|
16-mavzu. Buyurtmaning optimal miqdorini aniqlash
|
səhifə | 2/2 | tarix | 03.03.2023 | ölçüsü | 57,24 Kb. | | #101864 |
| 16-Amaliy mashg\'ulotQ – buyurtmalarning optimal soni, dona;
S – muayyan davr mobaynida tovar-moddiy boyliklar zahirasiga bo`lgan ehtiyoj, dona.
15.2-misol
Ishlab chiqarish korxonasining yillik mahsulot chiqarish rejasi 800 donani tashkil qilib, bunda har bir tayyor mahsulot uchun 2 dona butlovchi qism talab etiladi. Bir dona buyurtmani tayyorlab berish 200 rubl, bir dona butlovchi qism narxi 480 rublni, butlovchi qismni omborda ta’minlab turish qiymati uning narxining 15% ni tashkil etadi.
Butlovchi qismga bo`lgan buyurtmalarning optimal sonini topish talab etiladi.
Yechish
Zahirani saqlashdagi umumiy xarajatlarni minimallashtirish kriteriyasi bo`yicha buyurtmalarning optimal sonini va buyurtmalarning qaytarilishini Uilson formulasi bo`yicha hisoblaniladi:
dona.
Buyurtmalar optimal sonini katta tarafga yaxlitlash butlovchi qismlar defitsitini bartaraf etish imkonini beradi.
Shunday qilib, buyurtmalar optimal soni 95 donani tashkil qiladi.
Zahiralarning bir birligini ta’minlab turishga bo`lgan xarajatlarni, bir dona buyurtmani topshirish to`lovlarini va tovar-moddiy boyliklar zahirasiga bo`lgan ehtiyojni aniq baholab bo`lmaydi. Qoida tariqasida shuni aytish joizki, bu ma’lumotlarni buxgalterlik yoki operativ ma’lumotlar qaydnomalaridan aniqlab bo`lmaydi. Ularning qiymat kattaliklarini odatda mutaxassislar mulohazasidan kelib chiqib o`rnatishadi. Optimal qiymat sohasidagi yillik xarajatlar egri chizig`i (ayniqsa grafikning o`ng qismida) yotiq bo`lgani uchun hisoblanilayotgan formulada buyurtmalar soni kattaligini yaxlitlashga ruxsat bor, shuning uchun hosil bo`lgan buyurtmalar sonining optimal qiymati (yoki kattaligini) yetarli darajada barqaror deb hisoblasa bo`ladi.
Vaqt o`tgan sayin buyurtmalar optimal sonini hisoblash formulasi zahiralar bilan ishlashni rejalashtirish uchun kam qo`llanila boshladi. Buning sababi, formulada faqat zahiralarni boshqarishning nazariy sikli uchun tipik bo`lgan bir qancha farazlar borligidir. Barcha bu cheklovlar murakkab masalani sezilarli darajada osonlashtirish imkonini beradi. Shuning uchun buyurtmalar optimal sonining klassik formulasi ko`plab kompaniyalarni qoniqtirmaydi.
Shunga qaramay, buyurtmalar optimal sonini hisoblash formulasi – zahiralar bilan ishlashni endigina boshlayotgan kompaniyalar uchun yetarli darajada ishonchli vosita.
Dostları ilə paylaş: |
|
|