2-Mavzu: Boshlang'ich sinflarda texnologiya ta'limidan amaliy ishlar Reja


Barcha o‘quvchilarni darsda band qilish imkoniyati



Yüklə 17,89 Kb.
səhifə2/3
tarix03.08.2023
ölçüsü17,89 Kb.
#120315
1   2   3
2-mavzu

Barcha o‘quvchilarni darsda band qilish imkoniyati.
Mehnat ta`limining yangi dasturlari, metodlari va tashkiliy shakllari asosida ishlab chiqiladi. Mehnat dasturlarida mehnat madaniyatining malaka va ko‘nikmalari aks ettirilgan bo‘lib, unga qarab maktab o‘quvchisi, o‘qituvchisi va maktab faoliyatiga baho beriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning u yoki bu xususiyatlarini, mehnat madaniyatining tarkibiy qismi birligini hisobga olganda dastur tuzib chiqadi.
Mehnat ta`lim yo‘nalishlaridan birinchisi bolada va o‘smirda inson mehnati haqida va uning mehnatining mahsuli yaratilgan buyumlar to‘g`risida, ishlab chiqarish muhiti, materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi, moddiy ishlab chiqarish iqtisodiyoti haqida tasavvurlar hosil qilishga har tomondan yondashishni talab qiladi.
Mehnat ta`limining yo‘nalishining ikkinchisi, o‘quvchilarda oilada va turmushdagi vazifalarni taqsimlash, ularni bajarish to‘g`risidagi tasvvurlarni shakllantirish.
Mehnat ta`limining yo‘nalishining uchunchisi esa hozirgi zamon o‘quvchisi tabiatga ekologik munosabatda bo‘lishni shakllantirish, uni qishloq xo‘jaligi sohasidagi malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirish kerak.
Mehnat ta`limi jarayonida hosil qilingan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalar maqsadsiz emas, balki insonning asosiy qobiliyati – mehnatga bo‘lgan qobiliyatini rivojlantirish vositasi hisoblanadi.
Qog`oz bilan ishlash darslarida o‘quvchilarga ish urnini tashkil qilish, qog`oz va uning turlari, qog`ozdan buyumlarni yasash boskichlari haqida, ya`ni qog`ozni buklash, qirqish, yirtish, yig`ish va ishlov berish to‘g`risida, ishni to‘gatgandan so‘ng xato va kamchiliklarni yo‘qotish haqida va boshqalar to‘g`risida tasavvur hosil bo‘ladi.
Birinchi sinf o‘quvchilari qog`oz bilan ishlash darslarida quyidagilarni o‘rganadilar.
Qog`oz turlari —chizmachilik, rasm, gazeta, rangli qog`ozlar. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra yaltiroq, baxmalsifat, bo‘yalgan qog`ozlar.
Qog`ozlarning asosiy xususiyatlari: mustahkamligi, rangsizligi, bukiluvchanligi.
Qog`oz bilan ishlashda foydalaniladigan asboblar va moslamalar (qaychi, tekislagich, chizgich, qalamuchburchak lineyka, shablon, trafaret), ularning ishlatilishi, ishning texnik xavfsizligi.
YAsaladigan buyumning namunasini ko‘rib chiqish. Detallar miqdori, shakli, har bir detal o‘lchamalarining qiyosiy tahlili, detallarni birlashtirish usullari.
Teshiklar uchun ishlatiladigan asbob, yoyilma (razvertka) haqida ma`lumot.
Detal yigma eskizini o‘qish: konturli, chiqariladigan o‘lchamli chiziqlar.
Bukish chizig`i. Eng oddiy razvertkalar — quticha, kubikcha.
Izchil bajariladigan ishlarni jamoaviy rejalashtirish.
Yangi texnologiyalar: xalqali applikatsiya..

Yüklə 17,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə