3-Mavzu. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i. Reja


Kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiya)



Yüklə 107,42 Kb.
səhifə3/16
tarix26.04.2023
ölçüsü107,42 Kb.
#106973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3-Mavzu

Kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiya). Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadga kiritiladigan kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiyalar) jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo’lgan joylardagi ishlar bilan bog’liq qo’shimcha to’lovlar (ish staji uchun ustamalar, baland tog’li, cho’l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsientlar bo’yicha to’lovlar). Bunda yuridik shaxslar xodimlarining cho’l va suvsiz joylarda, baland tog’li va tabiiy-iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun ish haqiga koeffitsientlar hisoblashning eng yuqori summasini aniqlash hisoblash sanasida belgilangan mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdorida belgilanadi;
2) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir, zararli, o’ta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar;
3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda,
ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamalar va qo’shimcha to’lovlar;
4) ko’p smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik, xizmat ko’rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o’zining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo’lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar;
5) doimiy ishi yo’lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega bo’lgan xodimlarning, shuningdek doimiy ishi ishlarning vaxta usulida bajarilishini nazarda tutadigan xodimlarning ish haqiga qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha to’lanadigan ustamalar;
6) ish beruvchi joylashgan yer (yig’ilish punkti)dan ishlash joyigacha borish va u yerdan qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan ishlar vaxta usulida bajarilgan holda yo’lga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport tashkilotlarining aybi bilan yo’lda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi yoki maosh miqdorida to’lanadigan summalar;
7) yer osti ishlarida doimiy band bo’lgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxta (kon)da harakatlanishining me’yoriy vaqti uchun to’lanadigan qo’shimcha haqlar;
8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha dala ta’minoti;
9) xizmat safarlari vaqtida qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
10) ishlar vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun to’lovlar;
11) xizmat safarlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan
yoki xizmat maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun to’lovlar;
12) mehnatda mayib bo’lganlik yoki sog’liqqa boshqacha tarzda shikast etganlik bilan bog’liq zararning o’rnini qoplash uchun Soliq kodeks
369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida ko’rsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar;
13) oziq-ovqat va yo’l chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va yo’l chiptalarining qiymatini qoplash.

Yüklə 107,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə