2-mavzu. Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi. Bilish falsafasi (gnoseologiya). Mantiq. Jamiyat falsafasi. Inson falsafasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə7/32
tarix30.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#167156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
2-mavzu. Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi. Bilish fa

v) Butun va qism.
Ma’lumki, borliqdagi har bir narsa, hodisa, jarayon bizning ko‘z oldimizda bir butunlik sifatida gavdalanadi. Biz ularni o‘rganar ekanmiz, ularning qismlardan, bo‘laklardan, komponentlardan, elementlardan iboratligini ko‘ramiz. Bu qismlar, bo‘laklar, komponentlar, elementlar o‘zaro muayyan qonuniyatlar orqali birikib, ma’lum tuzilishdagi bir butun nar­sani, hodisa yoki jarayonni tashkil qiladilar. Bu nar­sa va hodisalarning ma’lum bir guruhi o‘zaro birikib, biron bir sistemani hosil qiladi. Bu esa ma’lum strukturaga ega bo‘lib, muayyan elementlardan iborat bo‘ladi. Bundagi butun, qism, sistema, struktura, ele­mentlar o‘zaro dialektik birlikda, bog‘lanish va aloqadorlikda mavjud bo‘ladi.
Xo‘sh, butun va qism deb nimaga aytiladi?
Butun — o‘zaro dialektik aloqadorlikda bo‘lgan qismlar, bo‘laklar, tomonlar, elementlar, komponentlarning uzviy birligidan iborat bo‘lgan alohida nar­sa, hodisa, jarayondir. Masalan, bizni o‘rab turgan olam bir butundir.
Qism esa shu butunni tashkil qilgan, uning tarkibidagi ma’lum bo‘lak, komponent, elementdir. Masa­lan, bir butun olamning bir qismi tabiatdir.
Borliqdagi narsa va hodisalarga xos bo‘lgan butun va qismlarning o‘zaro qonuniyatli aloqadorligi «Bu­tun va qism» kategoriyalarida aks etadi va ifodalanadi. Olamdagi har bir predmet (hodisa, buyum, protsess) ana shu butun va qismlarning dialektik birligidan iborat. Masalan, leksikologiyaga oid «ishchilar» so‘zini olsak. Bu so‘z: «ish» — «chi» — «lar» kabi ma’noli qismlardan iborat. Bu qismlar o‘zaro birikib, bir butun «ishchilar» so‘zini hosil qiladi.
Butun va qism o‘zaro dialektik aloqadorlikdadir. Butunning umumii tabiati uni tashkil qiluvchi qismlarning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, butun tarkibidagi har bir qism butunning o‘ziga xos xususiyatini ma’lum darajada ifodalaydi. Lekin butunni tashkil qilgan bu qismlar butun tarkibida har biri alohida-alohida emas, balki butunning bo‘laklari sifatida ko‘rinadi. Unda butunga xos ma’lum xususiyat qismlarga ham xos bo‘lishi mumkin. SHu bilan birga, butun tarkibidagi qismlar butun bilan umumiy birlikka ega bo‘lishi bilan birlikda, ular bilan o‘zaro ziddiyatda, qarama-qarshilikda bo‘lishi ham mumkin. Butunsiz qismlar va qismlarsiz butun yo‘q va bo‘lishi mumkin emas, ular faqat o‘zaro aloqadorlikda, bir­likda, birgalikda, bir-birini taqozo qilgan holda mavjud bo‘ladi. Bunda butunni tashkil qiluvchi qism­lar ham o‘zaro bir-birlari bilan ta’sir va aks ta’sir qilib turishadi. Butun va qismlarning bu o‘zaro ta’­sir va aks ta’sir qilib turishlari natijasida butun va qismlarning o‘zgarishi va rivojlanishi sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, har bir butun va qismlar ob’ektiv reallikdagi boshqa butunlik va qismlar bi­lan ham muayyan aloqadorlikda va bog‘lanishda bo‘ladi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə