2-Мавзу: atrof-muhitni qadrlash



Yüklə 34,28 Kb.
səhifə2/3
tarix27.09.2023
ölçüsü34,28 Kb.
#124274
1   2   3
2 МАВЗУ

2. Tanlov tajribalari Atrof-muhitning bosh tadqiqot obyekti ekologik tizim yoki ekotizimdir. U ma’lum maydondan iborat bo‘lib, unda tirik organizmlar va ularni yashash muhitlari majmuasi moddiy- 36 energetik va axborotlarning o‘zaro ta’siri bilan birlashgan. “Ekotizim” atamasi ilk bor ingliz botanigi L.Tensli (1935) tomonidan taklif qilingan. Ekotizim biror kattalikdagi yoki o‘lchamdagi hudud bilan chegaralanmaydi. Shuning uchun ham uni organizmlarning xohlagan (masalan, sun’iy akvarium, issiqxona, bug‘doy maydoni va h.k.) va murakkab yashash tabiiy muhiti (ko‘l, o‘rmon, okean)ga nisbatan qo‘llash mumkin. Odatda quruqlik va suvli (akvatoriyali) ekotizimlar farq qiladi. Ekotizimlarni misollar yordamida tushuntiramiz: qora saksovulzorlar taqirli delta tekisliklarida keng tarqalgan, daryo sohillarida daraxt-butali to‘qayzorlar qamishli qayir ko‘llari rivojlangan. Tirik organizmlarni o‘rab turgan fizik qurshov yoki tevarakatrofdagi o‘zaro bog‘lanishlardagi shart-sharoitlar va ta’sirlar majmuyi muhit deb ataladi. Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi, ularning o‘zaro bog‘liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. Organizmlarning yashashi uchun bir yoki bir nechta muhitlar zarurdir. Hayot muhitlari alohida yashash muhitlariga bo‘linadi. Yashash muhiti hayot muhitining geografik va ekologik xususiyatlari bilan ajraluvchi qismidir. Masalan, suv hayot muhitida chuchuk va sho‘r suvli yashash muhitlari, oqar va oqmas yashash suv muhitlariga ajratiladi. Yashash muhiti, yashash joyi va geotoplarga bo‘linadi. Ekotizimning barcha elementlari ham biotik, ham abiotik omillar ta’siridandir. Bu jarayonlar muayyan muhit sharoitlarida ro‘y beradi. Ekologik nuqtayi nazardan muhit shunday tabiiy jismlar va hodisalarki, organizm ular bilan bevosita yoki bilvosita munosabatda bo‘ladi. Organizmning atrof-muhiti nihoyatda xilmaxil bo‘ladi. U vaqt va makonda ko‘pdan-ko‘p harakatdagi elementlar, hodisalar, shart-sharoitlardan tashkil topib, ular omillar sifatida ko‘zdan kechiriladi. Tirik organizmlar asosan to‘rtta muhitda: suv, havo, tuproq, organizm (muhit sifatida)larda yashashga moslashgan. Suv va 37 havo o‘lik, tuproq oraliq, organizm tirik muhitlardir. Muhitning tirik organizmlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etuvchi tarkibiy qismlari ekologik omillar deb ataladi. Hozirda ushbu omillarning kelib chiqish vaqti bo‘yicha muhitga, xarakteriga, ta’sir etish xususiyatlariga qarab abiotik (o‘lik tabiatning ta’siri), biotik (tirik organizmlar bilan bog‘liq ta’sir) va antropogen (inson faoliyati natijasida ta’sir) omillarga bo‘linadi (N.N.Ponomaryova, 1975). 1. Abiotik omillar organizmlarga muhitning fizik va kimyoviy jihatlari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi:  iqlim, yorug‘lik, harorat, havo, namlik va shamol, bosim;  edafik: tuproqning mexanik va fizik-kimyoviy tarkibi, xossalari va h.k.;  topografik yoki orografik: relyef sharoiti – joyning balandpastligi va h.k.;  gidrologik: suv muhiti xususiyatlarining ta’siri. 2. Biotik omillar organizmlarning turli shakllaridagi o‘zaro munosabatlari natijasidagi ta’siridir. Ular quyidagicha ro‘y beradi:  fitogen – birgalikda yashayotgan o‘simliklarning bevosita va bilvosita ta’sirlari;  zoogen – hayvonlarning oziqlanishi, payhon qilinishi, changlatishi, meva va urug‘larini tarqatishi, muhitga ta’sir etish kabi ta’sirlari;  mikrobiogen va mikogen – mikroorganizm va zamburug‘larning ta’siri orqali. 3. Antropogen omillar insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan ta’sirdir. Bu omil yashash muhitining o‘zgarishi, ekotizimlarning tarkibiy qismlaridagi bog‘lanishlarning buzilishi, inqirozi, hatto biotsenozlarning butunlay yo‘qolishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Qulay sharoitda yashash, rivojlanish, ko‘payish uchun organizmlar yetarli miqdorda zarur omillar majmuasiga ega bo‘lishi kerak. Atrof-muhitning abiotik omillari iqlimiy va tuproq-zamin omillaridan iboratdir. Bu omillar bir-biriga va tirik organizmlarga 38 ta’sir o‘tkazuvchi ko‘pdan ko‘p harakatchan elementlardan tashkil topgan. Asosiy iqlimiy omillar quyidagilar: a) Quyoshning bo‘shliqqa elektromagnit to‘lqinlari ko‘rinishida tarqaluvchi nurli energiyasi Quyosh radiatsiyasi energiyasining 99 %ga yaqini, 0,7-4,0 mkm uzunlikka ega bo‘lgan to‘lqinli nurlar tashkil etadi. Shundan 48 %i to‘lqin uzunligi 0,4-0,76 mkm bo‘lgan spektrning ko‘rinadigan qismiga, 45 %i infraqizil (to‘lqin uzunligi 0,75 mkm dan 10-3 metrgacha) va 7 %ga yaqini ultrabinafsha (to‘lqin uzunligi 0,4 mkm) nurlarga to‘g‘ri keladi. Hayot uchun infraqizil nurlar muhim ahamiyatga ega, fotosintez jarayonida esa to‘q sariq, qizil va ultrabinafsha nurlar eng muhim rol o‘ynaydilar. Quyosh radiatsiyasining atmosfera orqali yer sathiga o‘tadigan energiyasi miqdori amalda doimiy va 21*1023 Dj atrofida bo‘ladi. Bu raqamni “Quyosh doimiysi” deb ataladi. Ammo quyosh energiyasining yer sathi turli nuqtalariga kelishi bir xil emas va u nur tushishi burchagining uzunligi, atmosfera havosining shaffofligi va hokazolarga bog‘liqdir. Shuning uchun ham doimiy quyoshlilikning vaqt birligida sathning 1 sm2 ga to‘g‘ri keladigan joul miqdorlarida ifodalanadi. Uning o‘rtacha qiymati 1s 0,14 Dj. sm kv. ga yaqindir. Yer sathi quyosh energiyasini nafaqat yutadi, balki qisman uni qaytaradi ham. Ma’lumki, oq rangga bo‘yalgan sathlar qoraga bo‘yalganlarga qaraganda nurni jadalroq qaytaradi. Harorat va namlikning umumiy holati sathning yutishiga bog‘liq. Chunonchi, toza qor quyosh radiatsiyasi energiyasining taxminan 80-95 %ini, ifloslangan qor esa 40-50 %ini, qora tuproqli yerlar 5 %gacha, quruq ochiq rang yerlar 35-45 %ini, igna bargli o‘rmonlar 10-15% ini qaytaradi; b) Yer sathining nurli energiya va nur oqimining davomiyligi hamda jadalliligi bilan belgilanuvchi jarayon yoritilganlikdir. Yerning aylanishi natijasida kunduz (yorug‘lik) va kecha (qorong‘ilik) almashib turadi. Yoritilganlik barcha jonzotlar uchun muhim rol o‘ynaydi. Organizmlar ham fiziologik jihatdan kunduz 39 va tunning almashinishiga, kecha-kunduzning qorong‘i va yorug‘ davriga nisbatan moslashgan. Amalda barcha hayvonlar va insonda kecha-kunduzning almashishi bilan bog‘liq sirkad (kecha-kunduz) maromlari deb ataluvchi faollik mavjuddir. Ko‘pgina o‘simliklar faqatgina kunduzgi vaqtda gullashga qodirdir. Kechasi esa gullar gulkosasini berkitib oladi. Yorug‘likka nisbatan munosabatiga ko‘ra, o‘simliklar yorug‘likni sevuvchilar va soya bardoshlilarga bo‘linadi; d) atmosfera havosining suv bug‘lariga to‘yinishi bilan bog‘liq namligi. Atmosferaning pastki qatlamlari 1,5-2,0 km balandlikkacha namlikka juda boy bo‘ladi. Bu qatlamda taxminan 50 %gacha namlik to‘planadi. Havodagi suv bug‘i miqdori havo haroratiga bog‘liqdir. Harorat qancha yuqori bo‘lsa, havoda shuncha namlik ko‘p bo‘ladi. Ammo u yoki bu aniq haroratda havoning suv bug‘i bilan to‘yinishida eng ko‘p namlik yoki maksimal namlik deb ataladigan chegara bor. Odatda, havoning bug‘ bilan to‘yinishi eng ko‘p darajaga yetib bormaydi. Eng ko‘p to‘yinish va to‘yinmaslik o‘rtasidagi farq namlikning tanqisligi va to‘yinishining yetishmasligi deb yuritiladi. Namlikning yetishmasligi – eng muhim ekologik ko‘rsatkich, zero u bir yo‘la ikki narsani: ham haroratni, ham namlikni tavsiflaydi. Namlik yetishmasligi qancha yuqori bo‘lsa, havo shunchalik quruq va issiqroq yo aksincha bo‘ladi. Ma’lumki, vegetatsiya (rivojlanish) davrining muayyan bir davrida namlik tanqisligining oshishi o‘simliklar zo‘r berib hosil tugishiga ko‘maklashadi, shuningdek, qator jonivorlarda, masalan, hasharotlarda ko‘payish birdaniga avj oladi. Shuning uchun ham tirik organizmlar dunyosida turli hodisalarni oldindan aytishning ko‘pgina usullari namlik tanqisligi harakatini tahlil qilishga asoslangan. Atmosfera havosining namligi insonning fiziologik holatiga, ayniqsa, g‘ayritabiiy jarayonlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi; e) atmosferaning gaz tarkibi. Atmosferaning sifat tarkibi nisbatan doimiydir va u, asosan, azot va oz miqdorda uglerod va argon dioksidi aralashgan kislorod, shuningdek, boshqa gazlardan 40 iboratdir. Bundan tashqari atmosferaning yuqori qavatida ozon bor. Odatda, atmosfera havosida qattiq va suyuq zarrachalar (suv, turli moddalar oksidlari, chang va tutun) bo‘ladi. Azot oqsil tuzilmalari va organizmlarni tashkil topishida qatnashadigan eng muhim biogen elementdir, asosan, yashil o‘simliklardan chiqib turadigan kislorod achitish jarayonlarini ta’minlaydi. Uglerod dioksidi Yerning Quyoshdan va aks etishdan nurlanishining tabiiy dempferi (nemischa dempfer – pasaytiruvchi) hisoblanadi, ozon jonli modda uchun halokatli bo‘lgan Quyosh spektrining ultrabinafsha nurlariga nisbatan parda (ekran) rolini o‘ynaydi. Eng mayda zarrachalar (o‘simlik gul changlari, tutunlar, gigroskopik havo namligini o‘ziga tortib oladigan tuzlar, qattiq hamda suyuq oksidlar va h.k.) yer sathiga quyosh nurlari o‘tishiga to‘sqinlik qilib, atmosferaning shaffofligiga ta’sir ko‘rsatadi; f) yer sathi harorati atmosfera harorati shart-sharoitlari bilan belgilanadi va quyosh nurlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma’lumki, yassi gorizontal sathi tushadigan issiqlik miqdori Quyoshning ufq (gorizont) ustida turish burchagi sinusiga to‘g‘ri munosibdir. Shuning uchun bir rayonda haroratning kecha-kunduz mavsumiy goh ko‘tarilib, goh pasayib turishi kuzatiladi, buning ustiga Yer shari sathining hammasi shartli chegaralari bilan bir qator mintaqalarga bo‘linadi. Joyning kengligi ekvatordan shimol va janubga qarab qancha yuqori bo‘lsa, Quyosh nurlarining yer sathiga nishablik burchagi shunchalar katta va iqlim shunchalar sovuq bo‘ladi; g) havo massasi harakati (shamol). Shamolning paydo bo‘lishiga sabab yer sathining bir xilda isitmaganligidir. Bu bosimning ko‘tarilib-pasayib turishi bilan bog‘liq. Shamol oqimi kam bosimli tomonga, ya’ni havo ko‘proq isigan tomonga yo‘naladi. Yerning aylanish kuchi havo massasining aylanib turishiga ta’sir etadi. Havoning Yerga yaqin qatlamida ularning harakati iqlimning barcha meterologik elementlari, harorat shartsharoitlari, namlik, yer sathidan parlanish va o‘simlik shaklining o‘zgarishi (transformatsiyasi)ga ta’sir ko‘rsatadi. 41 Shamol atmosfera havosi tarkibidagi aralashmalarni ko‘chirib yurish va taqsimlashining muhim omilidir. Bir necha o‘n yillarga cho‘ziladigan atmosfera sirkulyatsiyasi sust bo‘lgan uzundan-uzoq davrlar (sikllar) kuzatilgan. Bunda meridional kenglik sirkulyatsiyalari vaqti-vaqti bilan sharqdan g‘arbga, shimoldan janubga, shuningdek, qarama-qarshi yo‘nalishlarga almashib turadi. Shamol inson organizmning ruhiy fiziologik holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, ko‘pgina kasalliklar, ko‘pgina hayvon turlari bir vaqtning o‘zida faollashgan. Masalan, hasharotlarning ommaviy ravishda birdaniga ko‘payish davrlari kuchayishiga sabab bo‘ladi; h) atmosfera bosimi. Teromometr simob ustunining 750,1 mm ga muvofiq keladigan 1 kPa me’yordagi bosim hisoblanadi. Yer shari chegaralarida doimo yuqori va past bosimlar bo‘ladigan mintaqalar bor, buning ustiga bir nuqtaning o‘zida bosimning mavsumiy va kecha-kunduz eng kam hamda eng ko‘p bo‘lishi kuzatiladi. Shuningdek, atmosfera bosimi harakati dengiz va quruqlik bosim turlariga bo‘linadi. Past bosimning vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lib turishi mintaqalardagi havoning kuchli oqimlari bilan bog‘liq. Bu oqimlar bo‘shliqda qorishib ketadigan markazga spiral bo‘ylab buralibburalib harakat qiladi, bu hodisa siklon deb ataladi. Siklonlar, asosan, o‘zgaruvchi ob-havo va yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan fasllarda kuzatiladi. Atmosfera bosimi inson organizmining gomeostaziga (holatiga) katta ta’sir ko‘rsatadi. 4. Biotik omillar (jonli muhit omillari). Organizm hayot faoliyatining boshqalariga ta’sir majmuyi biologik omillar deyiladi. Hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar g‘oyatda xilma-xildir. Ularni bilvosita va bevosita munosabatlarga ajratish mumkin. Birinchilari, bir organizmning boshqalariga bevosita ta’siri bilan bog‘liq, ikkinchilari, shu narsada ko‘rinadiki, masalan, o‘simlik o‘zining borligi bilan hayvonlar yoki boshqa o‘simliklar uchun abiotik omillarni o‘zgartiradi. 42 Har qanday o‘simlik turkumi muhitning biotik tavsiflari majmuyiga ta’sir ko‘rsatadi. Dala yoki sahro joyidagi abiotik sharoitlardan o‘rmon massivi doirasidagi abiotik sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan qanchalar farq qilishi ma’lumdir. Tirik organizmlarning o‘zaro ta’siri ularning bir-biriga nisbatan reaksiyasi nuqtayi nazaridan turkumlanadi. Jumladan, geomotiv reaksiyalar ajratib ko‘rsatiladi. Reaksiyalar deganda esa bir xil turdagi zotlarning (masalan, guruh samarasi, ozuqa joyini muhofazalash) o‘zaro tasiri va bir xil turlarning mustaqil yashovchilari o‘rtasidagi koalitsiyalar tushuniladi. O‘simliklar yerda dastlabki organik moddani yaratadi va demak, boshqa barcha jonli organizmlarni zarur energiya bilan taminlaydi, ularning ozuqasi hisoblanadi. Trofik (yoki ozuqa) omil miqdor, sifat (fiziologiya guruhi) va qulayligi bilan farqlanishi mumkin. Hayvon va o‘simlikning har bir turi ozuqa tarkibini aniq tanlay oladi, har bir o‘simlikka muayyan mineral elementlar zarur. Hayvonning har bir turi o‘zicha ozuqa sifatiga talabchandir. Hayvonlar orasida o‘simlik va jonivorlarning bir turi (monofaglar), ko‘p turlari (polifaglar), shuningdek, ozuqalarning ko‘p yoki ozroq chegaralangan xillari (keng yoki tor olifaglar) bilan ovqatlanadiganlari bor. Hayvonlar o‘rtasidagi munosabatning eng keng tarqalgan turi – vahshiylik, ya’ni bir tur ikkinchisini bevosita ta’qib etadi va yeb qo‘yadi. Masalan, o‘simlik bilan oziqlanuvchi tuyoqlilarini vahshiy hayvonlar, hasharotlarni qushlar, mayda baliqlarni yirik baliqlar yeb qo‘yadi. Vahshiylik umurtqasiz hayvonlar orasida ham kuzatiladi. Vahshiy hasharotlar, chuvalchanglar, molyuskalar, eng oddiy vahshiylar va bakteriyalar ma’lumdir. O‘zaro munosabatlarning boshqa turi turli shakllardagi tekinxo‘rlikdir. Eng odatdagi holatda tekinxo‘r organizm doimiy ravishda boshqa hayvonning tanasi va ichida yashaydi, u xo‘jayin deb ataladi. Hayvonlar gelmintlari, tekinxo‘r hasharotlar (bit, burga), kanalarning ba’zilari juda oddiy bo‘lib, odam va hayvonlarda kasalliklarni tug‘diruvchi vahshiylardir. 43 O‘simliklar va hayvonlar o‘rtasidagi munosabat yana ham murakkab va xilma-xil bo‘lishi mumkin. Ba’zi bir hayvonlar o‘simliklarga nisbatan changlanuvchi urug‘lar, shuningdek, kasalliklarni tashuvchi sifatida bo‘lishi mumkin, o‘simliklar esa hayvonlar uchun begona xizmatini o‘tashi mumkin. Ba’zi o‘simliklarni yeb tashlaydigan hayvonlarga (masalan, ko‘pgina hasharotlarga), shuningdek, tekinxo‘r, vahshiy hayvonlarga ular yeb tirikchilik qiladigan organizmlarning tabiiy dushmanlari sifatida qaraladi. Bunday yondashish prinsipi jihatidan noto‘g‘ridir. Tekinxo‘rlar, vahshiylar, zoofat va fitofaglar o‘z xo‘jayinlar, qurbonlariga nisbatan muhit omillari, ularga ekologik tokcha elementlari hisoblanadi. Demak, umumiy ekologiyada tutgan o‘rniga ko‘ra, ularning hammasi ekotizimning bir-biriga o‘zaro kerak bo‘ladigan elementlaridir. Ularning o‘zaro tasiri jarayonida tabiiy tanlanish va moslanish, muvofiqlashish o‘zgaruvchanligi, ya’ni eng muhim evolyutsion jarayonlar amalga oshiriladi. Tabiiy sharoitlarda hech bir tur boshqasining yo‘q bo‘lishiga intilmaydi. Buning ustiga ekologik tizimdan qandaydir bir tabiiy “Antogonist”ning yo‘qolishi ana shu “antogonist” rivojiga yaraydigan turning ham yo‘q bo‘lishiga olib keladi. Inson o‘z manfaatlari yo‘lida ekologiya tizimlari va alohida populyatsiyalarni boshqarish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazganda, masalan, vahshiy hayvonlarni yo‘qotganda, hayvonlar va o‘simliklarni ko‘chirayotganda ana shu shart-sharoitlarning barchasini, shuningdek, bunda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan bevosita oqibatlarni hisobga olish mumkin. Har bir organizm yoki organizmlar guruhining yaxshi rivojlanishi atrof-muhitning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan omillariga bog‘liqdir. Tolerantlik (gomeostaz) chegarasiga bardosh berish chegarasiga yaqinlab boradigan yoki undan o‘tib ketadigan har qanday sharoit belgilab qo‘yuvchi (limitlovchi) sharoit yoki belgilab qo‘yuvchi omil deb ataladi. Keyingi paytlarda insoniyatning rivojlanishi juda tezlashdi. Sayyora aholisi tezlik bilan ko‘payib bormoqda. Sivilizatsiya 44 ochko‘zlik bilan tabiiy zahiralarni yutib yubormoqda va tashqi muhitga sezilarli o‘zgarishlar olib kelmoqda. Inson ta’siri ostida amalga oshirilayotgan katta maydonlarning o‘zlashtirilishi, yaylov sifatida tabiiy manbalarning yo‘qolishi, o‘rmonlarning kesib yuborilishi, katta kanal va platinalar qurilishi, sug‘orish tizimlari, tog‘larda foydali qazilmalarni izlash, tuproq eroziyasi, o‘g‘itlar, pestitsidlarning qo‘llanilishi, meliorativ tadbirlar, tuproq, atmosfera va suvlarning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi kabi ishlar tabiatga katta salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yer biosferasining hayot tizimini yomon tomonga o‘zgartirmoqda. Bunday o‘zgarishlar inson hayoti uchun xavf-xatar tug‘diradi, juda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ular, shuningdek, tabiiy zahiralarning o‘ylanmasdan sarflanishi barcha tirik organizmlarni halokatga eltadi. Fan yutuqlaridan foydalanib, yerni himoyalash tadbirlarini ishlab chiqish, uning tabiiy zahiralarini ko‘paytirish yuzasidan keskin choralar ko‘radigan payt keldi. Tabiatni himoya qilish va zahiralardan foydalanish bilimga asoslangan poydevorga ega bo‘lishi va biosferani mahkam saqlash mexanizmiga asoslanishi kerak. Bu jarayondagi ishlar bir mamlakatning emas, balki umumsayyora yoki umumbiosfera ishidir. Insonning dunyo rivojlanishiga ta’sirini vaqtincha va uzluksiz deb o‘ylashimiz mumkin. Odam mehnat quroli sifatida tosh va olovni o‘ylab topgan davrlarda tabiiy boyliklar o‘ta cheksiz edi. Odam otaravadan foydalanishni o‘rganganda ham tabiiy boyliklar to‘libtoshib yotardi. Lekin o‘sha davrlarda ham insoniyat yerga ayovsizlarcha munosabatda bo‘ldi. Keyinchalik ularnning qobiliyati shunchalik rivojlanib ketdiki, u tabiiy boyliklarni, ulardan foydalanish yo‘llarini to‘xtovsiz izladi va topdi. Ammo endilikda aql-idrok bilan yashamog‘imiz lozim. Aks holda o‘zimizga-o‘zimiz ziyon keltiramiz. Sivilizatsiyaning boshlang‘ich davridan boshlab inson tashqi muhitni o‘zgartirishga harakat qildi va sayyora ekotizimining tabiiy xazinasiga kirib olishga jur’at qildi. Quruq cho‘plar 45 yordamida olov yoqilgan dastlabki paytlarda tabiiy chirindi o‘rniga anorganik modda hosil bo‘lgan. Uzoq vaqtlar qobiliyati ancha cheklangan inson tabiatga jiddiy zararli ta’sir ko‘rsata olmadi. U o‘ziga ozuqa va olov topishga uringan neolit davridan boshlab tabiatni o‘zgartira boshladi va uning biosferaga ta’siri ham aynan shu davrdan boshlandi. To‘g‘ri, bu davrda inson tabiatga nisbiy ravishda ta’sir ko‘rsatayotgan edi. U yoqqan olov atrofga tarqalib, yaqin o‘rtadagi o‘t-o‘lanlarni nobud qilar, bu esa hayvonlarning to‘yib oziqlanishga dastlabki to‘siq edi. Bora-bora odamzot hayvonlarni quvib, haydab, o‘ldirib, tabiat yoki tashqi muhitning o‘zgarishiga ham ta’sir ko‘rsatishga kirishdi. O‘sha davrlarda odamlar juda tarqoq, dunyo esa juda keng bo‘lib, hamma istaganicha hayot kechirardi, tabiatni buzgan, kuydirgan odamlar bundan o‘ta mag‘rurlanib yashardi. Ayrimlar hozir ham qancha tirik organizmni yo‘q qilganidan maqtanib yurishadi. Sivilizatsiya natijasida yo‘q qilgan tabiiy boyliklarimiz tovonini to‘laydigan davr keldi. Tabiat boyliklardan to‘xtovsiz foydalangani va ular uzluksiz sarflangani uchun biosferaning ayrim joylarida tabiiy tenglik yo‘qolgan.Uni qayta tiklash imkoni bormi? Balki bugun sayyoramiz biosferaga keltirgan ziyonlar uchun tovon to‘layotgandir. Tabiiy zahiralarni tiklash yo‘lidagi urinishlarimizdan biron foyda bormi? Hamma odamlarning kelib chiqishi aslida bir xil. Turli irqlar rivojlanish tarixida juda ko‘p qiyinchiliklarga duch keldi. Ular tabiiy noqulay omillar ta’sirida turar joylarini o‘zgartirdi va natijada turmush tarzi mutlaq o‘zgarib ketdi. Ammo qaysi muhitda yashashmasin, ularning genetik xususiyatlari o‘zgarmasdan avloddan-avlodga o‘tdi, yillar, uzoq evolyutsiya tarzi genetik kodga ta’sir ko‘rsata olmadi. O‘ylab ko‘rsangiz, yana yuz ming yillardan so‘ng ham genetik evolyutsiya o‘zgarmasdan shu tarzda qoladi. Ammo tabiiy tanlash bizga ma’lum va noma’lum holatda sezilar-sezilmas darajada davom etmoqda. Ana shu xususiyatlariga ko‘ra, inson hayoti uzoq vaqtlar tor doirada fizik, kimyoviy 46 chegara bilan biologik va fiziologik harakatlarini saqlab qoladi. Hozirgi odam yashayotgan muhitni uzluksiz o‘zgartirishi natijasida biosferaga moslashish darajasini oshirayotgandek bo‘lib, o‘zini evolyutsiya qoldiqlaridan ozod qilib yashaydi. Aslida bu soxta ko‘rinish, xolos. Inson qayerda bo‘lmasin, qayerda yashamasin, nima ish qilmasin o‘ziga kichkina qo‘rg‘oncha hosil qiladi va bu qo‘rg‘onchasi asli qayerda, qaysi evolyutsiyada shakllangan bo‘lsa, shundayligicha yashashda davom etadi. U qayerda bo‘lmasin – kosmosdami, yerostidami, suvdami hamma vaqt yer bilan bog‘liq bo‘lib, unga intilib yashaydi. Inson hayoti davomida ba’zan kimyoviy moddalar bilan ifloslangan, o‘ta shovqinli muhitda bo‘lganida ham yoki o‘ta hayajonli daqiqalarda ham fizik va aqliy jihatdan sog‘lig‘ini saqlab qolishga harakat qiladi. Buning uchun u o‘zini lozim bo‘lsa, zarur vositalar bilan himoya qilishi mumkin. Biologik cheklashlarga qaramasdan, tashqi muhitga moslashuvchanligi bois inson tosh davridagi xususiyatlarini yo‘qotgani yo‘q, quruq yerning deyarli hamma qismini egallab bo‘ldi. Muhitga moslashishning biologik mexanizmi qulay sharoitlarda insonning biologik tabiatiga hech qanday o‘zgartirishlar kiritmaydi. Hozirgi kunda odam eng ko‘p yashayotgan, ifloslangan havosi og‘ir katta shahar aholini uzluksiz o‘ziga tortadi va bunday shaharlar aholisi tezlik bilan ko‘payib boradi. Bunday shaharlarda iqtisodiy jihatdan baquvvat odamlar juda asabiylik bilan ishlaydi va yashaydi, bu yerlarda kuchli shovqin, uzluksiz ishlayotgan motorlar – kompyuterlar va telefonlar odamni toliqtiradi. Kimyoviy modda va tamaki tutunidan hamma joy sarg‘ayib ketgan. Inson biosferada o‘zi hosil qilgan bunday og‘ir muhitga tezlik bilan moslashish qobiliyatiga ega. Bunga sabab uning hayotni avlod qoldirish orqali davom ettirish yo‘lidagi harakati hisoblanadi. Bu yerda “Biologik moslashish” iborasini inson yashash uchun kurashib, ma’lum sharoitga moslashib ketadi, degan ibora bilan chalkashtirib yubormasligimiz lozim.
47 Chunki ijtimoiy-madaniy kuchlar evolyutsion moslashish mexanizmini buzib yuboradi, moslashish faqatgina hayvonot dunyosiga xos bo‘lib qoladi. Biologlar uchun ma’lum bo‘lgan “darvincha moslashmoq” iborasi orqali ma’lum bir turdagi hayvonning muayyan tashqi muhitga moslashib ko‘payishi va yangi hududga tarqalishini tushunamiz. Bu o‘rinda ham fikrimizni oddiy bir misol orqali izohlashga intilamiz, kambag‘al va rivojlanmagan mamlakatlarning aholisi ish izlab sanoati rivojlangan mamlakatlarga tarqalib ketadi. Bu jabhada xavf ayrim yerlarda aholining ortib borishi bilan boshlanadi. Demak, odam uchun darvinchasiga moslashish mumkin emas. Fiziologik nuqtayi nazardan tashqi muhitga moslashish inson miyasi va tanasidagi asabbuzar voqealarni “bostirishga” qaratilgan. Fiziologik va psixologik tushuncha bo‘yicha organizmning ma’lum sharoitga moslashishi keyinchalik ikkinchi tomondan zararli bo‘lib chiqishi mumkin. Inson vaqt o‘tishi bilan o‘zi yashab turgan muhitdagi ifloslanishga, haddan tashqari asabbuzarlikka va ijtimoiy aloqalarga, tabiiy biologik jarayondan uzoqlashib, shaharning og‘ir havo va texnika tutuniga ko‘nikib ketadi. Sivilizatsiyaning bunday og‘ir sharoitiga chidash natijasida o‘rta yoshlilar va keksalarda og‘ir surunkali kasalliklar kuzatiladi. Mamlakat iqtisodiy jihatdan baquvvat bo‘lgani bilan turmush tabiiylikdan juda uzoq bo‘lgani bois inson asta-sekin og‘ir havoga, osmonni qoplagan tutunga va iflos suvga, kimyoviy moddalarga boy oziq-ovqat mahsulotlariga o‘rganib qoladi. U endilikda biologik marom (ritm)ning kosmik tartibini bilmasdan yashay oladi. Endilikda u gullarning hidisiz, qushlarning “vijir-vijir” kuyisiz, tabiiy toza havosiz va boshqa biologik jihatlarsiz, ohanglarsiz yashashga o‘rganib qoladi. Insonni zarur biologik sharoitsiz va ilhomsiz ishlashga majbur qilish uning biologik va aqliy qobiliyatiga ta’sir etib, uni barcha yumushlarni bajaruvchi robotga aylantiradi. Oqibatda hayot mazmunan kambag‘allashib, ahamiyatini yo‘qotadi. Bu esa fikrimizcha, inson xarakteriga ta’sir qilib, uning fizik va aqliy 48 salomatligi yo‘qolishiga olib keladi. Havo, suv, tuproq, olov, tabiat maromi va tirik organizmlarning kuchliligi faqatgina kimyoviy moddalar, fizik kuchlar yoki biologik ta’sirlarda emas. Inson hayoti sifatida ahamiyatli bo‘lmasdan ularning ta’sir qilish imkonini bilish orqali shakllanadi va ular inson ehtiyoji uchun zarur vositaga aylanib boradi. Odamlarning hamma vaqt tabiat qo‘yniga oshiqishi, shahar uylarida kaminlarni yoqib qo‘yishi, kichik xonalarda ham uy hayvonlari bilan birga yashashi minglab yillar davomidagi evolyutsiya uning joni va qoniga singib ketganidan darak beradi, inson doimo shu evolyutsiya ta’sirida bo‘ladi. Greklar afsonasida aytilganidek, Anteyning oyoqlari yerdan uzilganda, u o‘z kuchini yo‘qotgani ham bejiz emas. Tabiat o‘z qonunlari asosida yagona va o‘zaro bog‘liq holda rivojlanib boradi. Inson tarixidagi obyektiv voqealar dunyo miqyosida xilmaxil ijtimoiy qatlamga ega mustaqil, siyosiy yetuk mamlakatlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Bugungi kunda insoniyat bilan tabiat o‘rtasida shunday og‘ir vaziyat vujudga kelmoqdaki, endilikda rivojlanish hamma davlatlarda bir xilda tabiatni himoya qilishning ilmiy asoslangan usullariga tayangan, tabiat boyliklaridan tejamkorlik bilan foydalanishga, ulardan yuqori sifatli va ko‘p mahsulotlar olishga, hozir ham, kelajakda ham inson yaxshi yashashi uchun eng tabiiy biosferani saqlab qolish zaruratidan kelib chiqqan holda bo‘lishi kerak. Bunday katta vazifani hech bir mamlakat yakka o‘zi amalga oshira olmaydi. U xalqaro tenglik va o‘zaro hamkorlik tufayligina rejali amalga oshirilishi mumkin. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi aloqa, huquq, foydalanish imkonlarini uzluksiz kengaytirar ekan, “jamiyat va tabiat” bir-biriga mos ravishda ish olib borishi lozim. XX asr oxirlarida insoniyat biosferaning tuzilishiga va vazifasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilganini ko‘rib turibmiz. Biosferada suv, biologik, mineral va boshqa boyliklar cheksiz, tuganmas ekanligi haqida afsonalarga ishonch qolmadi. Endilikda hamma joyda – quruqlikda ham, suvda ham inson ta’sirining salbiy oqibatlarini ko‘rmoqdamiz. Tabiatdagi “tenglik”ning 49 buzilishi odamlardan endi tez-tez “biosfera va inson” mavzusida bosh qotirishni talab etadi. Sanoatning baquvvat tarmoqlari, uzluksiz xom ashyo talab qiladi va qanchasini yamlab yutib qo‘yishi tabiatni yanada ifloslantiradi. Inson endilikda ifloslangan biosferaning zarbasini his qilmoqda. Juda ko‘p organizmlar turi qirilib ketdi va ketmoqda, chuchuk suvli suv havzalari ifloslanmoqda, havo iflosligi natijasida smoglar yog‘moqda, sintetik gazlamalar o‘zining pishiqligi va qulayligi tufayli tabiiy gazlamalarni siqib chiqarmoqda, shovqinlar va har xil nurlanishlar inson psixikasi va sog‘lig‘iga ta’sir qilmoqda. Inson kosmosga chiqdi, oyga qadam qo‘ydi. Sayyorada aholi soni oshib bormoqda, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash muammo bo‘lib qolmoqda, tuproqlar sho‘rlanishi ta’sirida o‘simliklar o‘sish imkonidan mahrum bo‘lmoqda. Kasalliklarning turi ko‘payib, inson sog‘lig‘i xavf ostida qolmoqda. Iqtisodiy baquvvat mamlakatlarda foyda ketidan quvish ham biosferani izdan chiqarib yubormoqda. Endilikda inson va biosfera o‘rtasidagi nizoni faqatgina fan va tinchlik hal qiladi. Insoniyat tabiiy va gumanitar fanlar bilimini amalga joriy etish orqaligina biosferaning ifloslanishini to‘xtatish va biologik resurslardan foydalanishni, ishlab chiqaruvchi kuchlarni yerning imkoniyatdan kelib chiqib, biosferaga ta’sir qilmay rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi. Biosfera tabiatning bir bo‘lagi bo‘lgan inson turmush tarzigagina emas, balki uning fikrlashiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Akademik V.Vernadskiy shunday deb yozadi: “Biosfera degan yangi tushunchani kirityapman. Biosfera insoniyatni butun tarixiy jarayon bo‘ylab olib o‘tadi va bu jarayon tirik moddalar biokimyoviy tarixining davomi bo‘lib xizmat qiladi”. 50

Yüklə 34,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə