2-amaliy mashg’ulot mavzu: O’rmon huquqi manbalari. O’rmo huquqi manbalari tushunchasi


O’zbekiston Respublikasi qonunlari- o’rmon huquqining maxsus



Yüklə 28,68 Kb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü28,68 Kb.
#145238
1   2   3   4
2-AMALIY

O’zbekiston Respublikasi qonunlari- o’rmon huquqining maxsus manbasi sifatida. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoida-talablari va tamoyillari asosida tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan, shu jumladan, o’rmonlardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilinadi. Asosiy qonunimizda o’rmonga oid davlat ekologiya siyosatining yo’nalishlari belgilansa, ushbu konstitutsiyaviy qoidalarga mos ravishda qabul qilinadigan qonunlarda o’rmonlarni muhofaza qilish, o’rmon resurslaridan oqilona foydalanishning talablari, mexanizmi mustahkamlanadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng o’rmonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solish maqsadida O’zbekiston Respublikasining quyidagi maxsus huquqiy hujjatlar qabul qilindi:

  1. O’zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi 1992 yil 9 dekabrdagi 754-XII-son Qonuni;

  2. O’zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi 1993 yil 6 maydagi 837-XII-son Qonuni;

  3. O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi;

  4. O’zbekiston Respublikasining “O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi 1997 yil 26 dekabrdagi 543-I-son Qonuni;

  5. O’zbekiston Respublikasining “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi 1998 yil 30 apreldagi 604-I-son Qonuni;

  6. O’zbekiston Respublikasining “O’rmon to’g’risida”gi 1999 yil 15 apreldagi 770-I-son Qonuni;

  7. O’zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to’g’risida”gi 2000 yil 15 dekabrdagi 171-II-son Qonuni;

  8. O’zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi 2004 yil 3 dekabrdagi 710-II-son Qonuni va hokazolar.

Ushbu maxsus qonunlarda o’rmonlarni muhofaza qilish, o’rmon ob’ektlaridan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarning maqsadi, vazifasi, ob’ekt va sub’ektlari, tabiiy resurslarning huquqiy holati, ushbu sohada yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, majburiyatlari, erkinliklari, kafolatlari va vakolatlari, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi, muddati va talablari, ekologik qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlik chora-tadbirlari kabi ekologik-huquqiy qoida-talablari belgilangandir. SHuning uchun ham yuqorida ta’kidlangan O’zbekiston Respublikasining qonunlari ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun qabul qilingan bo’lib, o’rmon huquqining maxsus manbasi sifatida e’tirof etiladi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, tabiat-jamiyat tizimidagi o’zaro ta’sirlar, ya’ni ekologik ijtimoiy munosabatlarning doirasi keng va murakkab bo’lib, ularni tartibga solish jarayonida jamiyat va davlat hayotining barcha vositadaridan foydalanadi, ya’ni nafaqat o’rmon huquqining maxsus qoida-talablaridan, balki boshqa huquq sohalarining qoida-talablarini muvofiqlashtirgan holda qo’llaniladi.
Demak, o’rmon huquqiy mexanizmini ta’minlashda turli huquq sohalariga tegishli kodekslar, xususan O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Soliq, Mehnat, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi, Jinoyat kodekslari ham o’rmon huquqining manbasi sifatida qaraladi. Ushbu qonun hujjatlari ham ayrim ekologik qoida talablarni belgilangan holda ekologik qonunchilikni, shu jumladan, o’rmon qonunchiligini buzganlik uchun intizomiy, ma’muriy, jinoiy, fuqarolik javobgarlikni qo’llash, tabiatdan foydalanganlik uchun soliq va turli to’lovlarni to’lash bilan bog’liq jarayonlarni tartibga soladi.
Ekologiya sohasidagi O’zbekiston Respublikasining qonunlari davlat ekologik-huquqiy mexanizmini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’lib, qonunosti me’yoriy hujjatlar bilan o’zaro bog’liq ravishda ekologik munosabatlarni tartibga soladi.

Yüklə 28,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə