2. Logistikaning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 19,54 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü19,54 Kb.
#138335
2. Logistikaning rivojlanish bosqichlari-fayllar.org (1)


2. Logistikaning rivojlanish bosqichlari

2. Logistikaning rivojlanish bosqichlari
Logistika fan sifatida va fuqarolik sohasidagi biznesning quroli sifatida 1950 yillarning boshlarida, avvallo, AQSHda shakllana boshlagan. Uning evolyutsiyasi sanoati rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlarining tarixi va evolyutsiyasi bilan yaqindan bog‘liqdir, buning ustiga «logistika» atamasining o‘zi faqat 1970 yillarning oxirida biznesga kirib kelgan va jahonda hamma yerda qo‘llanila boshlagan. Logistika nisbatan yoki va rivojlanayotgan fandir. Uning tushunish apparati va terminologiyasiga tegishli ko‘pgina masalalar yangi mazmun bilan to‘lgan holda doimo aniqlanadi va o‘zgaradi. Logistika moddiy oqimlarni boshqarishni ko‘rib chiqadi, ya’ni xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarning aylanishi, ularni yetkazib beruvchilardan ishlab chiqaruvchi korxonalar va yakuniy iste’molchilarga ularning talablariga muvofiq yetkazib berilishi jarayonlari bilan bog‘liq masalalarning butun majmuasini qamrab oladi.

XX asrda logistika rivojlanishining tarixiy bosqichlarini ajratishga bir necha yondashishlar mavjud.


Birinchi yondashish. Ba’zi bir olimlar logistika rivojlanishining to‘rtta davrini ajratadilar.
1. «Fragmentlashtirish» davri (1920-1950) logistik konsepsiya hamda moddiy oqimlarni boshqarish va umumiy harajatlarni pasaytirish qurollari vujudga kelishining shart-sharoitlari shakllanishi bilan ta’riflanadi. Ammo logistika tamoyillari to‘liq darajada talab qilinmagan edilar, faqat ba’zi bir tashkil qiluvchi, masalan ishlab chiqarish, tashish yoki omborga joylashtirishdagi harajatlarni pasaytirishga imkon beruvchi ayrim logistik vazifalar qo‘llanilgan.
Bu jihatdan AQSH iqtisodiyotining rivojlanish bosqichi namunalidir. Ko‘rib chiqilayotgan davrda AQSH yangi ishlab chiqarish texnologiyalarining tatbiq etilishi (masalan, avtomobilsozlikda), ixtisoslashishning yuqori darajasi, tabiiy resurslarning boyligi, iqtisodiyotning davlat tomonidan kamroq tartibga solinishi bilan ta’riflanuvchi tez o‘suvchi bozorga ega bo‘lgan, ya’ni sotuvchilar bozorining tipik vaziyati mavjud bo‘lgan. Bu sharoitlarda menejmentning asosiy e’tibori bozorni to‘ldirishga, ya’ni mahsulotlar ishlab chiqarishga rezervlarni qidirishga yo‘naltirilgan edi.
Ushbu davrda logistik konsepsiyaning tatbiq etilishiga shart-sharoitlar shakllangan. Ularga quyidagi omillarni kiritish mumkin: tovarlarni distribyutsiyalash tizimlarida zahiralar va transport harajatlarining o‘sishi; transport tariflarining o‘sishi; marketing konsepsiyasi paydo bo‘lishi va tez tarqalishi; harbiy logistika nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi.
Bu davr davomida marketing bo‘yicha bir qator asarlar nashr qilingan, ularda jismoniy taqsimlashning marketingning tarkibiy qismi sifatidagi tabiati ochib berilgan, uning tovarlar sotishni tashkil qilish va samaradorligini oshirishdagi alohida roli ko‘rsatilgan. Marketing konsepsiyasi jahon iqtisodiyotining sotuvchi bozoridan xaridor bozoriga asta-sekin o‘tishining natijasi sifatida vujudga kelishi biznesda logistikaning paydo b o‘lishini izohlovchi asosiy omil bo‘ladi.
Ushbu davr harbiy logistikaning avvalo AQSHda faol rivojlanishi bilan ta’riflanadi. 50-yillarning boshiga kelib , harbiy logistikaning nazariyasi asosan shakllanib bo‘lgan. Ishlab chiqilgan logistik yondashishlarning amaliy ahamiyati Ikkinchi Jahon urushi yillarida Amerika armiyasi tomonidan isbotlangan, u vaqtda ta’minlash, omborlarga joylashtirish va tashishni yagona boshqarish va muvofiqlashtirish tamoyillari muvaffaqiyatli qo‘llanilgan edi. AQSH va jahondagi eng eski tashkilot 1915 yilda tashkil qilingan xaridlarni boshqarish muammolari milliy assotsiatsiyasi bo‘lib, u 1967 yilda ta’minot vakillarining milliy assotsiatsiyasiga qayta tashkil qilingan.
2. Marketingning tarkibiy qis mi sifatida jismoniy taqsimlash konsepsiyasining vujudga kelish davri (1950-1970) logistikaning nazariyasi va amaliyoti shakllanishi, ishlab chiqarish va taqsimlashda harajatlarni pasaytirishning yangi yo‘llarini qidirish, axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan ta’riflanadi.
Marketing falsafasi xorijda keng tarqalgan. Shu bilan bir vaqtda, avvallo harajatlarni pasaytirish nuqtai nazaridan distribyutsiyalash (jismoniy taqsimlash)ni yaxshilash imkoniyatlarini endi nazarga ilmaslik mumkin emasligi tushunila boshladi.
Jismoniy taqsimlashda umumiy harajatlar konsepsiyasining vujudga kelishi logistik rivojlanishning asosiy omillaridan biri bo‘lgan. Bu konsepsiyaning ma’nosi distribyutsiyada harajatlarni shunday qayta guruhlash mumkinki, tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga harakatlantirishda ularning umumiy darajasi pasayishidan iboratdir.
Masalan, tovarlar tashishni avtomobildan havo transportiga o‘tkaza turib, oraliq omborlarini tashkil qilish zaruratidan qochish, ya’ni zahiralarni omborlarga joylashtirish, saqlash va boshqarishga harajatlarni bartaraf qilish mumkin va shaxsan tashishga harajatlar oshsa ham, taqsimlash tarmog‘idagi harajatlarning umumiy darajasi kamayadi. Boshqa misol ikkita muhim logistik masalalar zahiralarni boshqarish va tashish o‘rtasidagi ichki o‘zaro munosabatlarni tasdiqlaydi.
Umumiy harajatlar konsepsiyasi logistik qarorlar tushunchasi metodologiyasini rivojlantirish uchun bazis bo‘ladi. Shuning bilan birga ushbu davrda logistikaning jadal rivojlanishini izohlovchi yana bir qator obyektiv iqtisodiy va texnologik omillar mavjud bo‘lgan. Ulardan asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin: iste’mol talabining modellari va munosabatlaridagi o‘zgarishlar (oligopolistik bozorlarning rivojlanishi); ishlab chiqarishga harajatlar omilining bosimi, kompyuter texnologiyalaridagi taraqqiyot; zahiralarni shakllantirish strategiyalaridagi o‘zgarishlar; harbiy tajribaning ta’siri.
Bu omillar 1960 yilda AQSHda eng yaqqol namoyon bo‘lgan. Bozorda xaridorlarga e’tiborning kuchayishi (xususan, servis xizmatlari ulushining ko‘payishi) va bir xildagi ehtiyojlarni qanoatlantiruvchi turli-tuman tovarlarning katta miqdori paydo bo‘lishi (raqobatli tovarlar) asosiy tendensiyalar bo‘lib qoldilar, bu talab va taklifni muvofiqlashtirish yo‘llarini hamda iste’molchilarga yaxshiroq xizmat ko‘rsatish usullarini qidirishga majbur qilgan. Mahsulotga buyurtma berish va ishlab chiqarish davrini qisqartirishga yangi logistik yondoshishlar vujudga kelgan. Tovarlar turli tumanligining oshishi deyarli avtomatik ravishda distribyutsiya tizimlarida zahiralarni tashkil qilish va saqlab turishga harajatlarni ancha o‘sishiga olib kelgan, bu tovar o‘tkazuvchi tuzilmalarda akomillashtirish va jimsoniy taqsimlash jarayonlarida harajatlarni qisqartirishning yangi yo‘llarini topishni talab qilgan.
Logistika yo‘nalishi rivojlanishiga yordam beruvchi eng muhim omillardan biri biznesda hisoblash texnikasi va axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘lgan. Sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotidagi ilmiy-texnika taraqqiyoti ko‘p muqobilli va muqobillashtirilgan masalalar, chunonchi transport turini tanlash, ishlab chiqarish va omborlarni joylashtirishni muvofiqlashtirish, muvofiq yo‘nalishlarni tanlash, mahsulotlarning ko‘p navli zahiralarini boshqarish, resurslarga talab va ehtiyojlarni bashoratlash kabilarni hal qilish zarurligiga olib kelgan. Bu vazifalar rivojlanayotgan kompyuter texnologiyalarining e’tiborisiz qolmagan, keyingilar 50-yillarning o‘rtalaridan boshlab biznesga faol tatbiq etila boshlagan.
1960 yillarning oxirida G‘arbda menejmentning integral quroli sifatida biznes-logistika konsepsiyasi shakllangan. Konsepsiyaning asosiy mazmuni quyidagidan iboratdir: «Logistika faoliyat barcha turlarining menejmenti, ular tovarga taklifni talabga belgilangan joyda va belgilangan vaqtda harakatlanishi va muvofiqlashishiga yordam beradilar». Shu bilan birga ko‘rib chiqilayotgan davr logistikaning umumlashtirilgan ta’rifini berishga harakat qilishni to‘xtatmagan.
Jahondagi eng obro‘li logistika tashkilotlaridan b iri - keyinchalik logistika menejmenti kengashiga qayta tashkil qilingan jismoniy taqsimlash menejmenti bo‘yicha milliy kengash, shu vaqtda logistikani quyidagicha ta’riflagan: «Logistika - bu yakuniy mahsulotlarni ishlab chiqarishning oxiridan xaridorga, ba’zi bir hollarda xomashyoni ta’minot manbaidan ishlab chiqarish tomon harakatlanishini o‘z ichiga oluvchi samarali harakatlanish bilan bog‘liq faoliyatning keng assortimentidir. Bu faoliyat o‘z ichiga materiallarni tashish, omborga joylashtirish, ishlab chiqish, himoyaviy o‘ralish, zahiralarning nazorati, ishlab chiqarish va omborlar joylashgan yerni tanlash, talabni bashoratlash, marketing va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni oladi». Yana bir mashhur logistik tashkilot -Amerika muhandis - logistlar tashkiloti quyidagi ta’rifni taklif qilgan: «Logistik boshqaruv san’ati va fani, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun rejalashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirish uchun ko‘chirish vositalarini rejalashtirish, ta’minlash va qo‘llashni ko‘zda tutuvchi texnika va texnik usullardir».
3. Rivojlanish davri (1970-1980) biznes-logistika konsepsiyasi asosida ishlab chiqarish va distribyutsiyalash (taqsimlash)da harajatlarni kamaytirishning yangi yo‘llarini qidirish hamda logistik tizimlarni keng yoyish va sanoat logistikasi tamoyillari va sifatni umumiy boshqarishning falsafasini qo‘llash bilan ta’riflanadi.
Ammo foydani oshirishdan manfaatdor firmalarning ko‘pchiligi uchun harajatlarni nazorat qilish va kamaytirishga logistik yondashish hali aniq bo‘lmagan. Logistik muvofiqlashtirishni tatbiq qilishga harakatlarni ko‘pgina yirik firmalarda menejmentning o‘rtacha yuqori bo‘g‘inining qarshiligiga duch kelgan. Uzoq vaqt davomida an’anaviy vazifalarni (masalan, xarid qilish, tashish, yuklarni qayta ishlash) bajarishga odatlangan menejerlar ko‘pincha umumiy harajatlarni pasaytirish konsepsiyasi asosida moddiy oqimlarni to‘g‘ri boshqarishni amalga oshirish uchun zarur tashkiliy o‘zgarishlarni tatbiq etishga to‘sqinlik qilganlar. O‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan logistik harajatlarni tashkil qiluvchilarni ajratish va nazorat qilish va firmalar logistik operatsiyalarining moliyaviy natijalarini baholash uchun moslashmagan buxgalteriya hisobi tizimi qo‘shimcha qiyinchiliklarni yaratgan.
Yuqori sifatli xomashyo resurslarining yetishmasligi muhitida raqobat kuchayishi 1970 yillarning ajralib turuvchi alomati bo‘lgan. Ko‘pchilik mamlakatlarda ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalarning avvalgi o‘sishi nisbatan barqarorlashish bilan almashtirilgan. Shuning bilan bir vaqtda umumiy logistik harajatlar o‘sgan. Ko‘pgina firmalarning asosiy vazifasi mahsulot tannarxini pasaytirish, xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va butlovchi qismlardan ratsional foydalanishdan iboratdir. Bu davrda firmalarning rahbarlari biznes-logistika konsepsiyasi asosida ishlab chiqarish va distribyutsiyalashda harajatlarni pasaytirish yo‘llarini qidirish bilan jiddiy shug‘ullanganlar. Resurs omili (mahsulotga energiya sarflanishi va material sarflanishini kamaytirish) raqobat kurashida asosiylardan biri bo‘lgan. Logistikada e’tibor bir oz ishlab chiqarishga ko‘chirilgan, bunga ko‘proq darajada ishlab chiqarishni nazorat qilish va boshqarishning kompyuter tizimlari paydo bo‘lishi, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish bo‘linmalarining BATini tadqiq etilishi va rivojlanishi yordam bergan.
1970 yillarning oxirida G‘arbda amalda «idish-o‘rash» inqilobi tugallangan, u omborxona jarayoni, uning operatsion tarkibi, tashkil qilinishi, texnik va texnologik ta’minlanishini tubdan o‘zgartirgan. Transport - omborxona uskunalarini, idishlar va o‘rovchi materiallarning yangi turlarini ishlab chiqarish keng rivojlangan, zamonaviy avtomatlashtirilgan omborxona majmualari shakllana boshlagan, yuklarni konteynerli tashish faol tatbiq etila boshlangan. Taqsimlovchi logistik tizimlarda idishlar va o‘rovchilarni standartlashtirish katta iqtisodiy samara bergan.
4. Integratsiyalash davri (1980-1990) firmaning logistik xizmatlari va uning logistik sheriklarini to‘liq logistik tarmoqqa (xarid qilish - ishlab chiqarish -distribyutsiyalash va sotishga) birlashishi hamda moddiy birga bo‘luvchi oqimlarni boshqarish, xalqaro logistik tizimlarning tashkil qilinishi bilan ta’riflanadi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda jahon iqtisodiyotida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘lgan, ular logistik «parvoz»ning fenomenini izohlaydi. Ularning asosiylari quyidagilar: axborot texnologiyalarida inqilob va shaxsiy kompyuterlarni tatbiq etilishi; iqtisodiyot infratuzilmasini davlat tomonidan tartibga solinishidagi o‘zgarishlar, sifatni umumiy boshqarish falsafasini hamma joyda tarqatish; sheriklik va strategik ittifoqlarning o‘sishi; biznesni tashkil qilishdagi tarkibiy o‘zgarishlar.
Bu davrni shaxsiy kompyuterlar davri deb atash mumkin: ulardan foydalanish, SHK bazasida mahalliy hisoblash va telekommunikatsiya tarmoqlarini, avtomatlashtirilgan ishchi joylarning tashkil qilinishi logistika uchun yangi gorizontlarni ochganlar. Zamonaviy dasturiy ta’minlash SHKdan materiallarni xarid qilishdan to tayyor mahsulotlarni taqsimlash va sotishgacha integratsiyalangan logistik menejmentning interaktiv tadbirlarida foydalanishga imkon bergan.
Logistika integral konsepsiyasining vujudga kelishi va tasdiqlanishida vaqtning haqiqiy ko‘lamlari va kirishning uzoqlashtirilgan rejimlarida aloqaning axborot tizimlari orqali (masalan, sputnikli telekommunikatsiya tizimlari orqali) moddiy oqimlar orqasidan nazorat qilish imkoniyati belgilangan rol o‘ynagan. SHunday qilib, axborot texnologiyalaridagi moddiy inqilob bilan bir qatorda axborot va moliyaviy oqimlarni boshqarish zarurligini tushunishni kuchaytirgan. 1985 yilda logistik menejment kengashi logistikaning ta’rifini quyidagicha aniqlagan: «Logistika xomashyo, materiallar, zahiralar tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlar, xizmatlar va birga bo‘luvchi axborotlar oqimini iste’molchilar talablarini to‘liqroq qaroatlantirish maqsadlari uchun ushbu oqimlarni vujudga kelgan joydan uni iste’mol qilish joyigacha (shu jumladan import, ekmport, ichki va tashqi harakatlanish)ni rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilish jarayonidir».
Bu ta’rifda uch jihat muhimdir. Birinchidan, logistik faoliyat integratsiyalangan xarakterga ega bo‘lib, moddiy resurs va tayyor mahsulotlar oqimini vujudga kelgan joyidan iste’mol joyigacha cho‘zilib yotadi. Ikkinchidan, birga bo‘luvchi axborotlarni boshqarishning muhimligi ta’kidlangan. Uchinchidan, servisli (nomoddiy) oqimlar logistik manfaatlar sohasida birinchi marta tushib qolganlar. Bu servisli xizmatlar sanoatida logistik yondashishlarni rivojlantirish asosiy ahamiyatga ega, chunki o‘tgan o‘n yilliklarda faqat moddiy oqimlargina logistikada o‘rganish va muvofiqlashtirishning obyekti bo‘lganlar. Xorijda keng tarqalayotgan sifatli umumiy boshqarish konsepsiyasi (total quality management, TQM) logistik o‘zgarishlarning eng muhim harakatlanuvchi kuchlaridan biri bo‘lib qolgan. Jahonning juda ko‘p ilg‘or kompaniyalari tomonidan qurol qilib olingan. Ushbu konsepsiya menejmentning nazariyasi va amaliyotida to‘ntarish yasadi.
Ta’riflarning biriga ko‘ra, sifatli umumiy boshqarish konsep siyasi - sifatni oshirish masalasini e’tibor markaziga qo‘yuvchi va bu masalani yechishda ishlab chiqarish (xizmatlar) harakatlanishining barcha bosqichlarida firma (tashkilot)ning barcha a’zolari ishtirokiga asoslangan, iste’molchilarning zaruratlarini qanoatlantirish hisobiga ham firmaning har bir a’zosi va umuman jamiyatning o‘zaro foydasi tufayli uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishishga imkon beruvchi boshqaruv yondashuvidir.
Sifatni umumiy boshqarish konsepsiyasi boshqaruvning o‘ziga xos falsafasi bo‘ladi, u iste’molchining zaruratlari va biznesning maqsadlari ajralmas ekanligini tan oladi. Bunday yondashish logistik tizimlarning barcha elementlariga
nisbatan qo‘llanishi mumkin. Ko‘p sonli tadqiqotlarning ma’lumotlariga ko‘ra sifatni umumiy boshqarish konsepsiyasini qo‘llayotgan kompaniyalar biznesda eng yaxshi natijalarga erishadilar. Logistika uchun uning muhimligi shuning bilan belgilaniladiki, g‘arbiy mamlakatlarning raqobatli bozorlaridagi strategik rejalashtirish nuqtai nazaridan firmaning integratsiyalangan logistikasi vazifalari sifatni umumiy boshqarishning mafkurasi bilan mos keladi.
1980 yillar biznesda ittifoqlar va alyanslarning jo‘shqin o‘sishi bilan qayd qilinganlar, keyingilar ishonchsizlik, shubhalilik va keskinlik. Raqobatning avvalgi amaliyoti o‘rnini almashtirganlar. Integratsiyalangan logistika konsepsiyasi tufayli biznes bo‘yicha sheriklar tayyor mahsulotlar zahiralarini rejalashtirish va boshqarish, tashish, yuklarni qayta ishlash, sotishlarni tashkil qilishda unumli muvofiqlashtirishning yo‘llarini izlay boshlaganlar. Kooperatsiyalashning asosiy shakllaridan ko‘pchiligi logistik harajatlarni ko‘proq qisqartirish va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishning sifatini yaxshilash maqsadida har xil logistik vazifalarning tutashgan joyida tashkiliy va ko‘p vazifali rejalashtirish, boshqarishni takomillashtirish yo‘nalishida rivojlanganlar. Ko‘pgina logistik ittifoqlar transportda ixtisoslashtirilgan xizmatlarni ko‘rsatish sohasi, ulgurji savdo va distribyutsiyalash tizimidagi an’anaviy raqiblar tomonidan tashkil qilingan.
Xorijdagi logistikaning evolyutsiyasi shuni ko‘rsatadiki, u ko‘pchilik tashkilotlar va firmalar uchun raqobat kurashidagi eng muhim qurol bo‘lib qolmoqda va integratsiyalangan logistika konsepsiyasidan foydalanganlar, qoidaga ko‘ra, bozordagi o‘z mavqelarini aniqlab olganlar.
Logistika rivojlanishining tarixiy bosqichlarini ko‘rib chiqishga ikkinchi yondashuv.
Ko‘pgina xorijiy va mamlakatimiz olimlari logistikaning rivojlanishi bosqichlarini ko‘rib chiqishga boshqacha yondashuvga amal qiladilar, moddiy mahsulotlar tovar harakatlari tizimlari rivojlanishining uch bosqichga ajratadilar:
1) logistikagacha davr (50 yillargacha), bunda moddiy taqsimlanishni boshqarish fragmentli xarakterga ega bo‘lgan, firmalarning har xil bo‘linmalari harakatlarini muvofiqlashtirish esa yetarlicha bo‘lmagan;
2) klassik logistika davri (60-yillarning boshi - 70-yillarning oxiri) yirmalarda tashishlarning muvofiqroq shakllarini tashkil qilish o‘rniga logistik tizimlarning yaratilishi; firmalar tomonidan tovar harakatlanishi jarayonini majmuaviy yondashish, tovar harakatlanishi vazifalarini bitimga kelishlar bilan integratsiyalash asosida boshqarilishi bilan ta’riflanadi;
3) eng yangi logistika yoki ikkinchi avlod logistikasi davri (80-yillarning boshi), uning uchun logistika konsepsiyasida bitimga kelishlarni ta’sir qilish sohalarining kengayishi, butun korxona asosidagi logistika tizimlarining rivojlanishiga umumiy maqsad butun firma ishining ko‘proq samaradorligiga erishishdan kelib chiqqan holda majmuaviy yondashishning ustuvorligi xosdir. 80-yillarning o‘rtalarida majmuaviy yondashish «umumiy javobgarlik» konsepsiyasi ko‘rinishida yangi rivojlanish olgan; bu yondashishning o‘ziga xosligi logistik tizimni iqtisodiy soha va ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jihatlarning hisobida tashqariga chiqishidan iborat bo‘lgan, foydalar va harajatlarning ko‘proq nisbati esa muvofiqlik mezoni bo‘lgan.
http://fayllar.org
Yüklə 19,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə