3-Mavzu: Qadimgi Kichik Osiyo va Sharqiy O’rta yer dengiz bo’yi sivilizatsiyalari. Reja



Yüklə 9,7 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü9,7 Kb.
#158045
  1   2
3-Mavzu Qadimgi Kichik Osiyo va Sharqiy O’rta yer dengiz bo’yi


3-Mavzu: Qadimgi Kichik Osiyo va Sharqiy O’rta yer dengiz bo’yi sivilizatsiyalari. Reja

3-Mavzu: Qadimgi Kichik Osiyo va Sharqiy O’rta yer dengiz bo’yi
sivilizatsiyalari.

Reja:


1. Kichik Osiyoda davlatchilikni vujudga kelishi.
2. Xett davlati ijtimoiy tuzumi va madaniyati.
3. Finikiya sivilizatsiyasi.

Qadimdan Kichik Osiyoda ko‘plab qabila urug‘lari yashab kelgan.
Fanda Anatoliya madaniyati bilan mashhur xalqlar bu yerda o‘z sivilizatsiyasiniyaratganlar. Miloddan avvalgi II ming yillikda Galis daryosi bo‘ylab xettlar ajdodlari
joylashadi.
Shuningdek, nesit qabilalari ham kelib o‘rnashib, mahalliy aholi bilan aralashib
ketadi. Shunday qilib bu yerda qadimgi xett xalqlari shakllandi. Xett davlati
asoschisi afsonaviy podsho Tabarna (mil.avv.XVII asr) hisoblanadi. Shuningdek,
podsho Mursuli I (XVI asr) davrida Xett podsholigi yanada kuchayib, xatto Bobilni egallab olib, ko‘pgina asirlar olib qaytgan. Davlatning eng yuksalgan davri Siptilyulilum davriga to‘g‘ri keladi. Ular Suriya va Minanni bo‘ysundirishga muvaffaq
bo‘ladi. Ular xatto Misr bilan to‘qnash keladi. Biroq bu jarayon sulh bilan yakunlanadi (mil.avv. 1280 y.).
Qadimgi Xett davlati qulchilikka asoslangan edi. Tegishli qonunlar to‘plamida
20ga yaqin moddalar qulchilik bilan bog‘liq bo‘lgan.
Aholining asosiy mashg‘uloti chorvachilik, dehqonchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik bilan shug‘ullangan. Qadimgi xettliklar kuchli sivilizatsiya yaratganlar. Davlat boshlig‘i podsho cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan va u quyosh xudosiga
tenglashtirilgan.Xett madaniyati haqida hikoya qiluvchi Bogazka shahridan
ko‘plab yodgorliklar topilgan. Bu yerda katta arxiv hujjatlari topilgan.
Yozuv dastlab iyeroglif tarzida keyinchalik Ossuriya ta’sirida mixxat yozuvi vujudga keldi. Bu yozuvlarni birinchi bo‘lib chex olimi B.Grozniy o‘qishga muvaffaq
bo‘lgan. Shuningdek san’atda skulptura yaxshi rivojlangan edi. Finikiya o‘rta yer
dengizi sohillarida joylashgan bo‘lib bu yerda g‘arbiy somiy qabilalari yashagan.
Ularni yagona davlati bo‘lmagan. Bu yerda yirik shaharlar: Ugarit, Bibl, Sidoi, Tir va boshqalar bo‘lgan. Miloddan avvalgi Ii ming yillikda Finikiya yerlari Misr va Xett ta’sirida bo‘lgan. Mil.avv. XII asrdan ular mustaiil bshlishgan. Ular orasidan
Tir shahri podsho Xiram I (969 936) davrida kuchayib Kipr va Shimoliy Afrikaga harbiy ekspeditsiyalar uyushtiradi. Bibl va Sidoi ham Tirga bo‘ysungan. Biroq, mil.avv. VIII asrda Finikiya yerlarini Ossuriya zabt etishga muvaffaq bo‘ladi. Finikiyaliklarni asosiy mashg‘uloti
dehqonchilik bo‘lgan. Qishloq jamoalaridan tashkil topgan edi. Bu yerda qullar
mehnatidan ko‘p foydalanilgan. Shahar aholisi hunarmandchilik va savdo bilan
keng shug‘ullangan. Ular qadimdan dengizda suzib savdogarlik qilingan. O‘zlari
bilan vino, xunarmandchilik buyumlari sotilgan. Finikiyaliklar Shimoliy Afrika yerlarigacha borib Karfagenga asos solindi. Shuningdek, Fasos, Rodos, Kipr, Malta,
Sitsiliya orollari kashf qilingan. Ularning eng katta yutuqlaridan biri 22 harfdan iborat Finikiya yozuvini kashf qilganligidir. O‘rta yer dengizining sharqiy sohilidagi
yakka bir davlat Falastindir. Bu yerda ham mil.avv. II ming yillikda qadimgi davlatlar vujudga keladi. Keyinchalik ularni yahudiylar bosib olib Yahudiy Isroil davlatini tuzishgan. U Dovud so‘ngra Suleymon davrida kuchayadi. Yahudiylar
hayotidagi muhim voqea yakkaxudolikni targ‘ib etuvchi kudaizmni vujudga
kelganlikdir.Uning muqaddas kitobi Bibliya hisoblanadi. Shunday qilib, O‘rta yer dengizining sharqiy sohilidagi xalqlar qadimdayoq ulkan sivilizatsiya yaratishga
muvaffaq bo‘ldilar. Bu tarixiy jarayon esa dengiz bo‘yi sivilizatsiyalari tipiga
kiradi.


Yüklə 9,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə