2. Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o‘zgartirishlarning tashabbuskori


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 6 yanvardagi Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida aytilishicha



Yüklə 31,95 Kb.
səhifə7/8
tarix20.05.2023
ölçüsü31,95 Kb.
#111641
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o‘zgartirishlarning tashabb

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 6 yanvardagi Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida aytilishicha, Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, yer maydonlari to‘liq xususiy klaster va kooperatsiyalarga berilgani paxtachilikda hosildorlikni bir yilda o‘rtacha 10 foizga oshirish imkonini yaratdi.Meva-sabzavotchilik, g‘allachilik va chorvachilikda ham 500 ga yaqin klaster va kooperatsiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida, pandemiyaning salbiy ta’siriga qaramasdan, 1 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qilindi.Bu yil 91 ming gektar yer maydoni qaytadan foydalanishga kiritildi. 133 ming gektar yoki o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ko‘p maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etildi.
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institusional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi” degan tamoyilni amalga oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;
davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg’armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
investisiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish;
korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;
tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo’yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish.

Yüklə 31,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə