3- amaliy ish
Truecrypt yordamida ma'lumotlarni shifrlashni o‘rganish
Ishdan maqsad:
TrueCrypt yordamida ma'lumotlarni maxfiyligini
ta’minlash bo‘yicha nazariy va amaliy bilim ko‘nikmalarni shakllantirish.
Nazariy
Axborotlarni maxfiyligini va butunligini ta’minlash murakkab hisoblanadi va
ma'lumotlarni (fayllar yoki butun diskni) maxfiyligini ishonchli ta’minlashda
TrueCrypt juda ishonchli.
TrueCrypt quydagi xususiyatlarga ega:
–
C, C++, Assembly dasturlash tillaridan foydalanib yozilgan;
–
Windows (10/8/7 / Vista / XP), Mac va Linux operatsion tizimlari bilan ishlay
oladi;
–
virtual fayl, disklarini bitta fayl shaklida yaratish
va shifrlanish imkonini
beradi;
–
shifrlash algoritmlari sifatida AES, Serpent
va Twofish blokli shifrlash
algoritmlaridan foydaniladi.
TrueCrypt blokli shifrlash algoritmlaridan foydalangan holda maxfiylikni
ta’minlaydi.
Shifrlash algoritmlari, kalitlardan foydalanish turlariga ko‘ra,
simmetrik va asimmetrik sinflarga bo‘linadi. Agar shifrlash va deshifrlash
jarayonlari bir xil kalit bilan amalga oshirilsa, bunday shifrlash algoritmi simmetrik
shifrlash algoritmi deyiladi. O‘z navbatida simmetrik shifrlash algoritmlari oqimli
va blokli bo‘lib, shifrlash jarayoni ochiq ma’lumot alifbosi
belgilarining ikki va
undan ortiq chekli sondagi birikmalarini shifrma’lumot alifbosi belgilarining
birikmalariga akslantirishga asoslangan bo‘lsa, bunday
shifrlash algoritmi blokli
shifrlash deyiladi.
Blokli shifrlash algoritmlari kriptografik algoritmlar orasida keng tarqalgan
algoritm turi bo‘lib, mohiyat jixatdan ma’lum uzunlikdagi ma’lumot bitlari ustida
qayta-qayta amallar bajarilish orqali amalga oshiriladi. Blokli simmetrik shifrlash
algoritmlari ma’lumotni maxfiyligini ta’minlashda keng foydalanilib,
boshqa
shifrlash algoritmlariga qaraganda o‘zining tezkorligi va kriptobardoshligi bilan
ajralib turadi. Blokli shifrlash algoritmlariga
misol sifatida DES, AES, Blowfish,
GOST 28147-89. TrueCrypt orqali fayl, disklarni shifrlash quydagi ketma-ketlikda
amalga oshiriladi.