3- mavzu. Atomda elektron orbitalarning tuzilishi. Kvant sonlari, elementlarini elektron formulalarini misollar asosida keltirib chiqarish. Kimyoviy bog‘lanish turlarini o‘rganish va misollar echish



Yüklə 16,08 Kb.
səhifə3/4
tarix18.03.2022
ölçüsü16,08 Kb.
#84560
1   2   3   4
amaliyot 3

Magnit kvant son (ml) elektronning harakat traektoriyasini ifodalaydi. Orbitalning tashqi magnit maydoniga nisbatan joylashishiga qarab elektronning energiyasi har xil bo‘ladi. Elektronning magnit maydoni bilan ta’sirlashishi orqali belgilanadigan bu energiyasi ham keskin sakrash orqali o‘zgaradi. Buning oqibatida orbitallar fazoda ma’lum tartib bo‘yicha joylashadi. Masalan, p-orbitallar o‘zaro perpendikulyar joylashadi va px, py, pz tarzida belgilanadi. Magnit kvant son l ning har bir qiymati uchun +l dan l gacha bo‘lgan barcha butun sonlarni (shu jumladan, nolni ham) qabul qiladi (1-ilova). Elektron harakat miqdorining orbital momentidan tashqari o‘zining xususiy harakat momenti miqdoriga ham ega. Bu harakat miqdori uning soat strelkasiga mos yoki teskari yo‘nalishdagi o‘z o‘qi atrofida aylanishi bilan bog‘liq. Bu harakat «spin» deb atalib, spin (urchuq) kvant son (ms) bilan ifodalanadi. Har bir elektron uchun spin kvant son +1/2 va 1/2 tarzida ko’rsatiladi. Orbitalda bitta elektron joylashganda uning holati navbatma-navbat +1/2 va 1/2 qiymatlarga mos keladi. Kvant sonlar har bir elektron uchun alohida ko‘rsatiladi. Masalan, valent elektronlari 4s2 bilan ifodalangan elementga n=4; 4; l=0; 0; me=0; 0; ms=+1/2; -1/2 kvant sonlar to‘g‘ri keladi.

Narmal atomda elektronlarning joylashishi quyidagi tartibga bo’ysunadi. 1s<2s<2p<3s<3p<4s<3d<4p<5s<4d<5p<6s<4f<5d<6p<7s<6d<7p<……



Yüklə 16,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə