3- ma`ruza hozirgi zamon xalqaro huquqining sub'ektlari. O’ZBekitson xalqaro huquq sub'ekti


Davlatga uxshash tuzilmalar — Xalqaro huquq sub`ekti



Yüklə 315 Kb.
səhifə10/12
tarix27.09.2023
ölçüsü315 Kb.
#123930
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
3- ma`ruza

Davlatga uxshash tuzilmalar — Xalqaro huquq sub`ekti
Davlatga uxshash tuzilmalar — Xalqaro huquq sub`ektlarining bir turi hisoblanadi. Davlatga uxshash tuzilmalarga «erkin shaharlar» (ugmishda — Venetsiya, Gamburg, Novgorod) kiradi. Ushbu ibora umumlashtirilgan tushuncha hisoblanadi, chunki u nafaqat shaharlarga, balki ma`lum tumanlarga nisbatan ham qo’llanadi. Ba`zi holatlarda tegishli tuzilmalarni erkin shaharlar, ba`zan esa mustaqil (ozod, erkin) xudud yoki mintaka (zona) deb atashgan (masalan, erkin shahar Dantsig, mustaqil xudud Triest).
Umuman erkin shaharlar xududiy da`volarni tuxtatib kuyish, Xalqaro munosabatlarda ma`lum xududning tegishliligi borasida vujudga keladigan keskinlikni yumshatishning bir uslubi sifatida vujudga kelgan.
Erkin shahar Xalqaro shartnoma yoki Xalqaro tashqilotning qaroriga binoan barpo etiladi va cheklangan huquq layokatiga ega bo`lgan uziga xos davlat hisoblanadi. U uz Konstitutsiyasi yoki uxshash (anologik) harakterdagi xujjatga, oliy davlat organlariga, fukaroligiga ega bo’ladi.
Erkin shahar, odatda, qurolsizlantirilgan va betaraf hisoblanadi.
Uning qurolli kuchlari faqat mudofaa xarakterini kasb etadi. Ular an`anaviy tushunchadagi qurolli kuchlar emas, balki chegaralarni ximoya qilish va huquqiy tartibotni saklab turishga xizmat qiluvchi kuchlardir.
Erkin shaharni barpo qiluvchilar, odatda, uning makomini boshqa huquq sub`ektlari tomonidan rioya etilishini nazorat qilish usullarini belgilab kuyadilar. Masalan, ushbu maqsadlarda uz vaqillari yoki vaqilini tayinlaydilar.
Xalqaro maydonda erkin shahar manfaatlarini manfaatdor davlat yoki Xalqaro tashqilot ximoya qiladi. Ikki jaxon urushi oraligida mavjud bo`lgan erkin shahar Dantsig makomini Millatlar ligasi kafolatlagan, uning tashki aloqalardagi manfaatlarini Pol`sha ximoya qilgan.
Erkin shahar Triest 1947 yilda Italiya bilan tuzilgan tinchlik sulxi asosida tashqil topgan, keyinchalik, 19o’4 yil bitimiga asosan Italiya va Yugoslaviya urtasida bulingan va BMT Xavfsizlik Kengashi ximoyasida bo`lgan.
Shahar-davlatlar Vatikan va Mal`ta ordeni kabi davlatga uxshash tuzilmalar uziga xos jixatlarga ega. Chetdan karaganda Vatikan (katolik cherkovining Mukdddas taxti) davlatining barcha atributlariga — uncha katta bulmagan xudud, davlat xoqimiyati va boshqaruvi organlari tizimiga ega. Birok Vatikan aholisi tugrisida faqat shartli ravishda gapirish mumkin bu — katolik cherkovida tegishli lavozimlarda ishlovchi mansabdor shaxslar. Shu bilan birga Vatikan — ijtimoiy mazmundagi, ya`ni ma`lum jamiyatni boshqaruvchi mexanizm, uning tomonidan yaratilgan va uni himoya qiluvchi davlat emas. Ko`piroq u katolik cherkovining ma`muriy markazi sifatida qurilishi mumkin.
Vatikan makomining uziga xosligi uni rasman Xalqaro huquq sub`ekti deb tan oluvchi davlatlar bilan diplomatik munosabatlar urnatganligi bilan izoxlanadi. Bunday tan olish katolik cherkovining siyosiy rolini amalda tasdiklashni anglatadi.
1hh9 yilda suveren tuzilma sifatida tan olingan Mal`ta ordenining Xalqaro huquq sub`ekti ekanligi masalasi muayyan uziga xos xususiyatlarga ega. Orden manzilgoxi — Rim shaxrida joylashgan. Uning rasmiy maqsadi — xayriya faoliyatini amalga oshirish. U ko’pgina davlatlar bilan diplomatik munosabatlarga ega. Ordenning uz xududi va aholisi yo’q. Uning suvereniteti va Xalqaro huquq layokati — huquqiy fiktsiya.
Shuni ta`kidlash lozimki, bu kabi tuzilmalarning hammasi ham Xalqaro huquq sub`ektlari hisoblanmaydi.

Yüklə 315 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə