2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix28.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#137396
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
mmmmmmmmmmmmmmmmm

 
berilmoqda. Mazkur yangilik mamlakatimiz parlamentining roli va ta‘sirini 
kuchaytirish orqali
 
davlat hokimiyati tizimida о‗zaro bir-birini tiyish va muvozanat 
saqlash prinsipining yanada samarali amalga oshirilishini ta‘minlashda muhim 
о‗rin tutadi.
О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 80-moddasi 6-bandiga kiritilgan 
normaga muvofiq, О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga О‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining О‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisini 
tayinlash tо‗g‗risidagi farmonini tasdiqlash huquqi berilmoqda. Shunga muvofiq 
holda, Konstitusiyamiz 93-moddasining 12-bandidagi ―О‗zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori va‖ degan sо‗zlardan keyin ―uning о‗rinbosarlari‖ degan sо‗zlar 
chiqarilib, ularning о‗rniga ―Hisob palatasi raisini‖ degan sо‗zlar bilan tо‗ldirildi.
О‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
vakolatlari 
mustahkamlangan 
Konstitusiyamizning 93-moddasi 8-bandidan ―ijro etuvchi hokimiyat devonini 
tuzadi va unga rahbarlik qiladi‖ degan sо‗zlarni chiqarish yuzasidan kiritilgan 
о‗zgartish ham muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Konstitusiyamizning 89-
moddasiga kо‗ra, ―О‗zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‗idir va 
davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda 
hamkorligini ta‘minlaydi‖. Shu nuqtai nazardan, Bosh vazirning Vazirlar 
Mahkamasi faoliyatini tashkil etishi, unga rahbarlik qilishi va uning ishi 
samaradorligi uchun shaxsan javob berishi, davlat boshlig‗i bо‗lgan Prezident, 
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar о‗rtasidagi vakolatlarning yanada 
mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga 
keltirish asnosida ham Asosiy Qonunimizdan ushbu norma chiqarildi.
Kiritilgan yana bir muhim о‗zgartish О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 
93-moddasining 15-bandini ―viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar 
hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi‖ degan 
sо‗zlardan oldin ―О‗zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan‖ 
degan sо‗zlar bilan tо‗ldirish borasida. Ushbu normaning kiritilishi, avvalo, davlat 
boshqaruvini yanada liberallashtirish bо‗yicha amalga oshirilayotgan izchil 
islohotlar bilan bog‗liq.
Qonundan о‗rin olgan normalardan biri О‗zbekiston Respublikasi 
Konstitusiyasi 93-moddasining 16-bandini О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
―О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli‖ 
degan sо‗zlar bilan tо‗ldirishga oid. Kiritilgan mazkur norma davlat boshlig‗i 


18 
sifatida mamlakat Prezidentining davlat va jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy 
hamda siyosiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan о‗tkaziladigan Vazirlar 
Mahkamasi majlislarida ishtirok etish huquqini mustahkamlaydi. Zero, 
О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari mamlakat ijtimoiy, 
iqtisodiy va siyosiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan о‗tkaziladi. 
Shuningdek, davlat boshqaruvining, xо‗jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng 
muhim masalalari ham Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladi. 
Qonunga muvofiq, О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 96-moddasi 
yangi tahrirda bayon etildi. Unga kо‗ra, О‗zbekiston Respublikasining amaldagi 
Prezidenti о‗z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari 
vaqtincha О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga 
yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, ―О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
saylovi tо‗g‗risida‖gi Qonunga tо‗liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi 
о‗tkaziladi. Ta‘kidlash joizki, mamlakat Prezidenti turli sabablarga kо‗ra о‗z 
vazifasini bajara olmaydigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda noaniqlikka, ushbu 
moddani turlicha talqin etishga yо‗l qо‗ymaslik maqsadida mazkur moddaning 
yangi tahriri berildi. 
О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 98-moddasiga kiritilgan 
qо‗shimchalarga muvofiq demokratik tartib-qoidalarga javob beradigan yangi 
konstitusiyaviy qoida joriy etildi. Unga kо‗ra, О‗zbekiston Respublikasi Bosh 
vaziri nomzodi О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 
saylovda eng kо‗p deputatlik о‗rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi 
eng kо‗p deputatlik о‗rinlarini qо‗lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan 
taklif etiladi. Ushbu qо‗shimchalarning kiritilishi tarixiy ahamiyatga ega bо‗lib, 
mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada rivojlantirish, huquqiy demokratik 
davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurishda yangi bosqichning boshlanishi 
hisoblanadi. Konstitusiyaga kiritilgan yana bir muhim о‗zgartirish О‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish 
huquqining berilishi bilan bog‗liq. Xususan, О‗zbekiston Respublikasi 
Konstitusiyasining 98-moddasida belgilanishicha, О‗zbekiston Respublikasi Bosh 
vaziri va О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi о‗rtasida 
doimiy ziddiyatlar kelib chiqqan taqdirda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy 
sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
nomiga rasman kiritilgan taklif bо‗yicha Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik 
votumi bildirish haqidagi masala О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalarining qо‗shma majlisi muhokamasiga kiritiladi. 
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha О‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari 
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan 
hisoblanadi.
 
Bunday holatda О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni 
lavozimidan ozod etish bо‗yicha qaror qabul qiladi. Bunda О‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga 
iste‘foga chiqadi. Mazkur norma
 
davlat hokimiyati tarmoqlari о‗rtasidagi 
vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash bilan bir qatorda


19 
davlat ahamiyatiga molik muhim masalalarni hal qilishda siyosiy partiyalarning 
rolini yanada kuchaytiradi va О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat 
hokimiyati organlari tizimidagi о‗rnini ancha oshiradi. 
2011 yil 12 dekabrdagi ―О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 90-
moddasiga tuzatish kiritish tо‗g‗risida‖gi Qonun bilan О‗zbekiston Respublikasi 
Konstitusiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritildi. Unga kо‗ra, О‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining konstitusiyaviy vakolat muddati yetti yildan besh 
yilga qisqartirildi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə