2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari


О„zR OM palatalarining Axborotnomasi. 2012. 4-son



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/46
tarix22.03.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#181490
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
\'12.12.2020 y ochiq dars ma’ruzasi

О„zR OM palatalarining Axborotnomasi. 2012. 4-son, 
104-modda.
).
2011 yil 18 martda О„zR Prezidentining 4295-sonli Farmoni bilan О„zR 
Prezidenti devonining nizomi va tuzilmasi tasdiqlandi. 
Yuqoridagilarni 
umumlashtirib 
aytish 
mumkinki, 
mamlakatimizda 
prezidentlik institutining vujudga kelishi va rivojlanishi mamlakatimizning davlat 
mustaqilligiga erishishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi; taraqqiyotning dunyoga 
mashhur “о„zbek modeli”ning ishlab chiqilishi hamda u asosida mustaqil 
davlatning yangi davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq sohasi, ijtimoiy-iqtisodiy, 
ma‟naviy-madaniy tizimi barpo qilinishiga sabab bо„ldi; mamlakatning mustaqil 
ichki va tashqi siyosati shakllanishi, mudofaa va xavfsizlik tizimi, milliy 
armiyaning vujudga kelishiga asos solindi; iqtisodiyotning yuksak sur‟atlar bilan 
о„sishi, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik hamda diniy bag„rikenglik 
muhiti о„rnatilishiga muhim poydevor yaratildi; davlat hokimiyati organlarining 
kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini ta‟minlashning mustahkam 
tizimi yaratildi; fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, О„zRning Konstitusiyasi 
va qonunlariga rioya etilishining uzluksiz hamda izchil mexanizmi yо„lga qо„yildi; 


10 
davlat va jamiyat hayotida siyosiy-huquqiy bо„shliqlar vujudga kelmasligining
shuningdek, islohotlarning о„z vaqtida hamda tezkorlik bilan huquqiy asoslarini 
shakllantirish va samarasini ta‟minlash tizimi yaratildi. 
 
О„zR OMning tashkil etilishi, О„zbekiston parlamentarizmi asoslarining 
shakllanishi va rivojlanishi. 
Mustaqillik qо„lga kiritilgan dastlabki kunlardayoq 
О„zbekistonda demokratiyani taraqqiy toptirish uchun hozirgi zamon jahon 
standartlariga javob bera oladigan samarali va ishchan parlamentni shakllantirish 
zarurati yuzaga keldi. Ammo bir ijtimoiy tizimdan ikkinchi tizimga о„tish 
sharoitida bu jarayon g„oyat murakkab kechishi aniq edi. 
Parlamentarizmning rivojlanishi bosqichma-bosqichlilik tamoyili asosida olib 
borildi. Aks holda ijtimoiy-siyosiy beqarorlik va hokimiyatlar muvozanati yо„q 
paytda endigina faoliyatini boshlayotgan yosh parlament demokratik institut 
doirasidan chiqib ketib, siyosiy inqiroz keltirib chiqaruvchi vositaga aylanishi 
mumkin edi. Bunday sharoitda qonunchilik ikkinchi darajali vazifaga aylanadi, u 
faqat siyosiy kurashni davom ettirish yoxud lobbilar faoliyati uchungina 
ishlatiladigan qо„g„irchoqqa о„xshab qoladi. Bunday parlamentdan elning, 
xalqning kor-holiga yaraydigan, milliy manfaatlarga javob beradigan, yetti о„lchab 
bir kesilgan, chuqur о„ylangan qonun va qarorlar kutish qiyin bо„lib qoladi. 
Shunga kо„ra, parlament hokimiyatlarni taqsimlash tizimida tо„laqonli ish yuritishi 
uchun shunday sharoit yaratish zarur ediki, bir tomondan, u hokimiyatning barcha 
tarmoqlariga ma‟lum darajada ta‟sir о„tkazadigan, ikkinchi tomondan, davlat 
tizimi ichida ham, davlat bilan fuqarolik jamiyati о„rtasida ham, ochiq va har 
qanday qarama-qarshilikni yengib о„ta oladigan siyosiy mahkamaga aylansin. Eng 
muhimi mamlakatga ishchan, qobiliyatli, qonunchilik va vakillik vazifalarini tо„liq 
ado eta oladigan, jamiyatni ajratib tashlaydigan emas, balki bunyodkorlik yо„lida 
odamlarni, fuqarolarni jipslashtira oladigan parlament kerak edi. Zero, mamlakat 
oldida ulkan yangi demokratik davlatchilikni yaratishdek vazifa turardi. 
“Parlamentdagi о„rinlar uchun partiyalar kurash olib borsa, qandaydir tartib kо„zga 
tashlanadi. Bordi-yu, har bir deputat uni, ovozini kim sotib olishini kutayotgan 
bо„lsa, bu nihoyatda dahshatli. Ana shunday parlamentning qо„lidan har narsa 
kelishi mumkin. Shuning uchun ham men jamiki g„oyalar, ijtimoiy qatlam va 
manfaatlar mujassamlangan parlament tarafdoriman” (

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə