2 G’. O. Mamajanov



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/24
tarix30.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#114230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Zamonaviy organik kimyo

Hammomlar. 
Reaksiya o‗tkaziladigan idishlarodatda turli hammomlarda 
qizdiriladi. Hammomlarda issiqlikni o‗tkazuvchi muhit havo, qum, suv, organik 
suyuqliklar, suyuqlantirilgan tuzlardir. 0‗iganilayotgan moddaning xossasi va necha 
gradusgacha qizdirish kerakligiga qarab hammom muhiti tanlanadi. Ichki sathi va 
tubi asbest bilan qoplangan metall idish eng 
oddiy havo hammomomi
vazifasini 
o‗tashi mumkin. Havo hammomi to‗g‗ridan-to‗g‗ri gaz alangasida qizdiriladi. Havo 
hammomining afzalligi shundaki, uni har qanday haroratgacha qizdirish mumkin. 
Lekin havoning issiqlik o‗tkazuvchanligj kichik bo‗lganligi uchun bunday qizdirish 
bir tekisda bo‗lmaydi. 


16
Aralashmalami 100°C gacha qizdirish kerak bo'lganda odatda suv hammomi 
ishlatiladi. Suv hammomining issiqlik energiyasi uncha katta bo‗lmaganligi uchun 
haroratni aniq sozlab olish mumkin. 
Qum hammomining issiqlik energiyasi katta bo‘ladi. Qum hammomi tayorlash 
uchun metall kosacha tagiga qum solinadi. Unga reaksion aralashmasi bor kolba 
tushiriladi vaqum bilan ko‗miladi. Bu hammomning kamchiligi shuki, u birtekis 
qizimaydi, shuning uchun haroratni doimiy saqlash qiyin. 
Qizdirish. 
Ko‗pchilik organik reksiyalar tezligini oshirish, moddalami bir-
biridan ajratish va tozalash ham da moddalaming fizik doimiylarini aniqlash 
maqsadida ular qizdiriladi. Qizdirishning turli usullari mavjud. Reaksion aralashma 
solingan idishlarto‗g‗ridan-to‗g‗ri gaz alangasida yoki elektr plitasi ustida qizdirilsa 
moddalar kuyishi yoki qisman parchlanishi mumkin. 
Qaynash xarorati 100 °C dan past boigan alangalanuvchi suyuqliklar faqat suv 
hammomida qizdiriladi. Dietil efir va uglerod sulfid suv hammomida isitilayotganda 
hammomni biror istgich asbob yordamida isitib bo‗ lmaydi, ular oldindan qizdirilgan 
suv hammomida isitiladi. 
Spirt va benzol eritmalarini qizdirishda suv hammomini usti berk holda elektr 
plitada qizdirish mumkin. Lekin suv hammomi elektr plitaning ustini qoplab turishi 
kerak. 
Natriyli suyuqliklar suv hammomida qizdirilmaydi. 
Suv hammomi asbobga qaytarma ulangan, sovuq suv oqimi bilan 
sovitilayotgan sovutgichni terlatibyubormasligi va hammom ichidagi suvning tez 
bug
1
lanib ketmasligi uchun suv hammomi maxsus halqa qopqoqlar bilan berkitiladi. 
Halqalaming diametri reaksion aralashma solingan idishning o‗lchamiga to‗g‗ri 
kelishi kerak. 
Suyuqliklar 100 - 250°C atrofida qizdiraladigan boMsa, moy hammom- lardan 
foydalaniladi. Moy hammomi uchun mineral, parafln yoki silikon moyi soligan 
metall kastryul yoki kosachalar ishlatiladi. Reaksiya yuqori xaroratda olib borilganda 
moy ko‗pincha tutashi mumkin, shuning uchun bunday xammomlarda qilinadigan 
ishlar tortma shkafda bajariladi. 
Ish tugagandan so‗ng kolba issiq moydan olinadi va uning sirti filtr qog‗oz 
bilan artiladi. 
Moddalami 
yuqori 
haroratgacha 
qizdirish 
uchun 
suyultirilgan 
tuz 
hammomlaridan foydalaniladi. Bunday hammomlar suyuqlanish harorati 219 °C 
bo‗lgan teng miqdordagi natriy nitrat va kaliy nitrat aralashmasi bilan toMdirilgan 
bo‗ladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə