2-mavzu. Statistik maʼlumotlarni toʼplash nazariyasi va amaliyoti



Yüklə 36,55 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü36,55 Kb.
#180304
1   2   3   4   5
2 ma\'ruza Statistik maʼlumotlarni toʼplash nazariyasi va amaliyoti

Kritik fursat (moment) - bu hodisa va voqealarning ma’lum bir nuqtaga bo’lgan holatidir. Aholi ro’yxati o’tkazilgan 8 kun ichida qancha o’zgarishlar bo’ladi: bir tomondan tug’ilish, ikkinchi tomondan o’lish, ko’chib kelish va ketish. Shuning uchun ham, kritik payt (moment) belgilanib, faqat o’sha momentga bo’lgan aholi soni aniqlanadi. Shu paytga bo’lgan aholi sonini fotosuratga olinadi desak ham xato qilmaymiz. 1989 yilgi aholi ro’yxatida 11 yanvardan 12 yanvarga o’tar kechasi soat 2400 kuzatishning kritik payti deb belgilangan edi. Bu degani, kechasi soat 23 dan 59 minut o’tganda o’lgan odamga va soat 00dan bir sekund keyin tug’ilgan bolaga ro’yxat varaqasi to’ldirilmaydi, agarda teskarisi bo’lganda edi ikkalasiga ham ro’yxat varaqasi to’ldirgan bo’lar edik.
Kuzatish qaerda o’tkazilsa o’sha joy kuzatish joyi deyiladi.
Statistik kuzatish natijalari uni o’tkazishga qanday tayyorgarlik ko’rilganligiga bog’liq. Tayyorgarlik ishlari statistik kuzatish o’tkazishni e’lon qilishdan boshlanadi. Birinchi navbatda ro’yxatni aniqlash, so’rov varaqasini tuzish, kuzatish o’tkazuvchilarni tanlash va tayyorlash turli-tuman yo’riqnomalarni tayyorlash va chop etish, shunday statistik kuzatish o’tkazishni zarurligi va mohiyatini xalqga ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish kerak. Bu ishlarni qanchalik yuqori darajada tashkil qilsak kuzatish natijalari shunchalik yuqori va ishonchli bo’ladi.
    1. Statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va uni nazorati.


Har qanday statistik kuzatish o’z oldiga faqatgina haqiqatni o’zida aks ettiruvchi ma’lumotlarni to’plashni maqsad qilib qo’yadi. Lekin ma’lumki, real
hayot bilan kuzatish materiallari o’rtasida hamma vaqt farq bor. Bu farq kuzatish xatosi deb yuritiladi.
Statistik kuzatish xatosi o’z navbatida:
-qayd qilish xatosi;
-reprezentativ (vakolatli) xatoga bo’linadi.
Qayd qilish xatolari kuzatish jarayonida faktlarni noto’g’ri aniqlash oqibatida paydo bo’ladi. Ular o’z navbatida:
-tasodifiy;
-muntazam xatolarga bo’linadi.

Yüklə 36,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə