’noga ega.
Statistika predmeti deganda statistika o‘rganadigan obyekt, ya’ni, ommaviy
hodisa va jarayonlarning sifat-miqdor aniqligi, ularning rivojlanish qonuniyatlarini
miqdoriy nisbatlarda yuzaga chiqishi, o‘rganilayotgan obyekt mazmunini
belgilaydigan bilimlar majmuasi nazarda tutiladi. Bu masalaga statistika qo‘llanish
sohalari ham aloqadordir.
Statistika ommaviy hodisa va jarayonlarni
o‘rganadi. Ular biror narsalar to‘plamida va o‘zaro
bog‘langan to‘plamlar orasida kechadi. Bu yerda
hodisa so‘zi jamiyat hayotida, turmushda, tabiatda, bir
so‘z bilan aytganda, moddiy dunyoda haqiqatda
bo‘lgan real voqeani bildiradi. Masalan, oilada bola tug‘ilishi, paxta hosili, ishchilar
soni, yog‘ingarchilik (qor yoki yomg‘ir yog‘ishi), atrof-muhit bulg‘anishi va
hokazolar. Jarayon so‘zi voqealar oqimini, ularning ma’lum makon va zamon
sharoitida qanday tezlikda kyechishini, yuzaga chiqish yoki chiqmasligini,
o‘zgarishini, hodisalar rivojlanishini anglatadi.
Statistika
o‘rganish
obyekti - bu ommaviy
hodisa va jarayonlardir.
Pr
е
dm
е
d
Bizdan tashqarida va ongimizga bog’liq
bo’lmagan mavjudot, buyum narsa;
o’rganilayotgan hodisa, voq
е
a, fakt;
fikr yuritish oby
е
kti, mulo
х
aza mazmunini
b
е
lgilovchi narsa;
muayyan o’quv fani bilimlar majmuasi;
mavzu. Biror narsani t
е
kshirishga yo’llash
sababi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Demak, ommaviy hodisa - biror obyektlar
to‘plamida sodir bo‘lgan voqea, harakat natijasi.
Masalan, O‘zbekiston barcha dehqon va shirkat
ho‘jaliklari tomonidan bir yilda yetishtirilgan paxta
hosili, hamma oilalarda tug‘ilgan bolalar soni,
yoqqan qor va yomg‘ir hajmi, hamma korxona va
avtomobillar tomonidan atmosferaga chiqarilgan
gazlar va hokazolar.
Ommaviy jarayon - bu obyektlar to‘plamida
sodir bo‘lgan voqealar oqimi va uning xarakteri,
ularning rivojlanish darajalari, to‘plama hodisalar
kyechishidagi (harakatidagi) o‘zgarishlar. Masalan,
O‘zbekistonda tug‘ilgan bolalar sonining ko‘payishi,
tug‘ilish darajasining o‘zgarishi, umumiy ekin
maydonida paxta salmog‘ining kamayishi va don
ekinlari ulushining ortishi, Toshkent shahrida korxona va avtomashinalar tomonidan
atmosferaga chiqarilgan gazlar ortishi, yer osti boyliklari zaxirasining o‘zgarishlari va
hokazolar.
Ommaviy hodisa va jarayon bir qator muhim
belgilari bilan ajralib turadi.
Uning muhim belgilaridan biri - ommaviy
hodisa va jarayonda bir qancha mustaqil obyektlar
(to‘plam birliklari) ishtirok etadi. Bu xususiyat
murakkab
obyektlarni
ommaviy
hodisa
deb
qaralganda ham namoyon bo‘ladi, chunki bunday
obyekt bir to‘da yakka elementlardan tuziladi.
To‘plam obyektlari, xuddi shuningdek murakkab obyekt elementlari o‘rganilayotgan
hodisa jarayon uchun muhim bo‘lgan munosabatlar jihatidan bir biriga o‘xshaydilar.
Ayrim obyektlar yoki elementlar uchun xos bo‘lgan o‘xshashlik alomati ular
ichki izchil tub bog‘lanishlarga ega ekanligidan kelib chiqadi. Bu esa o‘rganilayotgan
obyektlar, elementlar to‘plami ichki qiyofa jihatidan umumiy asosga, sifatga,
mohiyatga egaligini va shu nuqtai nazardan bir jinsliligini anglatadi.
Demak, statistikada o‘rganiladigan ommaviy hodisa va jarayon mohiyati va
sifati jihatidan bir jinsli to‘plamda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga u miqdoriy
jihatdan turlicha ifodalanishi mumkin.
Bu esa ommaviy hodisa va jarayonning yana
bir muhim xususiyati hisoblanadi. U o‘rganilayotggan
to‘plamning ayrim obyektlari, elementlari bir biriga
o‘xshashligi bilan bir qatorda o‘ziga xoslik alomatiga
egaligidan kelib chiqadi. Har bir to‘plam obyekti,
elementi o‘xshashlik va o‘ziga xoslik jihatlarining
yagona birligida hayotda harakat qiladi, ma’lum
hodisa va jarayonning soxibi sifatida gavdalanadi.
Ommaviy
hodisaning
umumiy
ta’rifi:
biror
obyektlar to‘plamida yoki
murakkab
obyekt
elementlari
majmuasida
yuzaga chiqqan voqea.
Ommaviy
jarayon
umumiy ta’rifi: obyektlar
to‘plamida yoki murakkab
obyektda
sodir
bo‘lgan
voqealar oqimi, ularning
rivojlanishi.
Ommaviy hodisa va
jarayonning
birinchi
muhim belgisi - unda bir
qancha obyektlar ishtirok
etib,
ular
o‘xshashlik
alomatiga ega ekanligidan
iborat.
Ommaviy hodisa va
jarayonning
ikkinchi
xossasi - ayrim to‘plam
obyektlari,
elementlari
o‘ziga xoslik alomatiga ega
bo‘lib,
mustaqil,
erkli
tarzda amal qiladilar.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Ana shunday ayrim voqealar, jarayonlar umumlashishidan esa ommaviy hodisa va
jarayon shakllanadi va u statistikani o‘rganish obyekti hisoblanadi.
Ommaviy hodisa va jarayonning boshqa yana
bir xossasi - uni yuzaga chiqishida ishtirok etuvchi
to‘plam obyektlari, elementlaridan biri haqidagi
haqiqiy tafsilotlarni (ko‘rsatkichlarni) qolgan boshqa
obyektlar tafsilotlaridan to‘la holda yoki umuman
aniqlab bo‘lmaydi. Ma’lum shirkat xo‘jaligi yoki
sanoat
korxonasining
mahsuloti,
meqnat
va
mablag‘lar sarfi, texnika vositalari kabi haqiqiy
tavsilotlarini boshqa ho‘jalik va korxonalarining tegishli tavsilotlari asosida topib
bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, turli obyektlarning ayrim tavsilotlari orasida to‘la
yoki qisman bo‘lsa ham mustaqillik qaramsizlik mavjud. Bundan xulosa qilishimiz
mumkinki, agarda o‘rganilayotgan obyektlarning bittasidan tashqari qolgan hammasi
haqida ma’lumotlar bor desak, u holda ushbu noma’lum obyektning haqiqiy
ko‘rsatkichlarini ular asosida aniqlab bo‘lmaydi, ammo chamalab baholash mumkin,
xolos. Biroq olingan natija qanchalik haqiqatga mosligi jumboq bo‘ladi, chunki hatto
mazkur obyekt umuman bo‘lmaganda ham, bunday chamalama hisoblash natijasi o‘z
kuchida qoladi.
Va nihoyat, ommaviy hodisa va jarayonning
yana bir muhim xossasi - unda ma’lum qonuniyat
yuzaga chiqib, ammo ayrim elementlarda, ya’ni
yakka holda qaralgan hodisada ko‘p hollarda
kuzatilmasligidadir. Bu qonuniyat ommaviy hodisa va
jarayonning mohiyatidan kelib chiqadi, uning
tabiatidan
ajralmas
jihat
hisoblanadi.
Bunday
qonuniyat statistik qonuniyat deb ataladi. Ammo
bunday qonuniyatlarni umuman statistikaga xos,
uning xususiy qonuniyatlari deb talqin etib bo‘lmaydi, chunki, bu holda ular mualloq
holatdagi biror predmetga ya’ni bo‘shliqda turib qolgan narsaga o‘xshash tushuncha
bo‘lib qolar edi. Ommaviy hodisa va jarayonlarda namoyon bo‘ladigan
qonuniyatlarni ochish va o‘rganish statistikaning asosiy vazifasi, statistik tekshirishda
ko‘zlangan va haqiqatda erishilgan pirovard maqsad hisoblanadi. Har doim ular
ayrim hodisa va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash
jarayonida olinadigan hamda butun to‘plam bo‘yicha miqdoriy nisbatlarni
ta’riflaydigan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar shaklida namoyon bo‘ladi. Shu bilan
bir qatorda statistik qonunyatlar ommaviy hodisa va jarayon tabiatining turli
tomonlariga tegishli izchil bog‘lanishlarni, tartib qoidalarni ifodalaydi. Bu jihatdan
ularni ma’lum darajada shart bilan ikki turga ajratish mumkin:
birinchidan,
o‘rganilayotgan
hodisalar
to‘plamining
tuzilishidagi
bog‘lanishlarni ifodalovchi qonuniyatlar, ular taqsimot qonuniyatlari deb ataladi.
Ommaviy hodisa va
jarayonning
uchinchi
xossasi - to‘plamning biror
obyekti haqidagi tafsillarni
uning
barcha
boshqa
obyektlariga oid tafsillari
asosida aniqlab bo‘lmaydi
Nihoyat,
ommaviy
hodisa
va
jarayonning
to‘rtinchi
eng
muhim
belgisi - unda ma’lum
qonuniyat yuzaga chiqishi,
ammo u yakka hodisada
odatda
kuzatilmasligi-
dadir.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
ikkinchidan, ommaviy hodisa va jarayonning dinamizmini ifodalovchi
qonuniyatlar, ularni rivojlanish (taraqqiyot) qonuniyatlari deb ham atash mumkin.
Shunday qilib, statistik qonuniyatlar ommaviy hodisa va jarayonlarda, ularning
asosiy sabablari ta’siri ostida yuzaga chiqadi. Ular ayrim hodisalarda namoyon
bo‘lmaydi va buning sababi shundaki, bu holda yordamchi ikkilamchi omillar,
sabablar muhim rol’ o‘ynab, asosiy sabablarning ta’sir kuchini qirqadi va ulardan
ustunlik ham qilishlari mumkin. Agarda jarayonni bir butunlikda, barcha harakatchan
kuchlar to‘plamida qaralsa, u holda tasodifiy tafovutlar tekislanish, silliqlanish
tendensiyasiga ega bo‘ladi, chunki ulardan bir qismi ijobiy, boshqalari salbiy
hisoblanadi. Tekshirilayotgan to‘plam hajmi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik
ikkilamchi sabablarning oqibatlari ya’ni ularning ta’siri ostida yuzaga kelgan
tasodifiy tafovutlar ko‘proq yediriladi, siyqalanadi. Natijada zaruriy sabab
bog‘lanishlar, ya’ni biologiya, iqtisodiyot, fizika, kimyo va hokazo qonunlari
yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Ammo ayrim holatlarda to‘plam soni ko‘paysa ham katta sonlar qonuni amal
qilmasligi va statistik qonuniyatlar yuzaga chiqmasligi mumkin. Turmushimizda,
iqtisodiy hayotda bunday holat quyidagi hollarda kuzatiladi:
-o‘rganilayotgan hodisalar qastdan, ataylab qilingan xatti-harakatlar natijasi
bo‘lsa;
-o‘rganilayotgan to‘plam tabiatan bir jinsli bo‘lmaganda, ya’ni u har xil sifatga
ega bo‘lgan hodisalardan tashkil topsa;
-ommaviy jarayonning turli unsurlariga ta’sir etuvchi ikkilamchi sabablar
kuchli o‘zaro bog‘liq bo‘lganda.
Shuning uchun katta sonlar qonuni amal qilishi
va statistik qonuniyatlar yuzaga chiqishi uchun
ma’lum shart-sharoitlar ta’minlanishi lozim. Birinchi
shart - o‘rganilayotgan hodisalar beg‘araz, erkin xatti-
harakatlar natijasi bo‘lishi kerak. Shu holdagina
hodisa tasodif xarakterga ega bo‘ladi va to‘plam
unsurlari mustaqil, erkli bo‘lishi uchun sharoit
tug‘iladi, chunki ularga ta’sir etuvchi ikkilamchi sabablar ham o‘zaro kuchli
bog‘lanishga ega bo‘lmaydi yoki kuchsiz bog‘langan bo‘ladi, natijada aksariyat
unsurlar ham ushbu sifatga ega bo‘ladi. Ikkinchi shart - o‘rganilayotgan to‘plam bir
turli (jinsli) bo‘lishi kerak. Agarda uning tarkibiy qismlari biror yoki aynan shunday
asosiy sabablar ta’siri ostida bo‘lsa, o‘rganilayotgan ommaviy jarayon ham bir jinsli,
bir turlidir. Unga yangi boshqa tabiatli unsurlar qo‘shib bo‘lmaydi, aks holda to‘plam
har xil jinsli bo‘lib, turli asosiy sabablar ta’siri ostida bo‘lgan qismlardan shakllanadi.
Bunday to‘plamlarni o‘rganish dastlab uni bir jinsli qismlarga ajratishni taqozo etadi.
Statistik
qonuniyatlar
namoyon bo‘lishi uchun
hodisa
beg‘araz
xatti-
harakat natijasi, to‘plam bir
jinsli bo‘lishi kerak.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Yuqorida bayon etilgan fikrlar ommaviy hodisa
va
jarayonni
aniqroq
va
to‘laroq
ta’riflash
imkoniyatini beradi. Ommaviy hodisa va jarayon har
qanday voqealar (faktlar) yig‘indisi bo‘lmasdan, balki
shundaylarining
to‘plamiki,
unda
ichki
izchil
bog‘lanishlar va ularni ifodalovchi qonuniyatlar
mavjud bo‘lib, yakka tartibda ular qaralganda
kuzatilmaydi.
Statistika fani barcha ommaviy hodisa va
jarayonlarni, qaysi sohalarga ular tegishliligidan qat’iy nazar, o‘rganadi. Bu holda
uning universal, umumiylik jihati namoyon bo‘ladi. Ammo, bunda qandaydir zararli
unversalizm alomatlarini ko‘rish noo‘rindir. Har qanday fan ma’lum darajada
umumiylikka ega.
Ommaviy hodisa va jarayonni o‘rganayotib, statistika uni miqdoran ya’ni
sonlar yordamida ta’riflaydi. Bu esa uning o‘rganish predmetidan kelib chiqadi.
Shunday qilib, statistika fanining predmeti ommaviy hodisa va jarayonlarning
miqdoriy-sifat aniqligini o‘rganish, ularda aniq makon va zamon sharoitida namoyon
bo‘ladigan qonuniyatlarni miqdoriy nisbatlar orqali ifodalashdan iborat
Dostları ilə paylaş: |