26-Mavzu: Shaxsning ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor. Guruhlar muammosi. Reja


Xulq-atvorning gender xususiyatlari



Yüklə 28,92 Kb.
səhifə2/5
tarix08.05.2023
ölçüsü28,92 Kb.
#109021
1   2   3   4   5
26-mavzu (2)

2.Xulq-atvorning gender xususiyatlari.

Ijtimoiy muhitning ta’siri xulq-atvorida bevosita ishi yoki shaxs tomonidan angl anmasligi mumkin. Shuning uchun ham motivlar anglangan namoyon bo`ladi. U yoki bu xulq-atvorining sababi uning motividir. Lekin bu motivlar anglangan yoki anglanmagan bo`lishi mumkin. Ular haqida "Umumiy psixologiya" kursida ham har taraflama keng so`z yuritilgan. Ijtimoiy psixologiya esa shaxs xulq-atvorining motivlari sifatida i j t i m o i y u s t a n o v k a la r n i o‘rganadi. Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Masalan, bir kishiga badiiy adabietdan ainan bir guruh asarlar guruhi yoki shu adib yoqishini tushunmaydi, o‘sha guruhdan yangi bir kitob kitob qo‘lga kirganda u albatta yoqishi kerak degan tasavvurda bo`ladi shu manoda olib qaralganda ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanmagan munosatbatlarga o‘xshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma’no ham, baholar sistemasi ham, bilimlar ham o`z ifodasini topadi. Ya’ni ijtimoiy ustanovka shaxsning turli ijtimoiy obyektlarga nisbatan munosabat bildirishining ichki mexanizmidir, shu obyektlar bilan ishlashga, ularni baholashga hamda ma’lum tarzda idrok qilishga tayorgarlik holatidir.


Ijtimoiy ustanovka muammosi G‘arbda, ayniqsa, Amerika Qo‘chma Shtatlarida har taraflama chuqur o‘rganilgan muammolardan hisoblanadi. Amerikalik olimlar uning shaxsning avvalgi hayotiy tajribasiga, undagi ijtimoiy tasavvurlariga bogligini o‘rganib, shaxs xulq atvorini turli sharoitlarda boshqaruvchi mexanizm ekanligini isbot qildilar. (U. Tomas, F. Znanetskiy, G. Olport, M. Smit, K. Xovland, Laper, D. Kats, N. Rokich va boshqalar) ular ijtimoiy ustanovkani bir so`z bilan - "attityud"so‘zi bilan ifodalaydilar. 1942 yildayoq M. Smit attityudning uch komponentli strukturasini ishlab chiqqan. Bunga ko‘ra attityudda uch qism bo`lib, bo‘lar kognitiv qism, affektiv qism hamda konativ qismlardir. Kognetiv qism - bu shaxsdagi attityud obektiga nisbattan bilimlar, uning odam tomonidan anglanishidir. Bunga shaxsdagi bilimlardan tashqari goyalar, tasavurlar prinsiplar va hokazolar kiradi. Attityudning affektiv qismi - bu usha obyektni hissiy emotsional baholash bo`lib, yoqtirish yoki yoktirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi. Konativ qismi yoki xulq-atvor bilan bog‘liq qismiga esa obyektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, aynan xulq-atvor kiradi.


Yüklə 28,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə