3 – kurs talabasi Sattorov Mirshodning “Tabiiyot va Geografiya o’qitish metodikasi” fanidan



Yüklə 50,73 Kb.
səhifə3/8
tarix09.02.2022
ölçüsü50,73 Kb.
#83637
1   2   3   4   5   6   7   8
SINFDAN TASHQari

To’garakning faoliyati. To’garakning faoliyati yuqorida aytganimizdek muntaazam ravishda haftada bir marta o’tkazib turiladi. To’garakda ishlar sektsiyalar ya’ni bo’limlar bo’yicha olib boriladi. Har bir bo’limda eng kamida 5- tadan a’zo bo’lishi lozim. Har bo’lim rahbari to’garak a’zolariga olib boriladigan ishlarni bo’lib beradi. Masalan, “Yosh o’lkashunos” bo’limida ishlar quyidagicha bo’lishi mumkin: Buyuk tabiiy geograf olimlar merosini o’rganish; Tabiiy geografik sharoit komponentlarini o’rganish (tog’ jinsari, relyef, iqlim, ichki suvlar, tuproq o’simlik va havyvonot dunyosini o’rganish), landshaftlarni o’rganish; ob-havoni o’rganish va h.k.

Geografiya to’garagida ilmiy ishlarni olib borishda geografik tadqiqotlar olib borish bo’yicha nashr etilgan metodik qo’llanmalar katta yordam beradi. Masalan, joyni geoglogik sharoitini, o’simlik va hayvonot dunyosi, tuprog’i, tarixi, arxeologik yodgorliklarini o’rganish bo’yicha nashr qilingan metodik qo’llanmalar katta ahamiyatga ega.

Iqtisodiy geografik yo’nalishda olib boriladigan to’garak ishlarida statistik maa’lumotlar, iqtisodiy ma’lumotlar, iqtisodiy sharoitni tavsifiga bag’ishlangan qo’llanmalar va mongografiyalar katta ahamiyatga ega. To’garakda to’garak a’zolari haqida ma’lumotlar jurnali, har bir to’garak a’zosida esa kundalik bo’lmog’i lozim. Chorak oxirida yoki o’quv yilining oxirida har bir tarmoq o’z qilgan ishlari haqida xisobot beradi. Ular asosida to’garak rahbari umumiy yakuniy hisobot tayyorlaydi.


Yüklə 50,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə