2-Mavzu: O'simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi reja


Suvning tuproqdan yutilishi



Yüklə 74,85 Kb.
səhifə11/28
tarix25.01.2023
ölçüsü74,85 Kb.
#99304
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
2-mavzu (1)

Suvning tuproqdan yutilishi. Tuproq ko'p qavatli jism bo'lib asosan to'rt qismdan ya'ni qattiq mineral zarrachalar, organik moddalar yoki gumus, tuproq eritmasi va tuproq havosi jamlamasidan iborat. Bularning birinchi ikkitasi tuproqning tuzilishini belgilasa, keyingi ikkitasi shu tuzilish oraliqlarini to'ldirib to'radi.
Atmosferadan yog'ingarchilik tufayli tuproqga tushgan suv asta sekin harakat qilib tuproqning sizot suvlarigacha etib boradi. Ammo suvning bir qismi tuproqda ushlab qolinadi va tuproq bo'shliqlarida yig'ilib boradi. Tuproqning yuqori qatlamida qolgan suv ya'ni bog'langan suv, pastga qarab ketgan suv, yani gravitasion suvning miqdorlari avvalo tuproqning tiplariga va undagi g'ovaklar ulchamiga bog'liqdir.
Suvning tuproqlardagi sizish tezligi qum tuproqlarda bir yil mobaynida 2-3 metr, taqir tuproqlarda esa 1-2 metr atrofida bo'ladi. O'simliklarning tuproqdan o'zlashtirishi mumkin bo'lgan suvning miqdori ularning nam sig'imlariga mosdir. Masalan, dala nam sig'imi o'simliklar tomonidan eng yuqori ko'rsatkichda foydalanilishi mumkin bo'lgan suvning ta'rifidir.
O'simlikning o'sishi uchun zarur bo'lgan suvning tuproqdagi eng kam miqdori qat'iy so'lish namligi deyiladi va bunday tuproq namligida o'simlik asta sekin so'liy boshlaydi va oxir oqibatda quriydi.
Dala nam sig'imi bilan o'simlikning sulish namligidagi tuproq namligi miqdori orasidagi farq shu tuproqning o'simlik o'zlashtirishi mumkin bo'lgan suvdan qanchalik miqdorda yig'ishini ko'rsatadi.

Wo,.t.o,.m.b.s.m. = Wd.n.s. - Wq.s.n.
bu erda:
Wo,.o,.m.b.s.m.-o'simlik tomonidan o'zlashtirilishi mumkin bo'lgan suvning miqdori;
Wd.n.s.-dala nam sig'imi;
Wq.s.n.-qat'iy so'lish namligi.
Ammo sulish namligi hamma o'simliklar uchun bir xil emas. Masalan, qat'iy so'lish hodisasi soyasevar va suvxo'r o'simliklarda tuproq surish kuchi S = 0,7-0,8 MPa, bo'lganda ro'y bersa, qishloq xo'jalik o'simliklarida S = 1 - 2 MPa, qurg'oqchilik joylarida o'suvchi o'simliklarda va daraxtlarda esa S = 2-3 MPa bo'lganda ro'y beradi.

Yüklə 74,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə