2. Variatsiya ko’rsatkichlari. Dispersiya va o’rtacha kvadratik tafovut xossalari. Dispersiya va o’rtacha kvadratik tafovutni shartli «moment usulida»


Asimmetriya va ekstsess ko’rsatkichlari



Yüklə 129,5 Kb.
səhifə3/4
tarix26.05.2022
ölçüsü129,5 Kb.
#87981
1   2   3   4
Variatsiya prinsplar

6. Asimmetriya va ekstsess ko’rsatkichlari
Asimmetriya - grekcha «asymmetria» - o’zaro o’lchamsiz so’zidan olingan bo’lib, o’zaro o’lchamlik buzilishi yoki yo’q bo’lishi degan lug’aviy mazmunga ega. Asimmetrik taqsimot u yoki bu yoqqa og’ishma, qiyshaygan shaklda to’plam birliklarining taqsimlanishidir.
Taqsimot asimmmetriya me’yorini, ya’ni uning nosimmetrik darajasini qanday o’lchash mumkin degan savol tug’iladi.
Ma’lumki, taqsimot ordinatasida moda arifmetik o’rtacha miqdor nuqtasidan u yoki bu tomondagi nuqta bilan ifodalanadi. Demak, moda bilan arifmetik o’rtacha orasidagi farqdan taqsimot assimmetriyasining darajasini o’lchashda foydalanish mumkin. Lekin ayirmaning berilgan qiymatida dispersiya katta bo’lsa assimmetriya ko’zga ilinar-ilinmas tashlanadi ya’ni og’ishma daraja kichik bo’ladi, aksincha dispersiya kichik bo’lsa nosimmetriklik yaqqol ko’rinadi, uning darajasi katta bo’ladi. SHuning uchun asimmetriya me’yori qilib arifmetik o’rtacha bilan moda orasidagi farqni emas, balki bu ayirmaning kvadratik o’rtacha tafovutga nisbatini olish mumkin, ya’ni
(6.25)
Bu ko’rsatkichni mashxur ingliz statistigi K.Pirson taklif etgan, shuning uchun Pirson koeffitsiyenti deb ataladi. Muayyan sharoitda bu ko’rsatkich noldan katta bo’lsa a>0, u holda asimmetriya musbat xisoblanadi, aks xolda (a<0), u manfiy deb hisoblanadi. Agarda to’plam birliklari qator o’rtachasidan chaproqdagi guruhlarda ko’proq to’plangan bo’lsa, koeffitsiyent manfiy ishoraga ega bo’ladi, taqsimot ham chap yoqqa og’ishgan bo’ladi, va aksincha, ular o’rtachadan o’ng tomondagi guruhlarda ko’proq to’plangan bo’lsa, Pirson koeffitsiyenti musbat ishora oladi, taqsimot ham o’ng yoqlama og’ishmalikka ega bo’ladi.
Ammo Pirson koeffitsiyenti taqsimot markaziy qismida kuzatiladigan nosimmetriklikka ko’proq bog’liqdir. CHetki hadlar orasidagi asimmetriyani u deyarlik hisobga olmaydi.

Asimmetriya meyori o’rtacha kub tafovutni kub darajali kvadratik o’rtacha ta fovutga nisbatidan iborat
SHuning uchun o’rtacha kub farqdan asimmetrik me’yorini aniqlashda foydalanish mumkin. Ammo bu holda ham ko’rsatkichning o’lchamsiz nisbiy miqdorda ifodalanishini ta’minlash zarur. SHuning uchun taqsimot asimmetriyasining me’yori qilib o’rtacha kub farqni kub darajali kvadratik o’rtacha tafovutga nisbati olinadi, ya’ni
(6.26).

Ekstsess-taqsimot bo’yicha cho’ziluvchanlik yoki yassilik bo’lib, uning me’yori to’rtinchi momentning to’rtinchi darajali kvadratik o’rtacha tafovutga nisbatidan iborat.
Ekstsess lotincha «excessus» - og’ishgan, o’tkir qiyshaygan, bukur, kuchli bukchaygan va grekcha «xuproc» so’zidan olingan «kurtosus» - do’ng, bukur, o’tkir uchli qiyalik degan lug’aviy ma’noga ega. Statistikada ekstsess deganda taqsimot shaklining bo’yiga cho’ziqligi yoki yassiligi nazarda tutiladi.
Ekstsess me’yori bo’lib to’rtinchi momentning to’rtinchi darajali kvadratik o’rtacha tafovutga nisbati xizmat qiladi, ya’ni
(6.29).
Momentlar tushunchasi mexanikadan olingan bo’lib, taqsimot qatorini ta’riflovchi muhim ko’rsatkich (parametr)lar hisoblanadi. To’plam uchun uch turli momentlar mavjud:
oddiy momentlar;
markaziy momentlar;
shartli momentlar.

Oddiy moment - bu koordinat boshlang’ich nuqtasiga tegishli mo-mentdir.
Koordinat boshlang’ich momentiga tegishli momentlar oddiy momentlar deb ataladi. U o’zgaruvchan belgi qiymatlarini tegishli darajalarga ko’tarish natijalaridan olingan o’rtachadir. K-darajali (Kq0,1,2,3...) oddiy momentni quyidagi asosida aniqlash mumkin:
(6.30)
fi-ayrim guruhlardagi birliklar soni;
xi-o’zgaruvchan belgi qiymatlari yoki oraliqli variantalarning o’rtacha qiymatlari.
Demak, nol tartibli oddiy moment birga teng x0q1, birinchi tartibli moment arifmetik o’rtachaga, ikkinchi tartibli moment esa o’zgaruvchan belgi kvadratlarining o’rtacha qiymatiga mos keladi va x.k.

Markaziy moment - bu K-tartibli momentni arifmetik o’rtachaga nis-batan qarashdir.
Markaziy moment deb K-tartibli momentni arifmetik o’rtachaga nisbatan olishga aytiladi.
U quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
(6.31).
6.31. formulaga asosan, nolinchi tartibli (Kq0) markaziy moment birga teng ya’ni teng, birinchi tartibli (Kq1)markaziy moment nolga teng, (mq0), ikkinchi tartibli markaziy moment (Kq2) taqsimot qatorining dispersiyasidir:

Oddiy va markaziy momentlar o’rtasida ma’lum bog’lanish mavjud. Ikkinchi tartibli markaziy momentlarni Nyuton binomi asosida yoyish yo’li bilan ularni oddiy momentlar orqali ifodalash mumkin.
Ma’lumki, uchinchi tartibli markaziy momentlar esa oddiy momentlar bilan ifodalanganda, quyidagicha ko’rinishga ega:

To’rtinchi tartibli markaziy momentlarni oddiy momentlarga keltirish natijasi quyidagi shaklga ega bo’ladi:


(6.32)

6.31 Normal taqsimot qatori uchun ekstsess koeffitsiyenti uchga teng, ya’ni Keksq3. Xaqiqiy qator uchun bu koeffitsiyent uchdan kichik bo’lsa, ya’ni Khaqiqiy<3, taqsimot yassi uchli xisoblanadi. O’z-o’zidan ravshanki bu o’zaro nisbat qancha katta bo’lsa, shunchalik qator uchi o’tkirlashgan bo’ladi. SHartli momentlar biror ixtiyoriy nuqtaga (shartli o’rtachaga) nisbatan aniqlanadi. Hisoblash jarayonini soddalashtirish uchun teng oraliqli variatsion qatorlarda ayrim hadlarni va shartli o’rtachani oraliq kengligi martaba qisqartirib yuborish tavsiya etiladi. Natijada bilan, «x» larni esa «u» bilan almashtiriladi, bunda



Agarda asimmetriya va ekstsess ko’rsatkichlari o’zining ikki karrali kvadratik o’rtacha xatosidan katta bo’lmasa, taqsimotni normal deb hisoblash mumkin, aniqrog’i haqiqiy taqsimotni normalga o’xshashligi haqidagi gipotezani inkor qilib bo’lmaydi. Asimmetriya va ekstsessning kvadratik o’rtacha xatosi quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi.


(6.35)
(6.36)

Asosiy tushuncha va atamalar


Variatsiya va uning ko’rsatkichlari, variatsion kenglik, dispersiya (o’rtacha kvadrat tafovut), kvadratik o’rtacha tafovut, dispersiya va kvadratik o’rtacha tafovut xossalari, shartli moment usulda dispersiya hisoblash, yig’indi usulida arifmetik o’rtacha va dispersiya hisoblash, umumiy dispersiya, juz’iy dispersiya, qismlararo (guruhlararo) dispersiya, dispersiyalarni qo’shish qoidasi, muqobil belgi dispersiyasi, o’rtacha absolyut tafovut (modul), nimkvartil kenglik, variatsiya koeffitsiyentlari, asimmetriya va uning ko’rsatkichlari, pirson asimmetriya koeffitsiyenti, taqsimot asimmetriyaligi koeffitsiyenti, ekstsess va uning koeffitsiyenti, moment va uning turlari, oddiy moment, markaziy moment, shartli moment.


Xulosa

Variatsiya mohiyati va ko’rsatkichlari analitik statistikada eng muhim va boshlang’ich tayanch bo’lim hisoblanadi. Ular barcha ilmiy muammolar, statistik yechim va qarorlar qabul qilish asosida yotadi. Variatsiya - statistik to’plamda sodir bo’ladigan ob’ektiv miqdoriy va sifat o’zgarishlar natijasidir. U to’plam birliklari bo’yicha o’rganilayotgan belgi yoki belgilar qiymatlarida kuzatiladigan tebranuvchanlik, o’zgaruvchanlikni bildiradi.


Variatsiya darajasi mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar tizimi orqali o’lchanadi. Uning asosiy me’yorlari bo’lib dispersiya va kvadratik o’rtacha tafovut, mutlaq o’rtacha tafovut, nimkvartil kenglik, variatsion kenglik va variatsiya koeffitsiyentlari xizmat qiladi. Bular ichida dispersiya va kvadratik o’rtacha tafovut hamda uning variatsiya koeffitsiyenti eng muhim ko’rsatkichlar hisoblanadi.
Umumiy dispersiya o’rtacha juz’iy (ichki guruhiy) va guruhlararo dispersiyalardan tarkib topadi. Nisbiy o’zgarishlarni o’rganayotganda va asimmetrik taqsimotda variatsiya darajasini baholayotganda geometrik o’rtachaga nisbatan dispersiyani hisoblash o’rinli hisoblanadi.
Variatsiya ko’rsatkichlari o’rganilayotgan to’plam bo’yicha belgi o’zgaruvchanlik darajasini umumlashtirib ta’riflaydi. Ammo ular taqsimot tuzilishi, uning shakli va ichki xususiyatlarni yoritib bermaydi. Bu maqsadlar uchun asimmetriya va ekstsess ko’rsatkichlari xizmat qiladi. Ular uchinchi va to’rtinchi tartibli markiziy momentlar usulida hisoblanadi.



Yüklə 129,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə